TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.89K subscribers
12.6K photos
1.33K videos
74 files
5.15K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Olmazor
#korrupsiya
#uchrashuv

Korrupsiya - kelajak zavoli

🔰Joriy yilning 20-iyun kuni Olmazor tumanida soliq organlarida uchrayotgan korrupsion holatlarni oldini olish, korrupsiyaga qarshi samarali tizimlarni joriy etish hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo'mitasi tomonidan qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati” buyrug'ining asosiy mohiyati va mazmunini soha xodimlariga tushuntirish maqsadida seminar o'tkazildi.

Uchrashuvda Toshkent shahar soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari hamda ishtirokchilar tomonidan bugungi kunda ko'p uchrayotgan qonun buzilish holatlari va ularning kelib chiqish sabablari muhokama qilindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#QQS

QQSni qaytarib olish uchun ariza shart emas. Salbiy summani hisobotda ko‘rsatish kifoya

Soliq to‘lovchi QQS salbiy farq summasini qaytarib olish uchun alohida ariza taqdim etmasdan QQS hisobotini taqdim etish jarayonida ushbu summani ko‘rsatib o‘tish orqali soliq organlarini xabardor qilishi lozim.

Buning uchun hisobot shaklining “Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limida tegishli jadval joylashtirilgan. Sariq katakchalarda ma'lumotlar avtomatik ravishda to'ldiriladi. Ko'k kataklarga quyidagilar qo'lda kiritilishi lozim:
🔹qaytarilishi talab etiladigan soliq summasi;
🔹QQS salbiy farq summasini kelgusi to‘lovlar uchun hisobga olish talabi;
🔹qaytarishning tartibi: umumiy yoki tezlashtirilgan.

Soliq organlari murojaatlarni ma'lumot olingan kundan boshlab umumiy tartibda 30 kun ichida, tezlashtirilgan tartibda esa 7 kundan kechiktirmay ko‘rib chiqadi va salbiy farq summasi qaytarilishi (yoki qaytarish rad etilganligi) haqida soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga qaror nusxasini yuboradi.
👉Kimlar QQSni tezlashtirilgan tartibda qaytarib olishga haqli?

👉QQS bo‘yicha qonunchilikka kiritilgan boshqa o‘zgarishlar
_________
#НДС

За возмещением сумм НДС можно обратиться при представлении налоговой отчетности

Налогоплательщику не нужно подавать заявление в налоговые органы о возмещении (возврате) отрицательной суммы НДС. Уведомить об этом можно, если указать эту сумму при представлении налоговой отчетности.

Для этого в форме отчетности в разделе "Сведения о плательщике налога на добавленную стоимость" размещена соответствующая таблица. В ячейках желтого цвета информация заполняется автоматически. В ячейках голубого цвета необходимо вручную указать:
🔹возмещаемую сумму НДС;
🔹нужно ли засчитать эту сумму в счет предстоящих платежей по НДС;
🔹какой порядок возмещения применять: общий или ускоренный.

Налоговые органы рассматривают обращение в общем порядке в течение 30 дней с даты уведомления, а при ускоренном порядке не позднее 7 дней и направляют копию решения о возврате (или отказе в возврате) отрицательной суммы НДС через персональный кабинет налогоплательщика.
👉Кто имеет право на на ускоренный порядок возмещения НДС?

👉Внесенные в законодательство изменения по НДС

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#QQS

AOS to‘lovchisi QQS to‘lashga o‘tganda hisobotlarni qanday topshiradi?

Soliq davri davomida soliq toʻlovchilarning jami daromadi 1 mlrd soʻmdan oshgan kundan eʼtiboran ular QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.
👉Soliq kodeksi 462-modda

AOS toʻlovchi hisobot oyi davomida QQS toʻlashga oʻtganda, mazkur hisobot oyi boʻyicha AOS va QQS hisobotini taqdim etishi lozim.

Bunda:
- QQS toʻlovchisi boʻlgan sanagacha amalga oshirilgan operatsiyalar, rasmiylashtirilgan EHF va onlayn-NKT cheki summasi AOS hisobotiga kiritiladi;
- QQS toʻlovchisi boʻlgan sanadan keyin amalga oshirilgan operatsiyalar QQS hisobotida avtomatik ravishda aks etadi.
____________
#НДС

Как представляют отчетность перешедшие на уплату НДС плательщики налога с оборота?

Налогоплательщики переходят на уплату НДС и налога на прибыль со дня превышения их совокупного дохода 1 млрд сумов.
👉ст.462 НК

Плательщики налога с оборота, которые перешли на уплату НДС в отчетном месяце, представляют за этот месяц как отчетность по налогу с оборота, так и отчетность по НДС.

При этом:
- суммы по осуществленным операциям, оформленным ЭСФ и чекам онлайн-ККТ до даты перехода на уплату НДС отражаются в отчетности по налогу с оборота;
-
операции, осуществленные после даты перехода на уплату НДС, автоматически отражаются в отчетности по НДС.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#Yashnobod
#Bektemir
#yoshlar_bilan_uchrashuv

🟢Toshkent shahar 4-sektor rahbari Yunusjon Nasimdjanov uyushmagan yoshlarni qo'llab -quvvatlash maqsadida Yashnobod tumani aholisining muammo va takliflarini o'rgangan edi. Xatlov jarayonida qilingan murojaat ijrosi yuzasidan joriy yilning 20-iyun kuni boshqarma boshlig'i tomonidan "Yanginur" MFY da istiqomat qiluvchi nogironligi bo'lgan Ch. Abdujabborovaning holidan xabar olinib, uning onasiga uy sharoitida daromad manbaiga ega bo'lishi uchun murojaatida so'ralgan go'sht maydalagich va muzlatgich olib berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i o'ziga biriktirilgan Bektemir tumani "Zabardast" mahallasida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, "Yoshlar daftari" da ro'yxatda turuvchi F.Ergashevning xonadoniga borgan holda turmush sharoitini o'rgandi va unga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun imtiyozli kredit ajratilishi belgilangan tartibda ko'rib chiqilib, onasiga doimiy daromadga ega bo'lishi uchun tikuv mashinasi olib beriladigan bo'ldi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#munosabat

"Munosabat" ko‘rsatuvining navbatdagi soni Soliq islohotlari, raqamlashtirish, soliq nazorati tadbirlari, jismoniy shaxslarning yer va mol-mulk solig‘i mavzusiga bag‘ishlandi

🎞Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Pastkash ta’magirlikdan ko‘ra jazoni afzal ko‘r, chunki jazo bir marta, ta’magirlik esa umrbod dilni siyoh qiladi.

Xilon

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB