TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.9K subscribers
12.2K photos
1.3K videos
72 files
4.93K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#seminar #barqarorlik_reytingi

🔷Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi

2024
-yilning 10-may kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi xodimlari uchun Yurtboshimiz tashabbuslari bilan ilgari surilgan tadbirkorlarning barqarorlik reytingi yuzasidan kasbiy o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Seminarda tadbirkorlarning reyting ballarini ko'tarishda soliqchining vazifalari nimalardan iboratligi va ularga qanday ko'mak ko'rsatilishi hamda barqarorlik reytingini tashkil etilishining sabablari, qanday maqsadlarga xizmat qilishi haqida batafasil ma'lumot berildi. Shundan so‘ng, bu kabi boshqa o‘zgartirish kiritilgan qonunlarni ham o‘z vaqtida, sifatli, ochiqlik va shaffoflik tamoyili asosida bajarish hamda soliq to‘lovchilarga yetkazish bo‘yicha qo‘shimcha tavsiyalar ko‘rsatilib, xodimlar tomonidan yo‘llangan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#seminar

🔷Toshkent shaxar soliq boshqarmasida qurilish sohasida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlik subyektlari bilan hisobvaraq-fakturalarining yangi shaklini to‘ldirish va hisobini yuritish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.

Muloqotda boshqarma mutaxassislari tomonidan PQ-165-son qaror  mazmun-mohiyati haqida batafsil axborot berildi.

Xususan, 2024-yil 1-iyuldan obyektlarning smeta qiymati “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasi ma’lumotlari asosida shakllantirilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan ish turlari, hajmlari va qiymatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar soliq organlariga taqdim etilgan elektron hisobvaraq-fakturalar asosida shakllantirilgan holda yuborilishi qayd edildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#sergeli #seminar #barqarorlik_reytingi #qonunchilikdagi_yangiliklar

🔷 Sergeli tumanida soliq to'lovchilar uchun seminar tashkil etildi

Joriy yilning 4-iyul kuni Sergeli tumani soliq inspeksiyasida Toshkent shahar soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-maydagi PQ-200-chi qaroriga asosan hududlarda tadbirkorlar bilan muloqot haftaliklarini tashkil etish, ularni muammolarini o'rganish va hal qilish bo'yicha ishchi guruh tuzildi hamda sayyor qabul tashkil etildi, tadbirkorlarning murojaatlari yechimi bo'yicha takliflar Respublika shtabiga taqdim etish uchun qabul qilindi.

Jumladan, tadbirkorlarning barqarorlik reytingi yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi hamda Soliq qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar haqida toʻliq tushuncha berilib, kichik biznesni rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar samarasiga ham toʻxtalib oʻtildi.

Shuningdek, Tadbir davomida Soliq qonunchiligi normalarining bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash yuzasidan tadbirkorlarga batafsil maʼlumotlar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#yashnobod #seminar #barqarorlik_reytingi #qonunchilikdagi_yangiliklar

🔷 Yashnobod tumanida soliq to'lovchilar uchun seminar tashkil etildi

Joriy yilning 5-iyul kuni Yashnobod tumani soliq inspeksiyasida Toshkent shahar soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-maydagi PQ-200-chi qaroriga asosan hududlarda tadbirkorlar bilan muloqot haftaliklarini tashkil etish, ularni muammolarini o'rganish va hal qilish bo'yicha ishchi guruh tuzildi hamda sayyor qabul tashkil etildi, tadbirkorlarning murojaatlari yechimi bo'yicha takliflar Respublika shtabiga taqdim etish uchun qabul qilindi.

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi hamda Soliq qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar haqida toʻliq tushuncha berilib, kichik biznesni rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar samarasiga ham toʻxtalib oʻtildi.

Shuningdek, Tadbir davomida Soliq qonunchiligi normalarining bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash yuzasidan tadbirkorlarga batafsil maʼlumotlar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Uchtepa #seminar #qonunchilikdagi_yangiliklar #barqarorlik_reytingi

🔷Uchtepa tumanida soliq to'lovchilar uchun seminar tashkil etildi

Joriy yilning 7-avgust kuni Uchtepa tumani soliq inspeksiyasida Toshkent shahar soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-maydagi PQ-200-chi qaroriga asosan hududlarda tadbirkorlar bilan muloqot haftaliklarini tashkil etish, ularni muammolarini o'rganish va hal qilish bo'yicha ishchi guruh tuzildi hamda sayyor qabul tashkil etildi, tadbirkorlarning murojaatlari yechimi bo'yicha takliflar Respublika shtabiga taqdim etish uchun qabul qilindi.

Jumladan, tadbirkorlarning barqarorlik reytingi yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi hamda Soliq qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar haqida toʻliq tushuncha berilib, kichik biznesni rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar samarasiga ham toʻxtalib oʻtildi.

Shuningdek, Tadbir davomida Soliq qonunchiligi normalarining bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash yuzasidan tadbirkorlarga batafsil maʼlumotlar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#korrupsiya
#seminar
#yashirin_iqtisodiyot

🔷Korrupsiya kelajakka tahdid!

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi hamda Yuridik sho'basi mas'ullari tomonidan Soliq texnikumida “Korrupsiya va uning oqibatlari” hamda “Korrupsiya uchun jazo muqarrar” mavzularida o'quv seminari o'tkazildi.

Seminarda o'quvchilarga kelgusida davlatimiz ravnaqi uchun har bir fuqaro masʼul ekanligi, yashirin iqtisodiyotga yo'l qo'ymaslik, korrupsiyaga qarshi kurashish – butun bir millat zimmasidagi masʼuliyat ekanligi tushuntirildi.
Shuningdek mas'ullar tomonidan amaliyotda uchrab kelayotgan korrupsiyaviy holatlar to'g'risida ma'lumotlar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#seminar

🔷Soliq xizmati xodimlari uchun seminar tashkil etildi

Joriy yilning 18-oktabr kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasining shaxsiy tarkib xodimlariga o'quv seminari tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent shahar soliq boshqarmasining Yuridik sho’basi tomonidan “Huquqiy bilimlar oyligi” munosabati hamda Saylov kodeksiga kiritilayotgan o’zgarishlar haqida xodimlarga tushuntirildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#seminar #Qonunchilikdagi_yangiliklar

Joriy yilning 25-oktabr kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasining mas'ul xodimlari hamda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetining rahbar xodimlari bilan hamkorlikda o'quv dargohida tahsil olayotgan talabalarga soliq qonunchiligiga kiritilgan o'zgartirishlar hamda tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar to'g'risida ma'lumot berildi.

Mazkur tadbirda yoshlarning savollariga batafsil javob berilib, kelgusidagi faoliyatlarida amaliy yordam berilishi aytib o'tildi. Bunday tadbirlar kelajakda yoshlarimizni har tomonlama qo'llab-quvvatlanishida muhim omil bo'lib xizmat qiladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#raqamlashtirish #seminar_trening

Soliq qo‘mitasi xodimlari IBM Cognos Analytics platformasidan foydalanish kurslarini yakunladi

Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasi doirasida soliq tizimining 40 nafarga yaqin xodimi IBM Cognos Analytics platformasida maʼlumotlarni to‘plash, tahlil qilish, grafik va diagrammalar orqali vizualizatsiya qilish hamda tezkor hisobotlar shakllantirish bo‘yicha o‘quv kurslarini yakunladi.

Loyiha doirasida xalqaro ekspertlar guruhi soliq sohasida faoliyat yurituvchi xodimlarni IBM Cognos Analytics tizimidan samarali foydalanish va Business Intelligence (BI) tahlilchilari sifatida tayyorlashga yo‘naltirilgan o‘qitish ishlarini olib bordi.

Soliq tizimi xodimlarining olgan bilimlari kelgusida maʼlumotlarni yig‘ish va modellashtirish orqali murakkab jarayonlarni soddalashtirish, katta hajmdagi maʼlumotlarni tezkor tahlil qilish asosida iqtisodiyotda xufiyona aylanmalar darajasini qisqartirish, shuningdek, soliq to‘lovchilarga yangi, zamonaviy va qulay xizmatlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Mirobod #seminar #qonunchilikdagi_yangiliklar #barqarorlik_reytingi

🔷Mirobod tumanida soliq to'lovchilar uchun seminar tashkil etildi

Joriy yilning 6-noyabr kuni Mirobod tumani hokimligida Toshkent shahar soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan Soliq qonunchiligi normalarining bir xilda qo'llanilishini ta'minlash, tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-son "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan to'rtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni hamda soliq qonunchiligiga kiritilgan o'zgarishlar va qo'shimchalarning mazmun va mohiyatini tadbirkorlik subyektlariga, tuman soliq inspeksiyasining mahallalarga biriktirilgan soliq inspektorlari sho'basi barcha xodimlarga yetkazish maqsadida seminar tashkil etildi.