TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
67 files
4.81K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Olmazor_tumani
#Sayyor_qabul
#Uchrashuv
#Hokim_yordamchisi

4-Sektor rahbarlari fuqarolar bilan uchrashdi

Bugun 26-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazida Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari J. Maxmadustov Olmazor tumani aholisi bilan sayyor qabul o’tkazdi. Mazkur uchrashuvda aholining kayfiyatiga bevosita ta’sir o’tkazayotgan muammolar tumandagi 13 ta mahalla faollari va fuqarolar ishtirokida muhokama qilindi.

Fuqarolarni qiynab kelayotgan jami 30 dan ortiq muammolar muhokama qilinib, ularning yechimi uchun etarlicha mablag’ ajratilishi rejalashtirildi.

Uchrashuvda murojaat qilgan 21 nafar fuqarodan 14 tasining masalasiga ijobiy yechim topildi, qolgan murojaatlar yuzasidan mas`ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Bektemir_tumani
#Uchrashuv
#Hokim_yordamchisi
#Sayyor_qabul

Tadbirkorlik tashabbuslari qo'llab-quvvatlanmoqda

Joriy yilning 27-sentabr kuni Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig'i, Yunusjon Nasimdjanov, Bektemir tumani sektor rahbarlari bilan hamkorlikda "Nurafshon" MFY hududidagi tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tumanida 25 nafar tadbirkorlar hamda 37 nafar fuqarolar ishtirok etib, yechimini kutayotgan muammolar va tadbirkorlik tashabbuslari o'rganilib, ijrosi yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

Jumladan, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagida bo'lgan Sh.Erkinovga kredit ajratish hamda korxona uchun joy ajratish kabi masalalarda yordam ko'rsatiladigan, G.Toshboyevaga esa uy sharoitida daromad topishi uchun elektr pechi olib beriladigan bo'ldi.

Ushbu uchrashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad aholini tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning biznes tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash hamda kambag'allikni qisqartirishdir.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Yunusobod_tumani
#Uchrashuv
#Sayyor_qabul
#Hokim_yordamchisi

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi rahbari Yunusjon Nasimdjanov Yunusobod tumanida joylashgan 4-sektorga qarashli 16 ta mahalla mutasaddilari va fuqarolari bilan uchrashdi.

Mahallalarda olib borilgan oʻrganishlar davomida aniqlangan jami 78 ta aholini kayfiyatiga bevosita taʼsir qiluvchi muammolarni bartaraf etish uchun 2022-2023-yillarda dastur bo`yicha amalga oshiriladigan ishlar rejasi tuzilib, belgilangan miqdorda mablagʻ ajratilishi rejalashtirildi.

Shuningdek, murojaat qilgan fuqarolarning muammolari tinglanib, yordam ko`rsatildi.Ayrim murojaatlar yuzasidan masʼullarga koʻrsatmalar va takliflar berildi.

Mazkur uchrashuvlardan koʻzlangan maqsad aholini yillar mobaynida qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish va yashash sharoitini yanada yaxshilashdan iboratdir.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Yakkasaroy_tumani
#Uchrashuv
#Hokim_yordamchisi

Yakkasaroy tumanidagi muammolar bartaraf etilmoqda.

Joriy yilning 3-oktabr kuni Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari J.Maxmadustov Yakkasaroy tumanida 4-sektorga qarashli 6 ta mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari hamda mahallaning faol fuqarolari ishtirokida muhokamaviy uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda o'rganishlar vaqtida aniqlangan, ichki yo'llarni ta'mirlash, maktabgacha ta'lim tashkilotlarini rekonstruktsiya qilish, ko'p qavatli uylarning eskirgan liftlarini yangisiga almashtirish kabi masalalar yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi. Bu borada mas'ullarga tegishli ko'rsatma va takliflar berildi.

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muxtoj aholi vakillarining tibbiy, kommunal to'lovlar hamda moliyaviy masalar yuzasidan murojaatlari sektor rahbarlari tomonidan tinglandi hamda amalga oshirilishi zarur bo'lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Ushbu uchrashuvlardan ko'zlangan maqsad, muhtaram yurtboshimizning topshiriqlari ijrosini ta'minlash, mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash, fuqarolar orasida kambag`alikni qisqartirish hamda ularni yillar davomida qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Chilonzor
#Hokim_yordamchisi

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag‘allikni qisqartirish maqsadida, 2022 yil 1 yanvardan boshlab hokimning yordamchisi lavozimi ta'sis etilib, barcha vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari hokim yordamchilariga ularning vazifalarini amalga oshirishda har tomonlama ko‘mak berish uchun shaxsan mas'ul va javobgar etib belgilangan edi.

Shu nuqtai nazardan kuni kecha Davlat soliq qo`mitasi raisi o`rinbosari S.Eshmatov ishtirokida Chilonzor tumani hokim yordamchilari bilan uchrashuv tashkil etilib, muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan muxokamaviy davra suhbati bo`lib o`tdi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati
🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Shayxontohur
#Hokim_yordamchisi

Shayxontohur tumanida hokim yordamchilari faoliyati oʻrganildi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari J. Maxmadustov Shayxontohur tumanida joylashgan Katta jar ariq va Eski jar ariq mahallasi hokim yordamchilari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, mahallada istiqomat qilayotgan fuqarolar orasidan tadbirkorlik faoliyatini boshlash yoki kengaytirish istagida boʻlgan aholi vakillarining talab va takliflari tinglanib ularga tegishli tartibda yordam koʻrsatilishi belgilab olindi.

Bundan tashqari bir nechta fuqaroga issiqxonalar qurish, sartaroshlik faoliyatini olib borish uchun mebel va asbob-uskunalar ajratish kabi masalalarda koʻmak berildi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Bektemir
#Hokim_yordamchisi

Tadbirkorlik tashabbuslari qo'llab-quvvatlanmoqda.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig'i mahallalarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari bilan doimiy tarzda hamkorlikda ishlab kelishmoqda. Mazkur ishlarning samarasi o'laroq Bektemir tumanida joylashgan mahallalarda o'z biznesini yo'lga qo'ygan aholi vakillariga tegishli tartibda yordam ko'rsatilmoqda.

Oltintopgan mahallasida monomarkazda tikuvchilik sir asrorlarini puxta o'zlashtirgan ayollar hozirgi kunga kelib mahalladagi bo'sh binolar va ko'p qavatli uylarning yerto'lasida o'z ish faoliyatlarini olib borishmoqda.

Davlat soliq qo'mitasi Raisi o'rinbosari S. Eshmatov hamda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig'i Yunusjon Nasimdjanov tuman sektor rahbarlari bilan birgalikda mazkur tadbirkorlarning faoliyatini ko'zdan kechirib ularga tegishli tartibda zarur yordamlar ko'rsatish bo'yicha mas'ullarga ko'rsatmalar berildi.

Albatta, mazkur o'rganishlar aholini qiynab kelayotgan muammolarini bartaraf etish, fuqarolarni tadbirkorlikka keng jalb qilish va ishsiz fuqarolarni ish bilan ta'minlash orqali kambag'allikni qisqartirishga xizmat qilmoqda.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Bektemir
#Hokim_yordamchisi

Mahallalarda olib borilgan obodonlashtirish ishlari ko'zdan kechirildi.

4-sektor rahbarlari birgalikda Oltintopgan mahallasida amalga oshirilgan ishlarni ko'zdan kechirishdi.

Shuningdek, mutasaddilar ushbu mahallada joylashgan "Toshkent shahar suv ta'minoti" MCHJ faoliyati bilan ham tanishdi.

Bundan tashqari foydalanilmayotgan maydonlarni va binolarni tadbirkorlik faoliyatini boshlash yoki kengaytirish istagida bo'lgan fuqarolarga berish masalasi ham muhokama qilindi.

O'rganishlar davomida ko'p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash borasida ham mas'ullarga tegishli ko'rsatma va tavsiyalar berildi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Bektemir_tumani
#Mahallabay
#Hokim_yordamchisi

Toshkent shahar hokimi o`rinbosari va shahar 4-sektor rahbari o`rinbosari ishtirokidagi ishchi guruh poytaxtimizning Bektemir tumanida aholi bilan uchrashishdi.

Joriy yil 25-oktabrdagi PQ-408-son qaroriga binoan Toshkent shahridagi 12 ta tuman kesimida ijtimoiy - iqtisodiy muammolarni hal etish to'grisidagi topshirig'iga muvofiq reja asosida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, tumandagi 5 ta mahallaga 21 mlrd so'm pul mablag'i ajratilib, mahallalarga ichimlik suvi, suv oqavalarini o'tkazish, elektr energiya va asfalt qilish ishlari amalga oshirilishi yuzasidan tushuntirishlar olib borildi. Shuningdek ularni bajarish bo'yicha mas'ullar bilan tegishli rejalar belgilab olindi.

Zero, bu harakatlar inson qadrini ulug'lash va ularning turmush tarzini yanada yuqori pog'onalarga olib chiqishdan iboratdir.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bektemir_tumani
#Mahallabay
#Hokim_yordamchisi

4-SEKTOR HUDUDIDA E'TIBOR, YANGILANISH - INSON QADRI VA MAHALLA OBODLIGI UCHUN!

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Shayxontohur
#Hokim_yordamchisi
#Mahallabay

5-dekabr kuni poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 4-sektorda O'zbekiston Respblikasi Administratsiyasi topshirig'iga asosan "Fuqarolar bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqotni yagona elektron platforma orqali yo'lga qo'yish, joylardagi muammolarni individual yondashuv asosida aniqlash va ularning amalda to'liq hal etilishini ta'minlash" bo'yicha ishchi guruh yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda, 4-sektorga qarashli 14 ta MFY raislari, hokim yordamchilari, Xotin- qizlar faollari ishtirokida "Dolzarb 10 kunlik" e'lon qilinib, har bir xonadonga tashrif buyurgan holda muammolarni o'rganib, ularni hal etish masalalari muhokama qilindi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Shayxontohur
#Hokim_yordamchisi
#Mahallabay

Ob-havo sharoiti noqulay bo'lishiga qaramay, "Dolzarb 10 kunlik" doirasida tuzilgan ishchi guruh a'zolari Shayxontohur tumani Katta Oqtepa mahallasi hudududagi fuqarolar bilan mahallabay yurgan holda uchrashuv tashkillashtirildi. Ularning muammolar o'rganilib, ijrosini ta'minlash bo'yicha rejalar belgilab olindi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Shayxontohur
#Mahallabay
#Hokim_yordamchisi

Ayni kunlarda aholining muammolarni individual o'rganish maqsadida Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshchiligidagi ishchi guruh Shayxontohur tumanida 4-sektorga qarashli 14000 ta xonadonlarning har biriga alohida chiqqan holda murojaatlari o'rganilib, bartaraf etish choralari ko'rilmoqda.

Xususan, 9-dekabr kuni mas'ul xodimlar tomonidan Yangiobod MFY da xonadonbay o'rganish o'tkazilib, Maydoncha ko'chasi 1-uyda yashovchi murojaatchining ko'z kasalligiga chalinganligi sababli moddiy yordam ko'rsatish belgilab olindi.

Bundan tashqari Maydoncha ko'chasidagi yana bir qancha fuqarolarning muammolari tinglanib, ularga amaliy yordam ko'rsatish bo'yicha tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Uchtepa
#Soliqchi_komakchi
#Hokim_yordamchisi

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi xodimlari va hokim yordamchilari poytaxtimizda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarga "soliqchi tadbirkorga ko'makchi" tamoyiliga asosan yordam ko'rsatib kelishmoqda.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#mahallabay
#hokim_yordamchisi

Davlatimiz rahbarining topshirig'iga asosan so'nggi yillarda xalq bilan muloqot tizimi yangi bosqichga olib chiqildi. Xususan, Toshkent shahar 4-sektor xodimlari tumanlarda hokim yordamchilari bilan birgalikda xonadonbay o'rganishlar o'tkazib, aholiga zaruriy yordamlar ko'rsatishmoqda.

Bundan tashqari kam ta'minlangan, boquvchisini yo'qotgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari hamda moddiy yordam berilmoqda. Shuningdek, fuqarolar sayyor tibbiy ko'rikdan o'tkazilib, zaruriy dori-darmon vositalari bilan ta'minlanmoqda.

Ushbu sa'y harakatlardan ko'zlangan maqsad aholining yashash sharoitini yanaqa yaxshilash va xalqimizni rozi qilishdir.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Bektemir
#mahallabay
#Hokim_yordamchisi

Xalq bilan muloqot qilish va ularning muammolarini aniqlashda respublikamiz bo'ylab sektor rahbarlari tomonidan Oqqo'rg'on tajribasi asosida ish olib borishmoqda. Jumladan, Toshkent shahar 4-sektor xodimlari ham fuqarolarning muammolarini hal etishda individual tarzda yondashishmoqda.

Joriy yilning 15-fevral kuni Bektemir tumani 4-sektor rahbari "Sohil" mahalla fuqarolar yig'inida xonadonbay o'rganishlar o'tkazib aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan mas'ul xodimlarga kerakli ko'rsatmalar berib, xalqni rozi qilish eng muhim vazifa ekanini takidladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Olmazor
#mahallabay #hokim_yordamchisi

Yurtimizda aholiga tibbiy xizmat ko'rsatish sifatini oshirish va ularning sog'lig'ini mustahkamlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xususan poytaxtimiz bo'ylab Toshkent shahar soliq xizmati xodimlari boshchiligida sayyor tibbiy tekshiruv o'tkazilmoqda. Mazkur tibbiy ko'riklarning navbatdagisi joriy yilning 15-fevral kuni Olmazor tumanida bo'lib o'tdi.

Ushbu o'rganishlar davomida keksa yoshlilar, bolalar va surunkali kasalligi bor bemorlar tekshiruvdan o'tkazilib, zaruriy dori vositalari bilan ta'minlanib, shifokorlar tomonidan kerakli maslahatlar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB