Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#soliq_hamkor
✅ Xarid cheki berilmaganligi bo‘yicha 10 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan
2023-yil yanvar oyida “Soliq” mobil ilovaning “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 10 989 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan:
🔹10 204 tasi xarid cheki bermaslik;
🔹394 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
🔹15 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
🔹376 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.
👉Batafsil
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#soliq_hamkor
🔴"Soliq hamkor" tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlik uchun mukofot puli qancha muddatda toʻlab beriladi?
✔️"Soliq" mobil ilovasining "Soliq hamkor" tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida xabar bergan fuqarolarga huquqbuzarlardan undirilgan jarima summasidan 20% miqdorida mukofot toʻlab beriladi.
👉PQ-5252-son 04.10.2021
✔️ Ragʻbatlantirish – jismoniy shaxs tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar haqiqatga mos boʻlsa va aybdor shaxsga nisbatan soliq organining yoki sudning javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarori qonuniy kuchga kirganda amalga oshiriladi.
👉VMQ-255-son 2-ilova 9-band 12.05.2022
📜 Sayyor soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qabul qilingan qaror soliq toʻlovchiga berilgan kundan eʼtiboran bir oy oʻtgach kuchga kiradi.
👉Soliq kodeksi 160-modda
💳Pul mukofoti murojaatchining nomidagi bank plastik kartasiga jarima toʻlangan kundan keyin 3 kundan kechiktirmasdan oʻtkazib beriladi.
👉VMQ-255-son 2-ilova 16-band 12.05.2022
Bunda, bank plastik kartasi faol holatda boʻlishi lozim, aks holda texnik jihatdan mukofot pulini oʻtkazish imkoniyati boʻlmaydi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_hamkor
Endilikda Soliq hamkor orqali noqonuniy alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi yuzasidan murojaat yo‘llash mumkin
2023-yil 1-iyundan qalbaki aksiz markali yoki aksiz markasiz, markirovkalanmagan alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish,
ruxsati boʻlmagan holda alkogol va tamaki mahsulotini sotish, sifatsiz spirt va alkogol mahsulotini sotish kabi qonun buzilishi holatlari haqida Soliq organiga murojaat yo‘llash tizimi ishga tushdi.
PQ‑110-son 04.04.2023
👉Soliq hamkor orqali kelib tushgan murojaatlar nazorat va boshqa tadbirlarni oʻtkazish uchun asos boʻladi
👉Murojaatlar 10 ish kunida majburiy tartibda koʻrib chiqilib, natijasi boʻyicha murojaat yoʻllagan shaxs xabardor qilinadi
👉Tasdigʻini topgan murojaatlar boʻyicha maʼmuriy huquqbuzarlik uchun jarimaning 20 foizi, jinoyatlar uchun esa BHMining 5 baravarigacha miqdorda ragʻbatlantiriladi.
📲 Shuningdek, Soliq hamkor orqali chek bermaslik, plastik kartaga savdo qilmaslik, mahsulotni plastik kartaga qimmat sotish va noqonuniy tadbirkorlik faoliyati yuzasidan murojaat yo‘llash mumkin.
🎞 Batafsil videolavhada

“Soliq hamkor” tizimi orqali huquqbuzarlik haqida xabar yuborgan edim. "Tekshirish jarayonida" degan yozuv chiqdi. Umuman, Soliq mobil ilovasidagi murojaat holatlari qanday izohlanadi?
“Soliq hamkor” tizimi orqali soliqqa oid huquqbuzarlik toʻgʻrisida murojaat qoldirilganda quyidagi holatlar ilovada aks etadi:
✅ Tekshirish jarayonida – huquqbuzarlik alomati aniqlangan taqdirda sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazish jarayoni nazarda tutilgan (10 ish kuni);
✅ Rad etilgan - soliqqa oid huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻliq taqdim etilmaganda, tan olingan murojaatlar boʻlganda, javobgarlikka tortish toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilish jarayonida kelib tushgan xabarlar koʻrib chiqilmaydi (1 ish kuni);
✅ Tekshirish yakunlangan (huquqbuzarlik tasdiqlanmagan) – oʻtkazilgan soliq tekshiruvida soliqqa oid huquqbuzarlik aniqlanmagan;
✅ Tekshirish yakunlangan (huquqbuzarlik tasdiqlangan) – soliq tekshiruvida soliqqa oid huquqbuzarlik aniqlanganligi sababli, koʻrib chiqish va qaror qabul qilish jarayoni hisoblanadi (20 ish kuni);
✅ Mukofot tayinlandi – jarimaning 20 foizi miqdorida bir martalik pul mukofoti tayinlanadi (1 oy yoki jarima toʻlangandan soʻng 3 ish kuni);
👉PQ-5252-son 04.10.2021
✅ Mukofot toʻlash jarayonida – bank muassasasi jismoniy shaxsning bank kartasiga pul mablagʻlarini oʻtkazadi;
👉VMQ-255-son 2-ilova 16-band 12.05.2022
✅ Mukofot toʻlangan – bank tomonidan jismoniy shaxslarning bank kartalariga pul mablagʻlari oʻtkazilgan;
✅ Mukofot berilmaydi - Soliq kodeksining 221-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan soliqqa oid huquqbuzarlik aniqlanmagan yoki Soliq organining qarori yuqori turuvchi organ yoki sud tomonidan bekor qilingan.
📌 "Soliq hamkor" tizimi orqali soliq huquqbuzarligi haqida xabar berganlik uchun mukofot puli jarima toʻlangan kundan keyin 3 kundan kechiktirmasdan oʻtkazib beriladi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads