TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.85K subscribers
12K photos
1.27K videos
70 files
4.83K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Toshkent_shahar_DSB
#2023_yil

Hurmatli hamkasblar, aziz vatandoshlar!

Barchangizni kirib kelayotgan yangi 2023-yil bilan samimiy tabriklayman. Yangi yilda sizlarga sog'lik-salomatlik, oilaviy baxt va hotirjamlik, ish faoliyatingizda esa muvaffaqiyatlar yor bo'lishini tilayman. Yakunlanib borayotgan 2022-yilda yurtimizda tadbirkorlar uchun prezidentimiz tomonidan imtiyozlar va yengilliklar berildi. O'z navbatida davlat soliq tizimi xodimlari uchbu yangiliklarni tadbirkorlarga yetkazish hamda ularni qo'llab-quvvatlash maqsadida faoliyat yuritdi.

Muhtaram yurtboshimizning 2022-yil 20-dekabrida Oliy majlis va O'zbekiston xalqiga murojaatnomasida yangi 2023-yilda ham tadbirkorlarga qulay shart-sharoit yaratish hamda xorijiy investorlarni keng jalb etishga alohida e'tibor qaratildi. Mazkur murojaatnomadan so'ng Toshkent shahar davlat soliq idoralari tomonidan yurtimizga investorlarni jalb qilish va tadbirkorlarga qulayliklar yaratish maqsadida chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amalga oshiriladigan asosiy vazifalar belgilab olindi.

Yana bir bor barchangizni kirib kelayotgan yangi 2023-yil bilan muborakbod etaman. Xalqimiz farovonligi, vatanimiz rivoji va iqtisodiyotimiz taraqqiyoti yo'lidagi mashaqqatli mehnatingizga ulkan zafarlar yor bo'lsin!

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig'i, Yunusjon Nasimdjanov
#2023_yil_natijalari

Yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari

2023-yil davomida 90 mingga yaqin yuridik shaxs roʻyxatga olinib, jami faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 570,4 mingtaga va 97 mingdan ortiq fuqaro YTTlar safiga qoʻshilib, jami faoliyat yuritayotgan YTTlar soni 240,7 ming nafarga yetdi.
Qariyb 1,6 mln nafar fuqaro oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida faoliyat yuritishni boshladi va ularning jami soni 2,6 mlntani tashkil etdi.
____________
#итоги_2023года

Вновь созданные субъекты предпринимательства

За 2023 год было зарегистрировано около 90 тысяч юридических лиц, общее количество действующих организаций достигло 570,4 тысяч. Также свыше 97 тысяч граждан стали индивидуальными предпринимателями, общее число осуществляющих деятельность индивидуальных предпринимателей достигло 240,7 тысяч.
Около 1,6 млн граждан начали вести деятельность в качестве самозанятых и их общее число составило 2,6 млн.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#2023_yil_natijalari

2023-yilda respublika boʻyicha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliqlarni ixtiyoriy toʻlash darajasi 97 foizni tashkil etdi.
___________
#итоги_2023года

В 2023 году уровень добровольного исполнения налоговых обязательств юридическими и физическими лицами в масштабах республики составил 97%.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#2023_yil_natijalari

Budjetga soliq tushumlari

2023-yilda Davlat budjetiga jami soliq tushumlari 165,9 trln soʻmni tashkil etdi. Bu belgilangan yillik prognozga (163,8 trln soʻm) nisbatan 101,3 foizga (2,1 trln soʻm) oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 17,4 trln soʻmga koʻp.

Respublikamizning barcha hududlarida belgilangan yillik prognoz koʻrsatkichlari toʻliq bajarildi va ularning qoʻshimcha tushumlari 3,4 trln soʻmdan oshdi.

Hududlarda soliq tushumlari 2022-yilga nisbatan 13%ga oʻsdi. Jizzax (30%), Sirdaryo (21%), Toshkent (19%) va Navoiy (18%) viloyatlarida yuqori oʻsishga erishildi.

Teng raqobat sharoitini yaratish, xarajatlar tarkibini asossiz oshirishning oldini olish hamda toʻlov intizomini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar natijasida davlat ulushi boʻyicha budjetga prognozga nisbatan 1,5 trln soʻm qoʻshimcha dividend summalari undirildi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan 1,3 trln soʻm moliyaviy jarimalar qoʻllanilishining oldi olindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#2023_yil_natijalari

QQS maʼmurchiligi

2023-yildan boshlab QQS stavkasining 15 foizdan 12 foizgacha pasaytirilishi tadbirkorlik subyektlari va isteʼmolchilar ixtiyorida 9 trln soʻm mablagʻ qolishiga imkon berdi. QQS maʼmurchiligining toʻgʻri yoʻlga qoʻyilishi natijasida stavka tushirilishiga qaramasdan mazkur soliq turi boʻyicha budjetga 34 trln soʻm mablagʻ toʻlanib, tushumlar oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,2 trln soʻmga yoki 4% oʻsdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads