TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.85K subscribers
12K photos
1.27K videos
70 files
4.82K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Yangihayot
#yoshlar_bilan_uchrashuv

❇️Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizdagi ishsiz, tarbiyasi og'ir, nogironligi bo'lgan yoshlarga alohida e'tibor qaratilib, bu borada Toshkent shahar 4 ta sektor rahbarlari o'zlariga biriktirilgan yoshlar bilan muntazam ravishda suhbat o'tkazib kelmoqda.

Xususan, joriy yilning 29-may kuni Yangihayot tumanida joylashgan "Green Park" hududida bo'lib o'tgan uchrashuvda 60 nafar yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etdi va Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i Yunusjon Nasimdjanov tomonidan 14 nafar murojaatchilarning muammolari tinglandi.

🟢Qabulda davomida shahar sektor rahbarlari jarrohlik amaliyoti uchun moddiy yordam ko'rsatish, kompyuter olib berish, kredit masalasida ko'maklashish , ishga joylashtirish kabi muammoli masalalarni o'rganib, ijrosini ta'minlash yuzasidan mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangihayot
#yoshlar_bilan_uchrashuv

❇️Toshkent shahar sektor rahbarlari Yangihayot tumanida o'tkazilgan uchrashuvda o'zlariga biriktirilgan 60 dan ortiq yoshlar bilan suhbatlashib, ularning muammo va takliflarini o'rgandi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Sergeli
#Yangihayot
#korrupsiya

🔰Soliq sohasida uchrayotgan qonun buzilish holatlarining kelib chiqish sabablari va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo'mitasi tomonidan qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati” buyrug'ining mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag'ishlangan targ'ibot tadbirlari joriy yilning 21-iyun kuni Sergeli tumanida davom ettirildi.

Toshkent shahar soliq bosharmasining Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari korrupsiya oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan holatlar va ularning zarari to'g'risida Yangihayot hamda Sergeli tumani soliq inspeksiyasi Shaxsiy tarkib xodimlariga batafsil ma'lumotlar berdi. "Korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida o'tkazilgan muhokamaviy suhbat davomida soha xodimlariga halol va shaffof tarzda faoliyat yuritish kerakligi ta'kidlandi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sergeli #Yangihayot #Olmazor
#korrupsiya

Toshkent shahar soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari tomonidan Sergeli, Yangihayot va Olmazor tumanlarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati” mavzusida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

🔶BATAFSIL🔶

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Sergeli #Yangihayot #korrupsiya

So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi mas'ullari Sergeli hamda Yangihayot tumani soliq inspeksiyalarida "Korrupsiya – halokatga yetaklovchi yo'l" mavzusidagi tushuntirish va profilaktik davra suhbati o'tkazdi.

Mutasaddilar xodimlarga ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya etishlari, belgilangan ish vaqtida yuzaga keladigan har qanday munosabatlar mehnat qonunchiligi bilan tartibga solinishi, ish vaqtida xizmat vazifasi bilan band bo‘lishlari, soliq to'lovchilardan kelib tushadigan murojaatlarni qanoatlantirishda vakolatlari doirasidan chetga chiqmasliklari, fuqarolar bilan munosabatda davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari borasida tushuntirishlar berishdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yangihayot #ochiq_muloqot

🔷Poytaxtimizning Yangihayot tumanida sektor rahbarlari tomonidan ko'plab ijobiy o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. "Ochiq muloqotdan so'ng" ko'rsatuvining ushbu sonida ana shunday islohotlar xususida so'z boradi.

🔹Ko'rsatuvni tomosha qilish🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yangihayot #sayyor_qabul

Murojaatlar e’tiborsiz qolmadi

Bugungi kunda davlat idora va tashkilotlari tomonidan "Temir daftar", "Yoshlar daftari" hamda "Ayollar daftari"ga kiritilgan fuqarolarning muammolarini bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar 4-sektor rahbari o'rinbosari, Yangihayot tumani hokimi hamda Yoshlar ishlari agentligi vakillari ishtirokida tuman aholisining murojaatlarini tizimli o'rganish va hal etish maqsadida ommaviy sayyor qabul o'tkazildi. Unda 9 nafar yoshlarning to'lov kontrakti va o'quv kursi xarajatlari to'lab berilgan bo'lsa, 6 nafar fuqaroga salomatligini tiklash hamda oziq-ovqat mahsulotlari olishi uchun moddiy yordam ko'rsatilishi natijasida barcha murojaatlar joyida hal etildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangihayot #sayyor_qabul

Joriy yilning 20-dekabr kuni Toshkent shahar 4-sektor rahbari o'rinbosari, Yangihayot tumani hokimi hamda Yoshlar ishlari agentligi vakillari ishtirokida tuman aholisining murojaatlarini tizimli o'rganish va hal etish maqsadida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yangihayot #nazorat_tadbiri #yashirin_iqtisodiyot

🔷Yangihayot tumanida nazorat tadbiri o‘tkazildi

Soliq to‘lovchilar tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda xaridorga QR-kodli chek taqdim etishi shart. Bu bo‘yicha Soliq xizmati xodimlari xaridorlardan kelib tushgan murojaatlar asosida nazorat tadbirlari o‘tkazib, aniqlangan qonunbuzarliklarni tegishli tartibda bartaraf etmoqda.

Xususan, sayyor soliq tekshiruvi xodimlari tomonidan Soliq mobil ilovasi orqali kelib tushgan murojaat asosida, Yangihayot tumanida faoliyat yuritadigan umumiy ovqatlanish shoxochalaridan birida nazorat tadbiri o‘tkazildi. Natijada tadbirkorlik subyekti xodimi xarid uchun haqiqatan ham mijozga chek bermaganligi va uni onlayn-NKM xotirasiga kiritmaganligi aniqlanib, ushbu holatlar yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, mazkur shoxobchadagi 6 nafar xodim bilan mehnat shartnomasi tuzmasdan ishlatilib kelinayotganligi aniqlanib, tuman soliq inspeksiyasi mas'ullari tomonidan jamiyat rahbariga holatni bartaraf etish bo‘yicha kerakli tushuntirishlar berildi.

Ma'lumot o‘rnida, Yangihayot tumani soliq inspeksiyasining Sayyor soliq tekshiruvlari sho‘basi tomonidan 2024-yilning o‘tgan davrida “Soliq hamkor” bo‘limi orqali kelib tushgan murojaatlar asosida 25 ta sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilib, tekshirishlar natijasi bo‘yicha budjetga qo‘shimcha 125 mln. so‘m yo‘naltirilishi ta'minlandi. Shundan 3 holatda soliq to‘lovchi tomonidan amaldagi soliq qonunchiligi talabalari qo‘pol ravishda buzilishiga yo‘l qo‘yilgan, yana 3 holatda esa belgilanmagan joyda noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullangan fuqarolar aniqlangan hamda ushbu holatlar yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangihayot #nazorat_tadbiri #yashirin_iqtisodiyot

🔷Soliq mobil ilovasi orqali kelib tushgan murojaat asosida, Yangihayot tumani soliq inspeksiyasi Sayyor soliq tekshiruvi sho‘basi xodimlari tomonidan tumanda faoliyat yuritadigan umumiy ovqatlanish shoxochalaridan birida nazorat tadbiri o‘tkazildi.

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram