TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
67 files
4.81K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Shayxontohur #mahallabay #4_sektor

"Ochiq muloqotdan so'ng" teleko'rsatuvining navbatdagi sonida Shayxontohur tumani sektor rahbarlari tomonidan olib borilgan o'zgarishlar xususida so'z boradi.

👉Ko'rsatuvni tomosha qilish👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Shayxontohur #obodonlashtirish #mahallabay

Soliq qo'mitasi departamenti bo'lim boshlig'i, Shayxontohur tumani sektor rahbarlari hamda tegishli tashkilotlar xodimlari tomonidan "Eshonguzar" va "Gulobod" mahallasida qator amaliy ishlar tatbiq etilmoqda.

Xususan, 2023–2024-yil kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish maqsadida 1 200 metrlik gaz ta'minoti quvurlari tortish, ko'p qavatli uylar yerto'lasidagi isitish tizimini nazoratdan o'tkazish ishlari amalga oshirilmoqda. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad 517 xonadonning gaz bosimi sifatini oshirishdan iborat. Shuningdek, hududda to'planib qolgan 47 tonna chiqindi tozalanib, daraxtlarga shakl berish bilan bog'liq masalalar ijobiy hal etilmoqda.

Samarali mehnat ko'satayotgan barcha ishchi guruhi uchun qozonda osh damlanib, dasturxon yozildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shayxontohur #soliq_imtiyozlari #soliqchi_koʻmakchi #mahallabay

🔷Soliq xizmati xodimlari tomonidan poytaxtimizning Shayxontohur tumani mahallalarida tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag'allikni qisqartirish va yordamga muhtoj aholi vakillarini doimiy daromadga ega qilish maqsadida xonadonbay yurgan holatda o'rganish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, tadbirkorlarga biznes muhitini yaxshilaydigan imtiyoz va yengilliklardan foydalanish bo'yicha tushunchalar berilib, kredit, yer va bino ijarasi kabi masalalardagi murojaatlarga ko'maklashildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Shayxontohur #onlayn_NKT #uchrashuv

🔷Nazorat-kassa mashinasidan foydalanmaslik va xarid cheki bermaslik jarima solishga sabab bo‘ladi

Toshkent shahar soliq boshqarmasi hamda tuman soliq inspeksiyalari yirik bozor va savdo komplekslarida tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanadigan biznes vakillari muntazam ravishda uchrashuv o‘tkazib kelmoqdalar. Bu galgi uchrashuv Shayxontohur tumanida joylashgan "Malika savdo majmuasi" tadbirkorlari bilan tashkil etilib, unda bozor ma'muriyati ham ishtirok etdi.

Unda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan biznes muhitini yaxshilash maqsadida kiritilgan soliq ma'murchiligidagi yangilik va imtiyozlar haqida ma'lumotlar berilib, tadbirkorlarning murojaatlari tinglandi hamda ularga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi. Shuningdek, sotilgan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmat uchun onlayn-NKTdan xarid chekini taqdim etmaslik yoki to‘lovlarni bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga o‘tkazish orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanishi, qonun doirasida faoliyat yuritish kerak ekanligi haqida ma'lumot berildi.

Soliq xizmati xodimlari tomonidan bozor hududidagi barcha tadbirkorlik subyektlariga bu boradagi eslatma xatlarlari tarqatilib, kerakli ko'rsatmalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shayxontohur #onlayn_NKT #uchrashuv

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasi hamda Shayxontohur tuman soliq inspeksiyasi mas'ullari ishtirokida tuman hududida faoliyat yuritadigan "Malika savdo majmuasi" tadbirkorlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Shayxontohur #mahallabay

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i topshirig'iga asosan, bugungi kunda soliq organlari faoliyati axborot tizimi bo'yicha qoniqarsiz bo'lib turgan Shayxontohur tumanida soliqlarni yig'ish maqsadida biriktirilgan xodimlar bilan muhokamaviy muloqot o'tkazildi. Xodimlar mazkur qoniqarsiz holatni tez fursatda yaxshilamagan taqdirda tegishli intizomiy choralar qo'llanilishi haqida ogohlantirildi.

Ayniqsa, "mahalla yettiligi"ning imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirish hamda kichik biznesni rivojlantirish samaradorligini oshirishga alohida e'tibor berish zarurligi ta'kidlandi. Shuningdek, "soliqchi – tadbirkorga ko'makchi" tamoyili doirasidagi ishlar yuzasidan ham muhim maslahatlar berilib, tizimdagi yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar takrorlanmasligi uchun chora-tadbirlar belgilab olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Shayxontohur #sayyor_qabul

Sayyor qabullar aholi uchun qulay va samarali bo‘lmoqda

So‘ngi paytlarda fuqarolar ham, aholining ehtiyojlari bilan ishlovchi idora va tashkilot mas'ullari ham sayyor qabullarning xalq rozilgini olishda naqadar ahamiyatli ekanligini anglab yetmoqda. Chunki Prezidentimiz tomonidan odamlarning murojaatlariga quloq tutish har bir mutasaddi rahbarning oldida turgan eng muhim vazifalardan biri ekanligi ommaviy sayyor qabullarda o‘z ifodasini topib turibdi.

Jumladan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘ining ko‘rsatmasi bilan poytaxtimizning Shayxontohur tumanida sayyor qabul tashkil etildi. Unda 16 nafar fuqaro murojaatlari bilan ishtirok etib, 11 tasi shu yerning o'zida ijobiy hal etildi. Xususan, kundalik yumushlarda ishlatiladigan oziq-ovqat mahsulotlari, salomatlikni tiklash uchun tibbiyot birlashmasidan yo'llanma hamda bir nafar imkoniyati cheklangan fuqaroga nogironlik aravachasi topshirilgan bo'lsa, o‘rganish qo‘shimcha vaqt talab qiladigan 5 ta masala bo‘yicha tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Shayxontohur #yoshlar_bilan_uchrashuv #mahallabay

Shayxontohur tumanida "rahbar va yoshlar" uchrashuvi o'tkazildi

Bugungi kunda yoshlarni qo'llab-quvvatlash uchun ko'plab tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xuddi shu maqsadda, Shayxontohur tumani "Kamolon darvoza" mahallasida tuman 4-sektor rahbari boshchiligida 70 nafardan ortiq yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda yoshlarni qiynab kelayotgan muammoli masalalar tinglandi va ularni bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga kerakli ko'rsatmalar berildi. Xususan, OTM to'lov konraktni to'lab berish, o'zini o'zi band qilish uchun zamonaviy kasblarga o'qitish hamda tibbiy muolaja olish kabi masalalar shular jumlasidan hisoblanadi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Shayxontohur #seminar #qonunchilikdagi_yangiliklar

🔷Poytaxtimizda Soliq qonunchiligidagi o'zgarishlarni tadbirkorlarga yetkazish uchun seminarlar o'tkazilishi davom etmoqda

Soliq to'lovchilarni soliq tizimiga kiritilayotgan o'zgartish va qo'shimchalardan xabardor qilish maqsadida Toshkent shahar soliq boshqarmasining Soliq solish bo'yicha maslahat hamda yangi texnologiyalar axborot-informatsion bo'limi xodimlari poytaxtimiz tumanlarda doimiy targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borishmoqda.

Bu galgi seminar joriy yilning 22-yanvar kuni Shayxontohur tumanida tashkil etilib, unda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil devoni yetakchi inspektorlari ham ishtirok etdi. Uchrashuvda tadbirkorlar va soliq to'lovchilar Soliq kodeksiga kiritilgan o'zgartirishlar mazmun-mohiyati haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lishdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram