TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
67 files
4.81K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#tabrik
#21oktabr
#onatilimfaxrim

Bayramingiz muborak boʻlsin aziz yurtdoshlar!

Hurmatli vatandoshlar, Sizlarni, bugungi qutlugʻ ayyom – Oʻzbek tili bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Bugun mamlakatimizning har bir goʻshasida keng nishonlanayotgan ushbu bayram allaqachon milliy anʼanaga aylanib, xalqimiz maʼnaviy hayotidan mustahkam oʻrin egalladi.

Necha asrlar osha ajdodlarimizdan bizga bezavol oʻtib kelayotgan ona tilimizning ravnaqi va istiqboli haqida qaygʻurish har birimizning muqaddas burchimizdir. Bu oʻzlikni anglash, millat maʼnaviy kamolotini yuksaltirish uchun kurash demakdir.

Zero, davlat tilining obroʻ-eʼtibori – xalqimiz va jamiyatimizning obroʻ-eʼtiboridir.

Prezidentimiz boshchiligida yangi Oʻzbekistonni, yangi Renessans poydevorini barpo etishdek ezgu maqsadlarimizga erishishda ham, albatta, ona tilimizning hayotbaxsh qudratiga tayanamiz.

Shu bilan birga, mamlakatimizda oʻzbek tilini zamon talablari asosida rivojlantirish, uning davlat tili sifatidagi oʻrni va nufuzini yanada mustahkamlash borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Natijada nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyo miqyosida ona tilimizning mavqei mustahkamlanib boryapti. Oʻzbek tili xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda.

Hurmatli yurtdoshlar, Sizlarni Oʻzbek tili bayrami bilan yana bir bor samimiy tabriklayman.
Barchangizga sogʻlik-omonlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.

Oʻzbek tili toabad yashasin, tillarimizda mangu yangrasin!

Sherzod Kudbiyev,
Davlat soliq qoʻmitasi Raisi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#Uchtepa
#Til_bayrami
#21oktabr
#onatilimfaxrim

Bugun Uchtepa tumanida joylashgan 236-umumtaʼlim maktabida 21-oktabr oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshligʻi Yunusjon Nasimdjanov hamda xalqimiz sevgan shoir va maʼrifatchilar ishtirok etishdi.

Tadbirda faol qatnashgan maktab oʻquvchilari qimmatbaho sovgʻalar va kitoblar bilan taqdirlandilar.

Mazkur tadbir har bir oʼzbek uchun eng aziz va iftixori, ona tilimizga boʻlgan eʼtiborning yanada oshishiga hamda oʼquvchi yoshlarning qalbida ona tilimizga boʼlgan muhabbatini yuksalishiga xizmat qiladi.

Shuningdek Toshkent shahar 4-sektor rahbari maktabning hozirgi holati bilan yaqindan tanishib, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur yordamlar koʻrsatilishini takidladilar.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰
kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Uchtepa
#Til_bayrami
#21oktabr
#onatilimfaxrim

Til – jamiyat tayanchi

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshligʻi Yunusjon Nasimdjanov Uchtepa tumanida joylashgan 236-umumtaʼlim maktabida 21-oktabr oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan tashkillashtirilgan tadbirda ishtirok etdi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰
kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#onatilimfaxrim

Aziz yurtdoshlar, Sizlarni bugungi qutlug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami kuni bilan davlat soliq xizmati organlari jamoasi nomidan muborakbod etaman!

O‘zbek tili
xalqimizning azaliy qadriyatlarini birlashtirib, milliy o‘zligimizni namoyon etuvchi ulkan maʼnaviy boyligimizdir.

Milliy o‘zligimiz, g‘urur-iftixorimiz timsoli bo‘lgan ona tilimizni asrab-avaylash, ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan maʼnaviy boyligimizni kelajak avlodga asl holida yetkazish muqaddas burchimizdir.

O‘tmishimiz va kelajagimizni bog‘lab turuvchi,
shonli va sharafli yo‘llarni bosib kelayotgan o‘zbek tili bugun davlat tili maqomida yanada ulug‘vorligini namoyon etmoqda.

Darhaqiqat, keyingi yillarda tilimiz qadri va nufuzini oshirish borasidagi amaliy ishlar yangi bosqichga ko‘tarildi.

O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va obro‘-eʼtiborini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyo miqyosida ona tilimizning mavqei mustahkamlanib boryapti.

O‘zbek tili
xalqaro minbarlarda baralla yangrab, tinchlik, do‘stlik va hamkorlik vositasi bo‘lib xizmat qilaversin.

O‘zbek tili bayrami kuni bilan barcha yurtdoshlarimizni yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman.

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qo‘mitasi Raisi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onatilimfaxrim

🔷Betakror ona tilimizni asrab-avaylash va uni kelajak avlodga yetkazish har birimizning burchimiz hisoblanadi.

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni!

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#onatilimfaxrim #bayram

🔹21-oktyabr — O'zbek tili bayrami kuni

Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Shu nuqtai nazardan har yili ushbu sana yurtimizda keng nishonlanadi.

Kuni kecha Olmazor tumani "Xislat" MFY xududida joylashgan 120- MTMda "Ona tilim – jonu dilim" shiori ostida bayram tadbiri bo'lib utdi. Unda tuman 4-sektor xodimlari, mahalla va xotin-qizlar faollari ishtirok etib, bolalarni bayram bilan tabriklashdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#onatilimfaxrim

Oʻzbek tili bayrami barchaga muborak boʻlsin!


Hurmatli vatandoshlar!

Sizlarni 21-oktabr - Oʻzbek tili bayrami bilan davlat soliq xizmati organlari jamoasi nomidan chin qalbdan muborakbod etaman!

Men uchun dunyo tillari ichida eng goʻzal va jozibador tillardan biri – bu oʻzbek tilidir.

Ona tilimiz - milliy gʻururimiz, maʼnaviyatimiz va madaniyatimiz koʻzgusi. U bizni birlashtiradi, oʻtmishimiz bilan bogʻlaydi va kelajagimizga yoʻl ochadi.

Davlatimiz rahbari boshchiligida tilimizning nufuzini oshirish, uni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar sabab bugun Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va obroʻ-eʼtibori yuksalishi bilan bir qatorda xalqaro minbarlarda baralla yangrab, doʻstlik va hamkorlik vositasi sifatidagi nufuzi ortib bormoqda.

Barchangizga sogʻlik, baxt-saodat, farovonlik tilayman. Oʻzbek tili toabad yashasin, tillarimizda mangu yangrasin!

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qoʻmitasi Raisi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads