TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.88K subscribers
12.7K photos
1.34K videos
74 files
5.2K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Mirzo_Ulugbek #xavfsiz_hudud

🔹Prezidentimizning 2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarlikning erta oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo'yicha chora tadbirlar to'g'risidagi 2025-yil 3-yanvardagi PQ 1-sonli qarori ijrosi ta'minlanmoqda.

Bu borada joriy yilning 6-fevral kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i tomonidan Mirzo Ulug'bek tumanidagi Elobod mahallasida xavfsiz muhitni yaratish bo'yicha tegishli chora tadbirlar ishlab chiqilib, unda aniq 33 ta yo'nalish bo'yicha ishlar belgilab olindi va mahallani jinoyatdan holi hududga aylantirish bo'yicha mahalla yettiligi bilan qilinishi kerak bo'lgan ishlar belgilab olindi.

🔸Qaror ijrosi yuzasidan jinoyat ko'p sodir etilgan mahallalarda alohida e'tibor qaratilib, ushbu mahallalarga rahbar xodimlar biriktirilib, ularni jinoyatdan holi hududga aylantirish bo'yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi

Tayyor tikuv-trikotaj mahsulotini eksport qiluvchi tadbirkorlik sub'yektlariga ijtimoiy soliq bo'yicha qanday imtiyozlar mavjud?

🟢 O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasi 17 va 18-qismlariga asosan bo'yalgan matoni, bo'yalgan gazlamani va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotini eksport qiluvchi tadbirkorlik sub'yektlari ( shu jumladan komissioner (ishonchli vakil) orqali eksport qilgan tadbirkorlik sub'yektlari) 2022-yil 1-fevraldan 2025-yil 1-yanvarga qadar bo'lgan davrda ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo'yicha to'laydi. Ushbu imtiyoz bo'yalgan mato, bo'yalgan gazlama va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotini eksport qilishdan olingan tushumi barcha tovarlarni va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining kamida 80 foizini tashkil etadigan soliq to'lovchilarga nisbatan qo'llaniladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

39-bob. Elektron shaklda xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslariga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari

🔹278-modda. Soliq to‘lovchilar

Realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston Respublikasi bo‘lgan elektron shakldagi xizmatlarni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari bunday xizmatlarni jismoniy shaxslarga ko‘rsatishga oid qism bo‘yicha soliq to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.

👉BATAFSIL
👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yakkasaroy #korrupsiya

🔹Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi. Boisi jamiyat ushbu illatdan qanchalik holi bo'lsa, shunchalik ravnaq topishi hech kimga sir emas, albatta.

Jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Yakkasaroy tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida tumandagi gavjum savdo majmualarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berishdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #korxonabay

“Korxonabay” ishlash tizimi asosiy o'sish ko'rsatkichlari


Har bir QQS to‘lovchi tashkilotga muayyan soliq inspektori biriktirilgan.

Soliq organlari maʼlumotlar bazasida mavjud boʻlgan soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlarni monitoring qilish va tahlil qilishning avtomatlashtirilgan tizimi yaratildi. Ushbu tizim 2024-yil mart oyida ishga tushirilgan.

2025-yil yanvar oyidagi ko'rsatkichlar tizim ishga tushirilgan davrga nisbatan qanday o'sdi?

85,3 ming soliq to‘lovchilar oyiga 10 mln soʻmdan koʻp tovar aylanmasi koʻrsatgan subyektlar – 📈38,5%;

36,1 ming soliq to‘lovchiga bir oyda 1 mln soʻm va ortiq QQS toʻlagan subyektlar – 📈 23,6%;

84,2 ming soliq to‘lovchi bo‘yicha tovar aylanmaga nisbatan mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasining ulushi 5%dan koʻp boʻlgan subyektlar – 📈59,2;

86,6 ming soliq to‘lovchi bo‘yicha tovar aylanmasiga nisbatan QQS summa 1%dan ortiq boʻlgan subyektlar – 📈87,4%;

79 ming soliq to‘lovchi bo‘yicha rentabelligi darajasi 1%dan ortiq boʻlgan subyektlar –📈 58,9%;

37,9 ming soliq to‘lovchi bo‘yicha barqarorlik reytingi BBdan yuqori boʻlgan subyektlar– 📈 416,5%.
__________
#цифровизация #корхонабай

Основные показатели роста в системе работы по принципу "корхонабай"

За каждой организацией - плательщиком НДС закреплен определенный налоговый инспектор.

Для мониторинга и анализа всех доступных в базе данных налоговых органов сведений о налогоплательщиках создана автоматизированная система. Она запущена в марте 2024 года.

Как выросли показатели за январь 2025 года в сравнении с данными на момент запуска системы?

85,3 тысяч налогоплательщиков отразили товарооборот более 10 млн сумов в месяц - 📈38,5%

36,1 тысяч налогоплательщиков уплатили 1 млн и более сумов НДС в месяц - 📈23,6%

у 84,2 тысяч налогоплательщиков доля Фонда оплаты труда по отношению к товарообороту составила более 5% - 📈59,2%

у 86,6 тысяч налогоплательщиков - сумма НДС по отношению к товарообороту составила более 1% - 📈87,4%

у 79 тысяч налогоплательщиков уровень рентабельности превысил 1% - 📈58,9%

у 37,9 тысяч налогоплательщиков рейтинг устойчивости выше ВВ - 📈 416,5%.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #MXIK

Mahsulotlar va xizmatlarning identifikatsiya kodlari (MXIK)

Mahsulot (tovar va xizmatlar) yagona elektron katalogida jami kodlar 471,1 mingdan oshdi.
Shundan:
mahsulotlar uchun – 470 324 ta;
xizmatlar uchun – 860 ta.

2025-yilning yanvar oyida respublika boʻyicha:
▫️93,6 mingta korxona 2,5 mlndan ortiq EHF shakllantirishda 3 190 ta MXIKdan foydalangan;
▫️205,9 mingta korxona tomonidan berilgan 75,6 mlndan ortiq xarid chekida 101,2 mingta MXIK ishlatildi.
________
#цифровизация
#ИКПУ

Идентификационные коды продукции и услуг (ИКПУ)

Единый электронный национальный каталог продукции (товаров и услуг) содержит более 471,1 тысяч ИКПУ. Из них:
для товаров 470 324;
для услуг – 860.

В январе 2025 года по республике:
▫️93,6 тыс. организаций оформили более 2,5 млн ЭСФ с использованием 3 190 ИКПУ;
▫️205,9 тыс.
организаций выдали свыше 75,6 млн чеков онлайн-ККТ с использованием более 101,2 тысяч ИКПУ.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tadbir

Joriy yilning 7-fevral kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasining shaxsiy tarkib xodimlari uchun Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavvalludiga bag'ishlangan tadbir tashkil etildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashirin_iqtisodiyot #EHF #QQS

Elektron hisobvaraq-fakturalarni oʻz vaqtida toʻldirish shart

EHF
tovarlar joʻnatilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar koʻrsatilgan kalendar sanada rasmiylashtirilishi shart. Belgilangan hollarda oyning soʻnggi kuni bilan keyingi oy 10-kuniga qadar o‘tgan oy davomida amalga oshirilgan operatsiyalar uchun bir marta EHF taqdim etiladi.
👉 VMQ-489-son 14.08.2020

Soliq to‘lovchilarning elektron tizimga o‘tishlarini yengillashtirish va qulay sharoit yaratish hamda soliqchi-ko‘makchi tamoyili asosida elektron hisobvaraq-fakturalarni (EHF) keyingi oyning 10-sanasigacha rasmiylashtirish imkoniyati berilgan.
Hozirda 1 000ga yaqin korxona oy boshida QQS hisoboti taqdim etilgandan keyin EHF rasmiylashtirmoqda. Bu orqali kontragent uchun QQSni asossiz hisobga olish manfaatida ayrim tadbirkorlar tomonidan soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, soliq summalarini kamaytirishga oid turli sxemalardan foydalanib ushbu berilgan imkoniyatlarni suiiste’mol qilish holatlari aniqlanmoqda.

Jumladan, "Sh. J" MCHJ 2024-yil dekabr oyi uchun QQS hisobotini 2025-yil 1-yanvarda soliq organiga taqdim etgan. Hisobot berilganidan so‘ng 2-yanvarda o‘tgan yil dekabr uchun EHF yozib, "M.K.T" XKdan 20 so‘mga taxta mahsulotlarini xarid qilgan.
O‘z navbatida ushbu taxta mahsulotlarini 2-3-yanvar kunlari yana dekabr bilan EHF yozib "XS" MCHJga 491 mlrd so‘m (shundan QQS 52,6 mlrd so‘m)ga sotgan. "XS" MCHJ esa EHFlar orqali ushbu mahsulotlarni 70 dan ziyod kontragentlarga sotish orqali QQSni asossiz hisobga olinganligi ma’lum bo’lgan.

Shuningdek, "Sh.J" MCHJ 2024-yil dekabr oyi uchun hisobot taqdim etgandan keyin rasmiylashtirilgan EHFlar uchun qayta hisobot topshirmasdan 3-yanvarda Andijon viloyatidagi "D" MCHJ tarkibiga qo‘shilib ketgan.
E'tiborlisi, "D" MCHJning bugungi kunda davlat budjetidan 7,7 mlrd so‘m qarzdorligi mavjud.

❗️Yuqoridagilardan kelib chiqib, soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli bajarilishini ta’minlash maqsadida yanvar oyi uchun EHF rasmiylashtirish muddati fevral oyining 9-sanasigacha hamda kelgusida ushbu muddatlar bosqichma-bosqich qisqartirilib borilishi to‘g‘risida ogohlantiramiz.

Soliq to‘lovchilarga qonunchilik talablariga rioya qilgan holda soliq hisobotlarini to‘g‘ri yuritish tavsiya etiladi. Aks holda qonunchilik hujjatlariga asosan belgilangan tartibda javobgarlik choralari ko‘rilishini eslatib o‘tamiz.

💯EHFlarni belgilangan muddatlarda rasmiylashtirganlik uchun tadbirkorlik subyektlariga barqarorlik reytingida 10 ball beriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #yuridik_shaxs

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar haqida ma'lumot

2025-yil 1-fevral holatiga faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni 527 141 nafar.

Shundan 7 794 tasi 2025-yilning yanvar oyida ro‘yxatdan o‘tgan.

📈Yuridik shaxslar faoliyat turlari bo‘yicha TOP-5 sohalar:

🛒
savdo 134,1 mingta
🏕 qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi124,8 mingta
🏭 sanoat 57,5 mingta
🏗
qurilish28,7 mingta
🍽
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar26,2 mingta

Izoh. 9 oy mobaynida bank operatsiyalarini amalga oshirmagan va soliq hisobotlarini taqdim etmagan tijorat tashkilotlari avtomatik nofaol holatga oʻtadi.
____________
#цифровизация #юридические_лица

Информация о юридических лицах, осуществляющих свою деятельность в Узбекистане

По состоянию на 1 февраля 2025 года количество осуществляющих деятельность юрлиц в Узбекистане составляет 527 141. Из них 7 794 зарегистрированы в январе 2025 года.

📈ТОП-5 сфер деятельности юрлиц:

🛒
торговля – 134,1 тыс.
🏕
сельское, лесное, рыбное хозяйство – 124,8 тыс.
🚚
промышленность 57,5 тыс.
🏗строительство28,7 тыс.
🍽услуги размещения и питания - 26,2 тыс.

Примечание. Коммерческие организации, не осуществляющие в течение 9 месяцев банковские операции и не представляющие налоговую отчетность, переводятся в категорию бездействующих.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#savol_javob

SAVOL:

Avtotransport vositasi ota-onadan sovg`a tariqasida olinganda daromad solig`i to`lanadimi?

JAVOB:


Yo'q, to'lanmaydi. Soliq kodeksining 378-moddasiga asosan, jismoniy shaxslardan meros yoki hadya tartibida, shuningdek tekinga olingan pul va natura shaklidagi daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'iga tortilmaydi.

Bundan yaqin qarindosh bo'lmagan shaxslar o'rtasidagi ko'chmas mulk, avtotransport vositalari, qimmatli qog'ozlar, yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi ustav kapitallaridagi ulushlar mustasno.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram