TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.85K subscribers
12.8K photos
1.35K videos
74 files
5.22K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sergeli #Yangihayot #seminar

Huquqiy savodxonlik yuzasidan o'quv seminari


🔹Sergeli hamda Yangihayot tumani soliq inspeksiyasida Toshkent shahar soliq boshqarmasi Yuridik sho'ba boshlig'i boshchiligida shaxsiy tarkib xodimlari bilan o'quv seminari bo'lib o'tdi.

🔸Mazkur o'quv seminarida huquqiy savodxonlikni oshirish, tadbirkor hamda fuqarolar bilan belgilab berilgan vakolat doirasida muloqot qilish yuzasidan xodimlarga tushunchalar berildi. Ushbu seminar reja asosida barcha tuman soliq inspeksiyalarida o'tkazib boriladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #sayyor_qabul

Yanvar oyida sayyor qabullarda 3 mingdan ziyod murojaat hal etildi


2025-yilning yanvar oyida soliq xizmati organlarining hududiy 4-sektori tomonidan respublika bo‘yicha o‘tkazilgan 940 ta sayyor qabullarda 6 260 ta murojaat yo‘llangan.

Shundan:
▫️hal etilgan – 3 495 (55,8%);
▫️tushuntirish berilgan – 996 (16%);
▫️o‘rganish jarayonida – 1 760 (28,1%);
▫️rad etilgan – 9 ta (0,1%).

Eng ko‘p sayyor qabul o‘tkazilgan hududlar – TOP-3:
📍Andijon viloyati – 119 ta;
📍Xorazm viloyati – 94 ta;
📍Toshkent viloyati – 86 ta.


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

Elektron soliq xizmatlari tizimida texnik nosozlik aniqlanib tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Tez orada tizim ish faoliyati odatdagi tartibda davom ettiriladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
_____

Уважаемые налогоплательщики❗️

Оперативно приняты меры для устранения технических неполадок в системе электронных налоговых услуг. В скором времени работа восстановится в штатном режиме.

Приносим извинения за неудобства.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Adabiyot

Bugun buyuk mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludiga 584 yil to'ldi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #murojaatlar

Soliq qo‘mitasiga yanvar oyida 5 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan

Soliq qo‘mitasi markaziy apparatida 2025-yilning yanvar oyida elektron hujjat aylanish tizimi orqali ro‘yxatga olingan murojaatlar soni 5 453 tani tashkil etdi.

Shundan:
🔹elektron
– 4 852 ta (89%);
🔹ogʻzaki – 339 ta (6,2%);
🔹yozma – 262 ta
(4,8%).

📍Kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha yetakchi hududlar:
🔸Toshkent shahri – 1 598 ta (29,4%);
🔸Toshkent viloyati – 507 ta (9,3%);
🔸
Farg'ona viloyati 503 ta (9,2%).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #murojaatlar

Call-markaz javob beradi

2025-yil yanvar oyida
Soliq qo'mitasi Call-markazi 60 725 ta murojaat qabul qilgan.

Murojaatlar soliq to‘lovchilar kesimida:
🔹jismoniy shaxslar – 45 357 tа;
🔹yuridik shaxslar – 13 130 tа;
🔹yakka tartibdagi tadbirkorlar – 2 175 tа;
🔹fermer va dehqon xo‘jaliklari – 63 tа.

📈Eng ko‘p
murojaat:
📍hududlar kesimida
Toshkent shahridan – 22 571 ta;
👩🏻‍💼toifalar kesimida jismoniy shaxslardan – 45 357 ta kelib tushgan.

Тelegram
|Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Komil narsa ortiqchalikni ham, kamchilikni ham qabul etmaydi.

Abu Rayhon Beruniy

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#elon

Diqqat
Ma'lumotlar bazasi migratsiyasi rejalashtirilgan: oldindan zarur choralarni ko'ring

Soliq qo‘mitasining katta hajmli ma’lumotlar bazasi bosqichma-bosqich yangi serverlarga migratsiya qilish jarayonlari 2025-yilda davom ettiriladi.

Soliq to'lovchilarga qulaylik uchun migratsiya jarayonlari rasmiy e’lon qilingan bayram kunlari davomida amalga oshiriladi – birinchi bosqich 21,22-va 23-mart kunlariga rejalashtirilgan.

Faoliyati vaqtinchalik cheklanadigan elektron xizmatlar haqida oldindan e'lon qilinadi.

Ushbu choralar katta hajmdagi ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlashda ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil usullarini yanada optimallashtirish hamda axborot tizimlari va elektron soliq xizmatlarining sifatli va uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun zarur.

Shu munosabat bilan soliq to'lovchilardan barcha choralarni oldindan ko'rishlarini so'rab qolamiz.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2025-yil 10-fevral

yanvar oyi uchun:


- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 292-moddasi 1-qismi, 293-moddasi 1-qismi);

fevral oyi uchun:

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashning oxirgi kuni*
(Soliq kodeksining 460-moddasi 6-qismi);

- aylanmadan soliq toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);

- aylanmadan soliq toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi).

*Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ 10 февраля 2025 года последний день

за январь:

-
представления расчета и уплаты акцизного налога
(ч.1 ст.292, ч.1 ст.293 Налогового кодекса);

за февраль:

- уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции предприятиями розничной торговли и общепита*
(ч.6 ст.460 Налогового кодекса);

- уплаты налога на имущество налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота, в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

- уплаты земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота, в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса).

*Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#savol_javob

SAVOL:

AOS to`lovchi xodimlariga ish haqqini natura shaklida to`laganda AOS bo`yicha soliq majburiyati yuzaga kеladimi?


JAVOB:


Soliq kodeksining 297-moddasiga asosan, soliq agentlari tomonidan o’z xodimlariga natura shaklida ish haqi to’langanda, tovar qiymati soliq to’lovchining jami daromadi tarkibiga, ya’ni AOS bo’yicha soliq solish bazasiga kiritiladi va belgilangan tartibda AOS to’lanadi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#aksiz_soligi

2025-yil uchun aksiz solig'i stavkalari:
👉Tamaki mahsulotlari
👉Alkogol mahsulotlari
👉Neft mahsulotlari va boshqa aksiz to'lanadigan tovarlar

2025-yil 1-yanvardan boshlab telekommunikatsiya mobil aloqa xizmatlarini (aksiz to‘lanadigan xizmatlarni) ko'rsatuvchi O'zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari aksiz solig‘ini to‘lamaydilar.
👉Soliq kodeksining 283-moddasi
__________
#акцизный_налог

Ставки акцизного налога на 2025 год:
👉Табачная продукция
👉Алкогольная продукция
👉Нефтепродукты и другие подакцизные товары

С 1 января 2025 года юридические лица РУз, оказывающие телекоммуникационные услуги мобильной связи (подакцизные услуги), не платят акцизный налог.
👉ст.283 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#Mirobod

Ijtimoiy tarmoqlarda diniy ekstremistik oqim vakillarining g'oyalari ta'siriga tushib qolmaslik va Jaxolatga qarshi ma'rifat mavzularida tadbir tashkil etildi

🔹Bu borada joriy yilning 7-fevral kuni Mirobod tuman soliq inspeksiyasida Toshkent shahar targ'ibot markazi, Din ishlari bo'yicha qo'mitasi Mirobod tumani vakili, Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahar Boshqarmasi xodimi va shahar Soliq boshqarmasi shaxsiy xavfsizlik bo'limi mas'ul xodimlari boshchiligida targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.

🔸Tadbir davomida mas'ullar tomonidan Vatanga muhabbat tuyg'usini shakllantirish zarurligi haqida shuningdek, vijdon erkinligi va diniy bag'rikenglik kabi tushunchalarning mazmun-mohiyati yuzasidan xodimlarga tushuntirildi. Shuningdek, “Jaholatga qarshi maʼrifat” bilan kurashish gʻoyasining ahamiyati, ekstremizm gʻoyalari taʼsiriga tushib qolgan, toʻgʻri yoʻldan adashgan fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish kabi bugungi kunning bir qator dolzarb masalalari ushbu tadbirda atroflicha muhokama qilindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#elon

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Mutaxassislar tomonidan elektron soliq xizmatlari tizimida kuzatilayotgan texnik nosozliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Tez orada saytlar odatdagi rejimda ishlashni davom ettiradi.

Barcha soliq toʻlovchilarga yanvar oyi uchun 11-fevralgacha (shu kuni ham) elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish imkoniyati beriladi.
__________
#объявление

Уважаемые налогоплательщики❗️

Специалистами приняты меры для устранения выявленных технических неполадок в системе электронных налоговых услуг. В скором времени сайты продолжат работу в штатном режиме.

Всем налогоплательщикам предоставляется возможность оформить электронные счета-фактуры за январь по 11 февраля включительно.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads