TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.85K subscribers
12.7K photos
1.35K videos
74 files
5.21K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Soliq_tushumlari #yashirin_iqtisodiyot #Yunusobod

🔷Soliqlarni sifatli undirish chora tadbirlari

Joriy yilning 18-sentabr kuni Yunusobod tumani soliq inspeksiyasida Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari boshchiligida shaxsiy tarkib xodimlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida byudjetga soliqlarni sifatli undirish, soliq ma'murchiligini salmog'ini kengaytirish hamda soliq bazalarini ko'paytirib mahallabay tizimida ish samaradorligini ko'tarishga katta e'tibor qaratilishi ta'kidlandi. Bundan asosiy ko'zlangan maqsad yashirin iqtisodni oldini olish hamda tadbirkorlarga ko'mak ko'rsatishdir.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yunusobod #muhokama

🔷Maqsadimiz, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish

Bu borada joriy yilning 25-sentabr kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari tomonidan Yunusobod tumanidagi Mirzo Ulug'bek, Otchopar-1 mahallalarida sodir etilgan o‘ta og‘ir jinoyatlarning muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig'ilishda mahalla yettiligi. profilaktika inspektorlari, mahalladagi yoshlar hamda faollar ishtirok etishdi.

Mazkur tadbir davomida mas'ullar tomonidan mahallada sodir etilayotgan jinoyatchilikni oldini olish bo'yicha tushunchalar berilib, hamda mahalla yettiligi, aholi faollari va yoshlar bilan o‘zaro fikr almashildi.

Yig'ilishdan maqsad kelgusida bunday huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli islohotlar xalqimizning tinch va osoyishtaligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yunusobod #korrupsiya

🔷Korrupsiya — kelajakka tahdid

Mamlakatimiz rivojiga to'siq bo'layotgan omillardan biri — bu korrupsiya ekani hech kimga sir emas. Bugun ushbu illatga qarshi kurash doimiy hamda tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Bu borada Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Yunusobod soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida tumandagi savdo majmularida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashishdi.

Unda tadbirkorlar va fuqarolar bilan suhbatlar o'tkazilib, korrupsiya holatlarga duch kelinganda qayerga murojaat qilish kerakligi to'g'risida qo'shimcha ma'lumotlar berilib, maxsus flayerlar tarqatildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yunusobod #korrupsiya

Erkin, huquqiy va demokratik jamiyatning shakillanishida korrupsiyaga qarshi kurashish va ushbu illatga barham berish eng ustuvor masalalardan biridir. Bu borada mamlakatimizning barcha davlat organlari tomonidan aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida ko'plab tadbirlar o'tkazib kelinmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi hamda Yunusobod tumani soliq xodimlari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida tumandagi gavjum savdo majmualarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berishdi.

Korrupsiya atalmish jamiyat kushandasi bo‘lgan ushbu illatga qarshi kurashda nafaqat davlat tashkilotlari, balki, jamiyat va umuman barcha fuqarolarimiz mas’uldir.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#4_sektor
#yoʻllar_tozalanmoqda
#Yunusobod

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'ining tashabbusi bilan 4-sektorga biriktirilgan mahallalar va markaziy koʻchalarida mas’ullar hamda BSK xodimlari tomonidan muzlamalarni oldini olish hamda aholi havfsizligini ta’minlash maqsadida yoʻllarga qum~tuz aralashmasi sepilmoqda.

🔹Xususan, Yunusobod tumanidagi Akrbarobod, Mirzo Ulug'bek va Shayx Shibliy mahallalarining ko'p-qavatli uylar atroflari kirish yo'laklariga qum-tuz aralashmasi sepilib, qorlardan tozalanmoqda.

✔️Bu boradagi ishlar 4-sektorga qarashli barcha mahallalarda amalga oshirilmoqda

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yunusobod #sayyor_qabul

Murojaatlarga ijobiy yechim topilmoqda


🔹Aholi muammolarini yechishning samarali tizimini yaratish maqsadida xalq orasiga kirishini ta’minlaydigan sayyor qabullar muhim o‘rin tutmoqda. Xususan, Joriy yilning 9-yanvar kuni Yunusobod tumanidagi Akbarobod mahallasida Toshkent shahar soliq boshqarmasi mas'ul rahbarlari tomonidan sayyor qabul o'tkazildi.

Qabul davomida 30 nafar aholining murojaatlari tinglanib, 9 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarga "Ayollar daftariga" kiritish masalasi mahalla yettiligi bilan joyida hal etildi. Shuningdek, 2 nafar murojaatchiga davolanish uchun orderlar taqdim etildi, 2 ta fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi guvohnomasi hal etilgan bo'lsa, qolaversa yana 2 nafar fuqaroga kommunal to'lovlari to'lab berildi.

🔹Qolgan vaqt talab etiladigan muammolarga huquqiy maslahatlar berilib, tegishli tashkilotlarga yo'naltirilib ijrosi nazoratga olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yunusobod #sayyor_qabul

🔹 Joriy yilning 9-yanvar kuni Yunusobod tumanidagi Akbarobod mahallasida Toshkent shahar soliq boshqarmasi mas'ul rahbarlari tomonidan sayyor qabul o'tkazildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yunusobod #korrupsiya

🔷Korrupsiya — kelajakka to'siq

Mamlakatimiz rivojiga to'siq bo'layotgan omillardan biri — bu korrupsiya ekani hech kimga sir emas. Bugun ushbu illatga qarshi kurash doimiy hamda tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Bu borada Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Yunusobod soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida tumandagi savdo majmularida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashishdi.

Unda tadbirkorlar va fuqarolar bilan suhbatlar o'tkazilib, korrupsiya holatlarga duch kelinganda qayerga murojaat qilish kerakligi to'g'risida qo'shimcha ma'lumotlar berilib, maxsus flayerlar tarqatildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yunusobod #mahalla_yettiligi

🔹Yunusobod tumanidagi Yoshlar ijod saroyida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimini samaradorligini yanada oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida” qaror ijrosini ta'minlashga bag'ishlagan tadbir o'tkazildi.

Unda Prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo'yicha maslahatchisi o'rinbosari, Toshkent shahar mas'ul rahbarlari, Yunusobod tumani hokimi hamda "Mahalla yettiligi" ishtirok etdi.

👉Manba

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yunusobod #Obodonlashtirish

🔹Toshkent shahar hududida tadbirkorlik subyektlarini savdo faoliyatini belgilangan joylarda amalga oshirishi, shu bilan birga savdo qoidalariga rioya qilgan holda noqonuniy qurilmalarni tartibga solish bo'yicha ishlar olib borilmoqda. Bu borada Toshkent shahar hokimligi boshchiligida shtab tuzilib, joylarda ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan joriy yilning 4-fevral kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i boshchiligida Yunusobod tumani Amir Temur ko'chasida faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik subyektlarini tartibga solish bo'yicha tegishli ishlar olib borildi. Unda tadbirkorlarga mas'ullar tomonida tushuncha va tavsiyalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yunusobod #korrupsiya

🔷Korrupsiya — kelajakka tahdid

Mamlakatimiz rivojiga to'siq bo'layotgan omillardan biri — bu korrupsiya ekani hech kimga sir emas. Bugun ushbu illatga qarshi kurash doimiy hamda tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi mas'ul xodimlari tomonidan korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida Yunusobod tumanidagi bozor hududida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Unda tadbirkorlar bilan suhbat o'tkazildi va mazkur holatlarga duch kelinganda qayerga murojaat qilish kerakligi to'g'risida qo'shimcha ma'lumotlar berilib, maxsus flayerlar tarqatildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yunusobod #seminar

Huquqiy savodxonlik yuzasidan o'quv seminari


🔹Toshkent shahar soliq boshqarmasi Yuridik sho'ba boshlig'i boshchiligida Yunusobod tumani soliq inspeksiyasida shaxsiy tarkib xodimlari bilan o'quv seminari bo'lib o'tdi.

🔸Mazkur o'quv seminarida huquqiy savodxonlikni oshirish, tadbirkor hamda fuqarolar bilan belgilab berilgan vakolat doirasida muloqot qilish yuzasidan xodimlarga tushunchalar berildi. Ushbu seminar reja asosida barcha tuman soliq inspeksiyalarida o'tkazib boriladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yunusobod #Uchrashuv
#soliq_tushumlari

Navbatdagi uchrashuv Yunusobod tumanida o'tkazildi

🔹Yunusobod tuman hokimligida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari hamda shahar soliq boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari hamda shahar prokuratura mas'ullari boshchiligida tuman soliq inspeksiya xodimlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

🔸Uchrashuv davomida mas'ullar tomonidan tumandagi har bir savdo va xizmat ko'rsatish obyektlari o'rganilib, noqonuniy faoliyat ko'rsatayotgan tadbirkorlik subyektlarini qonuniylashtirish bo'yicha xodimlarga ko'rsatmalar belgilab berildi.

Bundan ko'zlangan maqsad byudjetga soliqlarni sifatli undirish, soliq ma'murchiligini salmog'ini kengaytirish mahallabay tizimida ish samaradorligini ko'tarishga katta e'tibor qaratilishi hamda yashirin iqtisodni oldini olish va tadbirkorlarga ko'mak ko'rsatishdir.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram