Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#soliq_tekshiruvi
Kameral tekshiruvdan keyin xatolarni o‘z vaqtida tuzatib, soliq auditini oldini olish mumkin
Kameral soliq tekshiruvlari
▪️soliq toʻlovchining ishtirokisiz;
▪️uning hududga bormasdan;
▪️hujjatlarni talab qilmagan holda oʻtkaziladi.
Agar tekshiruvda tafovut va xatolar aniqlansa, soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga talabnoma yuboriladi. Bunda aniqlashtirilgan soliq hisoboti yoki aniqlangan tafovutlar asosnomasini 5 kun ichida taqdim etishi kerak.
2024-yilda qariyb 7 mingta tadbirkorlik subyektlari kamchiliklarini bartaraf etib, qayta hisobotlar topshirdi. Natijada ularga soliq auditi o'tkazilishi va moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilishi oldi olindi.
Soliq auditi qachon tayinlanadi?
❌ Agar soliq to‘lovchi aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etmasa;
❌ aniqlangan tafovutlar bo‘yicha asosnomalarni taqdim etmasa;
❌ taqdim etgan asosnomalar yetarli emas deb topilsa.
👉 Soliq kodeksi 138-modda
2024-yilda kameral soliq tekshiruvlaridan 18,8 mingtasi aniqlangan xato va tafovutlar bo‘yicha soliq hisobotini yoki asoslantiruvchi hujjatlarni taqdim etmadi yoki asosnomalar yetarli emas deb topilgan.
Qanday huquqbuzarliklar aniqlangan?
✔️Soliq solish bazasini kamaytirib ko‘rsatish hamda xarajatlarni sunʼiy oshirilishi hisobiga soliqlar kam hisoblanganligi;
✔️huquqni suiisteʼmol qilish, qalbaki yoki ko‘zbo‘yamachilik uchun bitimlar tuzish, xarid va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasi bir-biriga muvofiq emasligi hisobiga soliq to‘lanmasligi;
✔️ hisobga olinadigan soliq summasini noto‘g‘ri oshirib ko‘rsatilishi va to‘lanadigan soliq summasini kamaytirish sxemalarining qo‘llanishi kuzatilgan.
Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️
Soliq auditi va moliyaviy sanksiyalarning oldini olish uchun kameral soliq tekshiruvlari jarayonida aniqlangan xato va tafovutlar yuzasidan aniqlashtirilgan soliq hisobotlarini yoki asosnomalarni belgilangan vaqtda taqdim etishingiz zarur.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

#donolar_bisotidan
#kun_hikmati
Donolar bisotidan
✅Yaxshi va yomon xulqning hammasi sharoit, tarbiya, odatlanish natijasida vujudga keladi. Yaxshi xulqqa ham odat tufayli erishiladi.
Abu Ali Ibn Sino
Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#kun_hikmati
Donolar bisotidan
✅Yaxshi va yomon xulqning hammasi sharoit, tarbiya, odatlanish natijasida vujudga keladi. Yaxshi xulqqa ham odat tufayli erishiladi.
Abu Ali Ibn Sino
Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#soliq_taqvimi
🗓 Eslatma ❗️2025-yil 7-fevral
- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 390-moddasi 2-qismi, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).
_____
#календарь_налогоплательщика
🗓 Напоминаем ❗️7 февраля 2025 года - последний день
- уплаты налога на доходы физических лиц и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п. 7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.).

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mirzo_Ulugbek #xavfsiz_hudud
Poytaxt mahallalarida xavfsiz muhit yaratilmoqda
✔️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvaridagi “2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahallalarda amaliy chora-tadbirlar belgilab olinib mahallalarda tinchlik – osoyishtalik muhiti yaratilmoqda.
✅Shu munosabat bilan joriy yilning 6-fevral kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshchiligida mas'ul rahbarlar hamda Mirzo Ulugʻbek tumani sektor rahbarlari, tuman Milliy gvardiya Qoʻriqlash boʻlimi va mahalla raislari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
🔹Mazkur yig'ilishda mas'ullar tomonidan tungi nazorat tadbirlarini oʻtkazish, mahallalar xavfsizligini ta’minlash va jinoyatlarni barvaqt oldini olish yuzasidan barcha yig'ilganlarga tushuntirildi.

#Yangihayot_tumani #seminar
Huquqiy savodxonlik yuzasidan o'quv seminari
🔹 Yangihayot tumani soliq inspeksiyasida Toshkent shahar soliq boshqarmasi Yuridik sho'ba boshlig'i boshchiligida shaxsiy tarkib xodimlari bilan o'quv seminari bo'lib o'tdi.
🔸Mazkur o'quv seminarida huquqiy savodxonlikni oshirish, tadbirkor hamda fuqarolar bilan belgilab berilgan vakolat doirasida muloqot qilish yuzasidan xodimlarga tushunchalar berildi. Ushbu seminar reja asosida barcha tuman soliq inspeksiyalarida o'tkazib boriladi.

#Yunusobod #korrupsiya
🔷Korrupsiya — kelajakka tahdid
Mamlakatimiz rivojiga to'siq bo'layotgan omillardan biri — bu korrupsiya ekani hech kimga sir emas. Bugun ushbu illatga qarshi kurash doimiy hamda tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Xususan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi mas'ul xodimlari tomonidan korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida Yunusobod tumanidagi bozor hududida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Unda tadbirkorlar bilan suhbat o'tkazildi va mazkur holatlarga duch kelinganda qayerga murojaat qilish kerakligi to'g'risida qo'shimcha ma'lumotlar berilib, maxsus flayerlar tarqatildi.

#Prezident_yigilishi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yil uchun asosiy vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda davlatimiz rahbari ikki yil oldin savdo va xizmatlar sohasidagi korxonalarga ijtimoiy soliq 1% qilib belgilanganligini qayd etdi.
O‘tgan davrda korxonalar soni 1,5 karra oshib, ulardagi ishchilar 220 mingga ko‘paydi.
Muhimi, ko‘p korxonalar “soya”dan chiqib, oylikni to‘g‘ri ko‘rsatishga o‘tgani hisobiga, ish haqi 3,2 karra ko‘payib, qo‘shimcha 2,1 trillion so‘m soliq tushdi.
Bu imtiyoz muddati yana 3 yilga uzaytirilib, servis korxonalarining kamida 3 million so‘m oylik oladigan 30 yoshgacha bo‘lgan ishchilariga qo‘llanishi belgilandi.
Va aksincha, xufiyona faoliyat yuritib, “konvertda” oylik to‘layotgan tadbirkorlar ustidan nazorat kuchaytiriladi.
Qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga ishchilar bilan qisqa muddatli, soddalashgan (kunbay, ishbay) mehnat shartnomasini tuzishga ruxsat beriladi.