TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.93K subscribers
12.4K photos
1.32K videos
73 files
5.04K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Soliq_qarizini_qisqartirish

🔹Joriy yilning 22-yanvar kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasida sud boshqaruvchilari ishtirokida o'tkazilgan yig'ilishda xo'jalik yurituvchi subyektlarining budjet to'lovlari oldidagi soliq qarzini qisqartirish yo'nalishida sud qarorlari asosida to'lovga qobiliyatsiz deb topilgan subyektlarning soliq qarzini bankrotlik tamoyili orqali qisqartirish maqsadida sud boshqaruvchilari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, ushbu yo'nalishda yuzaga kelgan masalalarni yechimini topish va mavjud muammolar hal etilishida qonuniy ta'sir choralarini ko'rish masalalariga bag'ishlangan qo'shma yig'ilish bo'lib o'tdi.

Mazkur, yig'ilishda Toshkent tumalararo iqtisodiy sudining sudyasi U.Aliyev, Toshkent shahar prokuraturasining bo'lim prokurori
D.Sulaymonbekov, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining shahar boshqarmasi vakili X.Omonov va Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari D.Azizovlar ishtirok etishdilar.

Yig'ilishda mutasaddilar tomonidan qilinishi kerak bo'lgan ishlar rejalashtirilib, yo'l xaritasi tuzilib ishlar belgilab olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ipoteka dasturi doirasida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025 yil uchun rejalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo'lib otmoqda.

Unda quruvchi tashkilotlar qurilishni boshlaganidan yakunlagunicha, lekin ko‘pi bilan 12 oy davomida yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinishi ta'kidlandi. Obyekt muddatida topshirilmasa, developer yer solig‘ini 2 karra miqdorda to‘laydi.

“Yangi O‘zbekiston” massividagi uylarning pastki qavatida xususiy bog‘cha tashkil qilishga ruxsat berilishi, ular mulk solig‘idan ham ozod qilinadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #soliq_tekshiruvi

O‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvlari natijalari


2024-yil davomida 31,9 mingta soliq to‘lovchiga nisbatan kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilgan. Bu respublika boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlarining (520,6 ming) 6,1 %ni tashkil etadi.

Ushbu tekshiruvlar natijasida 15 407,3 mrld soʻm tafovutlar aniqlangan hamda soliq to‘lovchilarga tafovutlar toʻgʻrisidagi talabnoma yuborilgan.

Asosan quyidagi soliq turlari bo‘yicha tafovutlar aniqlangan:
◽️ QQS – 7 590,8 mrld soʻm;
◽️ foyda soligʻi – 6 369,1 mrld soʻm;
◽️ JShODS – 473,5 mlrd soʻm;
◽️AOS – 174 mlrd soʻm.

Eng katta tafovut aniqlangan sohalar:
🔹umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko’rsatish – 8 254,5 mrld soʻm;
🔹ishlab chiqarish – 2 578,4 mrld soʻm;
🔹qurilish – 2 447,9 mrld soʻm;
🔹qishloq xo‘jaligi - 760,9 mlrd so‘m;
🔹transport - 653,7 mlrd soʻm.
_________
#цифровизация #налоговая_проверка

Результаты проведенных камеральных налоговых проверок

В 2024 году камеральные налоговые проверки проведены в отношении 31,9 тыс. налогоплательщиков, что составляет 6,1% от общего их числа (520,6 тыс.).

По результатам данных проверок выявлены расхождения на сумму 15 407,3 млрд сумов и налогоплательщикам направлены уведомления о расхождениях.

В основном расхождения выявлены по следующим видам налогов:
▫️НДС – 7 590,8 млрд сумов;
▫️налог на прибыль – 6 369,1 млрд сумов;
▫️НДФЛ – 473,5 млрд сумов;
▫️налог с оборота – 174 млрд сумов.

Отрасли, в которых выявлены наибольшие расхождения
:
🔹общественное питание, торговля и услуги – 8 254,5 млрд сумов;
🔹производство – 2 578,4 млрд сумов;
🔹строительство – 2 447,9 млрд сумов;
🔹сельское хозяйство – 760,9 млрд сумов;
🔹транспорт – 653,7 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#isloxotlar
#ijtimoiy_iqtisodiy_rivojlantirish

🔹Yakkasaroy tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilashga doir dasturlar ijrosi muhokama etildi

Batafsil

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tadbirkorlik

🔹Axborot 24 | Tadbirkorlarga imkoniyatlar kengaymoqda

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

O‘z yurtidan yuz o‘girganlar o‘z vijdonlaridan ham yuz o‘giradilar.

Y. Galan

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi

Kimlar jismoniy shaxslar hisoblanadi?

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, chet davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar jismoniy shaxslardir.

🔹Tegishli maqomi o‘ziga nisbatan belgilangan soliq davri boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday ketma-ket o‘n ikki oylik davr davomida jami bir yuz sakson uch kalendar kundan ko‘proq O‘zbekiston Respublikasida haqiqatda bo‘lgan jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e’tirof etiladi.

🔹Agar jismoniy shaxs tegishli soliq davrida O‘zbekiston Respublikasida jami bir yuz sakson uch kundan kam bo‘lib, biroq ushbu turish muddati uning boshqa biror-bir davlatda turgan muddatidan ko‘proq bo‘lsa ham, u O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etiladi.

Jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasida haqiqatan bo‘lib turishi davri uning qisqa muddatli (olti oydan kam) davolanish yoki o‘qish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqqan davrida uzilmaydi. Soliq kodeksi 30-modda

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yunusobod #korrupsiya

🔷Korrupsiya — kelajakka to'siq

Mamlakatimiz rivojiga to'siq bo'layotgan omillardan biri — bu korrupsiya ekani hech kimga sir emas. Bugun ushbu illatga qarshi kurash doimiy hamda tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Bu borada Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Yunusobod soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida tumandagi savdo majmularida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashishdi.

Unda tadbirkorlar va fuqarolar bilan suhbatlar o'tkazilib, korrupsiya holatlarga duch kelinganda qayerga murojaat qilish kerakligi to'g'risida qo'shimcha ma'lumotlar berilib, maxsus flayerlar tarqatildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirzo_Ulugbek #seminar #qonunchilikdagi_yangiliklar
#barqarorlik_reytingi

Soliq to'lovchilar uchun navbatdagi seminar Mirzo Ulug'bek tumanida o'tkazildi

Joriy yilning 23-yanvar kuni Mirzo Ulug'bek tumanida Toshkent shahar soliq boshqarmasi hamda tegishli idora va tashkilot mas'ul xodimlari tomonidan “Soliq va budjet siyosatining 2025 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o'zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi hamda "O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish yuzasidan seminar bo'lib o'tdi.

Ushbu seminarda 60 nafar tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etishdi. Soliq qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, tadbirkorlarning barqarorlik reytingi, yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, yoshlar va xotin-qizlar uchun qonunchilikda berilgan soliq imtiyozlari yuzasidan tushunchalar berildi. Berilgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan qonun doirasida javoblar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

37-bob. Soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi.


🔹273-modda. Soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi

Soliq to‘lovchilar, agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq hisobotini o‘zlari soliq hisobida turgan joydagi soliq organlariga o‘tgan soliq davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirilmagan muddatda taqdim etishlari shart.

Ushbu Kodeksning 272-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliqni to‘lash agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq hisobida turilgan joy bo‘yicha har bir soliq davrining yakunlariga ko‘ra, soliq hisoboti taqdim etishlari muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_siyosati_2025

2025-yilda soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar

👉QQS bo‘yicha o‘zgarishlar

👉Aksiz solig'i stavkalari
👉Foyda solig‘idagi o‘zgarishlar
👉Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i
👉Yuridik shaxslar yer solig‘i
👉Jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘i
👉Jismoniy shaxslar yer soligʻi
👉Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari
👉Aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha
👉Yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortishdagi o‘zgarishlar
👉Ijara to'lovining minimal stavkalari
👉Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari
👉Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun rag‘batlantirish: QQS qaytarish va foyda solig‘ini 2 barobar kamaytirish
__________
#налоговая_политика_2025

Изменения в налоговом законодательстве в 2025 году

👉НДС
👉Акцизный налог
👉Налог на прибыль
👉Налог на имущество юрлиц
👉Земельный налог с юрлиц
👉Налог на имущество физлиц
👉Земельный налог с физлиц
👉Налог за пользование водными ресурсами
👉Налог с оборота
👉НДФЛ и соцналог для индивидуальных предпринимателей
👉Минимальные ставки арендной платы
👉Ставки сборов за право розничной торговли отдельными видами товаров
👉Стимулы для общепита: возврат НДС и вдвое сниженный налог на прибыль

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Uchtepa #korrupsiya

🔷Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

Korrupsiya – jamiyatni zulmat sari yetaklovchi illatdir. Unga barham berilmas ekan jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta'siri saqlanib qolaveradi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Uchtepa tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda tumanning gavjum savdo majmualarida faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, targ'ibot ishlari olib borildi hamda huquqbuzarlik holatlari yuzaga kelgan taqdirda tashkil etilgan aloqa kanallari to'g'risida tushunchalar berildi.

Bu kabi profilaktik targ'ibot tadbirlari muntazam ravishda olib borilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Uchtepa #yoshlar_bilan_uchrashuv

Rahbar va yoshlar uchrashuvi


🔹Uchtepa tuman soliq inspeksiyasi rahbari hududdagi 287-umumta'lim maktabi o'quvchi yoshlari bilan uchrashdi.

Tadbir davomida o'quvchi-yoshlarga keng dunyoqarash, ijodiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish, ilm-fanga bo'lgan qiziqishni yanada oshirish va qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish, ijodkor, tashabbuskor va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatiga ega kadrlarning yangi avlodini shakllantirish, ta'lim sifatini oshirish hamda bitiruvchi sinf o'quvchilarini ta'limning keyingi bosqichiga yo'naltirish bo'yich fikr va mulohazalar bildirildi.

👉MANBA

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram