TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.71K subscribers
13.6K photos
1.46K videos
80 files
5.71K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Mirobod #seminar #qonunchilikdagi_yangiliklar
#barqarorlik_reytingi

🔷Mirobod tumanida soliq to'lovchilar uchun seminar tashkil etildi

Joriy yilning 22-yanvar kuni Mirobod tumanida Toshkent shahar soliq boshqarmasi hamda tegishli idora va tashkilot mas'ul xodimlari tomonidan “Soliq va budjet siyosatining 2025 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o'zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi hamda "O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish yuzasidan seminar bo'lib o'tdi.

Ushbu seminarda 70 nafarga yaqin tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etishdi. Soliq qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, tadbirkorlarning barqarorlik reytingi, yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, yoshlar va xotin-qizlar uchun qonunchilikda berilgan soliq imtiyozlari yuzasidan tushunchalar berildi. Berilgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan qonun doirasida javoblar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Dunyoda shunday bir boylik borki qancha berganing, tarqatganing sari u tugamaydi. Uning oti - BILIMDIR!

Xalq so‘zidan

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_taqvimi

🗓Eslatma ❗️2025-yil 23-yanvar

yanvar oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 10 milliard soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi 2-qismi).
_____
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️23 января 2025 года - последний день

за январь:

- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 10 млрд сумов
(ч.2 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangihayot #korrupsiya

Korrupsiyaga qarshi kurash – Davlat va jamiyat yangilanishida muhim omil

🔹
Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kuning eng dolzarb masalalaridan bir bo'lib qolmoqda. Bu illatga qarshi kurash dunyoning ko'plab mamlakatlarini qamrab olmoqda.

Xozirgi paytda respublikamizda ham korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Yangihayot tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida Yangihayot tumanidagi savdo majmualarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib,ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#mol_mulk_soligi #savol_javob

SAVOL:

Yetim qolganim sababli menga Davlat hisobidan kvartira berildi. Lekin ushbu kvartira uchun soliq qarzi chiqyapti. Men kvartiram uchun soliq to‘lashim kerakmi?

JAVOB:

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning mol-mulki mol-mulk solig'idan ozod qilingan.

👉Soliq kodeksi 421-modda

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

37-bob. Soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi.


272-modda. To‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi

🔹Budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi har bir soliq davri yakunlari bo‘yicha, ushbu Kodeksning 265-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan, ushbu bobga muvofiq hisobga olinishi va tuzatish kiritilishi lozim bo‘lgan summalar hisobga olingan holda hisoblab chiqariladi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Tadbirkorlik subyektlarining toifalari

🔹Kichik tadbirkorlik subyektlari -
▫️yakka tartibdagi tadbirkorlar;
▫️mikrofirmalar
- jami daromadi 1 mlrd so‘mgacha;
▫️kichik korxonalar
- jami daromadi 1 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘mgacha.

🔹O‘rta tadbirkorlik subyektlari - jami daromadi 10 mlrd so'mdan 100 mlrd so'mgacha;

🔹Yirik tadbirkorlik subyektlari - jami daromadi 100 mlrd so'm va undan ortiq.

👉 PF-21-son, 10.02.2023-yil
__________
#знаете_ли_вы

Категории субъектов предпринимательства

🔹Субъекты малого предпринимательства -
▫️индивидуальные предприниматели;
▫️микрофирмы — с совокупным доходом до 1 млрд сумов;
▫️малые предприятия — с совокупным доходом от 1 млрд сумов до 10 млрд сумов.

🔹Субъекты среднего предпринимательства — с совокупным доходом от 10 млрд сумов до 100 млрд сумов;

🔹Субъекты крупного предпринимательства — с совокупным доходом от 100 млрд сумов и более.

👉№ УП-21 от 10.02.2023 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil

Tekshiruvdan oldingi tahlillar natijalari

2024-yilda o‘tkazilgan tekshiruvdan oldingi tahlillar natijasida 76 421 ta korxonalar tomonidan ko’payishga qayta hisobotlar taqdim etilib, 3 138,6 mlrd soʻm soliqlar hisoblangan.

Eng katta tafovut aniqlangan sohalar:
🔹umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko'rsatish - 1 183,3 mrld soʻm;
🔹ishlab chiqarish - 732,5 mrld soʻm;
🔹qurilish - 495 mlrd so‘m;
🔹qishloq xo‘jaligi - 203,3 mlrd so‘m;
🔹transport - 149,9 mlrd soʻm.

🔎 Tekshiruvdan oldingi tahlillar – xato va kamchiliklarini mustaqil ravishda — soliq organining tekshiruvisiz bartaraf etish imkonini beradi.
___________
#цифровизация
#предпроверочный_анализ

Результаты предпроверочного анализа

По результатам предпроверочного анализа, проведенного в 2024 году, 76 421 организация представила перерасчеты в сторону увеличения и начислено 3 138,6 млрд сумов налогов.

Отрасли с наибольшими суммами расхождений:
🔹общественное питание, торговля и услуги - 1 183,3 млрд сумов;
🔹производство - 732,5 млрд сумов;
🔹строительство - 495 млрд сумов;
🔹сельское хозяйство - 203,3 млрд сумов;
🔹транспорт - 149,9 млрд сумов.

🔎Предпроверочный анализ позволяет налогоплательщикам самостоятельно устранять расхождения и ошибки в отчетности без проведения проверок налоговыми органами.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#foyda_soligi #onlayn_seminar

Foyda solig‘i stavkasi 15%.
👉Yana qanday soliq stavkalari mavjud?

Kichik korxonalar va o'rta tadbirkorlik subyektlari foyda solig'ining pasaytirilgan stavkasini (7,5%) qo'llashlari mumkin:

Kim2022-yil 1-sentabrdan keyin ilk marotaba soliq toʻlashga oʻtgan aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar.
MuddatSoliq to‘lovchi soliq to‘lashga o‘tgan yildan keyingi bir soliq davri (1 yil) mobaynida.
ShartiPasaytirilgan soliq stavkasi qo‘llaniladigan soliq davrida soliq to‘lovchining jami daromadi 10 mlrd so‘mdan oshmasligi kerak.

Kim2022-yil 1-sentabrdan keyin jami daromadi joriy soliq davri mobaynida ilk marta 10 mlrd so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilar.
MuddatJoriy soliq davri (1 yil) va keyingi soliq davri mobaynida.
ShartiPasaytirilgan soliq stavkasi qo‘llaniladigan soliq davrlarida jami daromadi 100 mlrd so‘mdan oshmasligi kerak.

👉Soliq kodeksi 337-modda

📱Onlayn seminarni toʻliq ko'rish
__________
#налог_на_прибыль #онлайн_семинар

Ставка налога на прибыль составляет 15%.
👉Какие еще есть ставки налога?

Малые предприятия и субъекты среднего предпринимательства могут применять сниженную ставку налога на прибыль (7,5%):

КтоПлательщики налога с оборота, впервые перешедшие на уплату налога на прибыль после 1 сентября 2022 года.
СрокВ течение 1 налогового периода (года), следующего за годом, в котором налогоплательщик перешел на уплату налога.
УсловиеВ налоговом периоде, в котором применяется пониженная налоговая ставка, совокупный доход налогоплательщика не должен превышать 10 млрд сумов.

КтоНалогоплательщики, у которых после 1 сентября 2022 года совокупный доход в течение текущего налогового периода впервые превысил 10 млрд сумов.
СрокВ течение текущего налогового периода (года) и последующего налогового периода.
УсловиеВ налоговых периодах, в которых применяется пониженная налоговая ставка, совокупный доход налогоплательщика не должен превышать 100 млрд сумов.

👉ст.337 НК

📱Смотреть онлайн-семинар полностью

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_qarzi

Qayta moliyalash stavkasi o'zgarishsiz qoldi, shuningdek, to'lanmagan soliqlar uchun penya ham


Penya soliq toʻlovchi soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan soliqlarni toʻlash muddatlarini buzgan taqdirda toʻlanmagan soliq summasiga nisbatan kechiktirilgan har bir kalendar kun uchun foizlarda hisoblanadi.

Penyaning foiz stavkasi Markaziy bankning shu davrda amalda boʻlgan qayta moliyalash stavkasi (13,5%) ning 1/300ga teng etib qabul qilinadi.
👉 Soliq kodeksi 110-modda

Misol uchun, 500 ming soʻm miqdoridagi soliq qarzi uchun penya quyidagi tartibda hisoblanadi:
🧮500 000 x (13,5%/300) = 225

Soliq qarzini toʻlash bir kunga kechiktirilganda 225 soʻm penya hisoblanadi.

❗️Hisoblangan penyalar ham soliq qarzi hisoblanadi va ularga nisbatan soliq organlari tomonidan majburiy undiruv choralari qoʻllaniladi.
__________
#налоговая_задолженность

Ставка рефинансирования без изменений, пени за неуплаченные налоги тоже

Если налогоплательщик нарушает установленный налоговым законодательством срок уплаты налогов, то за каждый день просрочки начисляется пеня в процентах от суммы неуплаченного налога.

Процентная ставка пени равна 1/300 действующей в это время ставки рефинансирования (13,5%) Центрального банка.
👉ст.110 НК

Например, за 500 тысяч сумов налоговой задолженности сумма пени рассчитывается следующим образом:
🧮500 000 x (13,5%/300) = 225

В день начисляются пени в размере 225 сумов за каждый день просрочки погашения этой налоговой задолженности.

❗️Начисленные пени также считаются налоговой задолженностью и в их отношении налоговыми органами применяются меры принудительного взыскания.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Mirobod #korrupsiya

🔹Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz

Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning barcha sohalari rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi davlatni huquq va manfaatlar buzilishiga sabab bo'ladi.

Bu borada mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning barcha huquqiy asoslari yaratilgan.

Xususan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari bilan Mirobod tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida tumandagi savdo majmualarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berishdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram