TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.72K subscribers
13.5K photos
1.46K videos
80 files
5.66K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Mirobod #seminar

Huquqiy savodxonlik yuzasidan navbatdagi o'quv
seminar

🔹Mirobod tumani soliq inspeksiyasida Toshkent shahar soliq boshqarmasi Yuridik sho'ba boshlig'i boshchiligida shaxsiy tarkib xodimlari bilan o'quv seminari bo'lib o'tdi.

🔸Mazkur o'quv seminarida huquqiy savodxonlikni oshirish, tadbirkor hamda fuqarolar bilan belgilab berilgan vakolat doirasida muloqot qilish yuzasidan xodimlarga tushunchalar berildi. Ushbu seminar reja asosida barcha tuman soliq inspeksiyalarida o'tkazib kelinmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Uchtepa #seminar #qonunchilikdagi_yangiliklar
#barqarorlik_reytingi

🔷Uchtepa tumanida soliq to'lovchilar uchun seminar tashkil etildi

🔷Uchtepa tumani soliq inspeksiyasida Toshkent shahar soliq boshqarmasi hamda tegishli idora va tashkilot mas'ul xodimlari tomonidan “Soliq va budjet siyosatining 2025 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o'zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi hamda "O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish yuzasidan navbatdagi seminar bo'lib o'tdi.

Ushbu seminarda 50 nafarga yaqin tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etishdi. Soliq qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, tadbirkorlarning barqarorlik reytingi, yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, yoshlar va xotin-qizlar uchun qonunchilikda berilgan soliq imtiyozlari yuzasidan tushunchalar berildi. Berilgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan qonun doirasida javoblar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Uchtepa #seminar

Huquqiy savodxonlik yuzasidan o'quv
seminar

🔹 Uchtepa tumani soliq inspeksiyasida Toshkent shahar soliq boshqarmasi Yuridik sho'ba boshlig'i boshchiligida o'quv seminari bo'lib o'tdi.

🔸Mazkur o'quv seminarida huquqiy savodxonlikni oshirish, tadbirkor hamda fuqarolar bilan belgilab berilgan vakolat doirasida muloqot qilish yuzasidan xodimlarga tushunchalar berildi. Ushbu seminar reja asosida barcha tuman soliq inspeksiyalarida o'tkazildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#seminar #qonunchilikdagi_yangiliklar

Yoshlar uchun seminar tashkil etildi

🔹Toshkent shahar soliq boshqarmasida Yuridik sho'ba boshlig'i boshchiligida O'zbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi Akademiyasining yosh tinglovchilari ishtirokida seminar bo'lib o'tdi.

Unda “Soliq va budjet siyosatining 2025 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o'zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi hamda "O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish va soliq imtiyozlari yuzasidan tushunchalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#seminar_trening

Davlat organlari va tashkilotlarida inson resurslarini rejalashtirish: kadrlar salohiyati va ish samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan yangicha yondashuv

Soliq qoʻmitasida Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi vakillari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.

Uchrashuvda kadrlar malakasini bosqichma-bosqich oshirish, vakant lavozimlar oʻrnini ochiq tanlov asosida toʻldirish, xodimlarning ish samaradorligini yaxshilash boʻyicha KPI indikatorlari haqida soʻz yuritildi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan inson resurslarini rejalashtirish tushunchasi va uning maqsadi, davlat organlarida ushbu yoʻnalishdagi muammolar, inson resurslarini rejalashtirishda strategik yondashuvni joriy etishning afzalliklari haqida maʼlumot berildi.

Maqsadli kadrlar zaxirasini shakllantirish uchun xodimlarning kelgusida soliq sohasi boʻyicha dunyoning yetakchi universitetlarida taʼlim olishini tashkil etish masalalari muhokama etildi.

Shu bilan birga trening yakunida davlat fuqarolik xizmatida inson resurslarini strategik rejalashtirish va professiografik tahlil mavzularida fikr-mulohazalar almashilib, so‘rovnomalar ham o‘tkazildi. Qatnashchilar guruhlarga bo‘linib, berilgan maʼlumotlar yuzasidan tushunchalarini mustahkamladi.

Ishtirokchilarga hrm.argos.uz platformasiga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida tushuntirishlar ham berib o‘tildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv #seminar

Kichik va o‘rta biznes vakillari bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi

Toshkent shahar soliq boshqarmasi tomonidan Yashnobod tumani soliq inspeksiyasida poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i kichik va o‘rta biznes vakillarining mamlakat iqtisodiy rivojidagi muhim o‘rni, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, soliq qonunchiligiga kiritilgan o'zgarishlar hamda tadbirkorlarning barqarorlik reytingi to'g'risida so‘z yuritdi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 19-mart kuni kichik va o‘rta biznes vakillari bilan sohaning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish va rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvida belgilangan maqsad va vazifalar to‘g‘risida ma’lumotlar ham berildi.

Ta’kidlash joizki, kichik va o‘rta biznes yurtimizda ish o‘rni, investitsiya, innovatsiya, raqobat, qo‘shilgan qiymat va eksportni ko‘paytirishga eng katta turtki berayotgan yo‘nalish hisoblanadi. Shu bois mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan ishbilarmonlar safini yanada kengaytirish, faoliyatlarini rivojlantirishda biznes vakillarining mavjud muammo va takliflarini o‘rganish hamda ularga yechim topish muhim ahamiyatga ega.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda kichik va o‘rta biznes tadbirkorlarning soliq hisobotlarini topshirish, imtiyozlardan foydalanish bo'yicha takliflari tinglanib, ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv #seminar

Kichik va o‘rta biznes vakillari bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi

Toshkent shahar soliq boshqarmasi tomonidan Yashnobod tumani soliq inspeksiyasida poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#seminar

Kichik va o'rta biznes vakillari qo'llab-quvvatlanmoqda

🔹Toshkent shahar soliq boshqarmasi tomonidan Yashnobod tumani soliq inspeksiyasida poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#seminar

Mustahkam bilim, muhim qadam: soliq boshqarmalari boshliqlari malakasini oshirdi

Davlat boshqaruv akademiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyat soliq boshqarmalari boshliqlari uchun 4 kunlik o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi.

Seminardan asosiy maqsad – Soliq organlari faoliyatini "Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi" tamoyili asosida tashkil etish, soliq yig‘uvchanligini oshirish, iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash, korrupsiyaga qarshi murosasiz fikrni shakllantirish hamda yashirin iqtisodiyotni bartaraf etishga oid bilimlarni yanada mustahkamlashdir.

O‘quv dasturida bir qator muhim va dolzarb mavzularga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, seminar davomida yashirin iqtisodiyot va uning O‘zbekiston iqtisodiy xavfsizligiga tahdidi kabi masalalarga to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, yashirin iqtisodiyotni qisqartirishda tahlillar va idoralararo o‘zaro hamkorlikning o‘rni haqida ham chuqur tahlillar olib borildi. Soliq ma'murchiligini takomillashtirish, soliq undiruvchanligini oshirishni samarali yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Seminar yakunida qatnashchilarga Soliq qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari U.Sadullayev tomonidan sertifikatlar topshirildi. Bu esa o‘z navbatida rahbarlarning malakalarini oshirish va yangicha yondashuvlar bilan soliq tizimini takomillashtirish borasida yangi imkoniyatlar yaratishda katta turtki berdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#seminar

Huquqiy savodxonlik yuzasidan o'quv
seminar

🔹 Joriy yilning 18-aprel kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasining shaxsiy tarkib xodimlari uchun o'quv seminari tashkil etildi.

🔸Mazkur o'quv seminarida huquqiy savodxonlikni oshirish, tadbirkor hamda fuqarolar bilan belgilab berilgan vakolat doirasida muloqot qilish yuzasidan xodimlarga tushunchalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram