TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.87K subscribers
12.7K photos
1.34K videos
74 files
5.18K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Sayyor_qabul #Yashnobod

🔷Aholi murojaatlariga ijobiy yechim topilmoqda

🔸 Joriy yilning 10-oktabr kuni Yashnobod tumanida aholini qiynab kelayotgan muammolariga yechim topish hamda ularni hal etish maqsadida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi. Ushbu qabulda Toshkent shahar huquqni muhofaza qilish organi rahbarlari bevosita ishtirok etib, murojaatlar birma-bir tinglanib, aksariyati shu yerning o'zida bartaraf etildi.

Jumladan, fuqarolar prokuratura, Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Adliya hamda Sud tizimi rahbariyatiga, 14 nafar fuqaro esa Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'iga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qildi. Soliq bilan bog'liq 4 ta murojaat bartaraf etilgan bo'lsa, 10 nafar fuqaroning ijtimoiy masalalar bo'yicha murojaatlari ham ijobiy hal etilib, huquqiy maslahatlar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul #Yashnobod #Tv

Maxsus reportaj | Sayyor qabulda aholi murojaatlari yechim topmoqda

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul #Yashnobod

🔷Sayyor qabullarda aholi murojaatlari bartaraf etilmoqda

🔸Yashnobod tumanida aholini qiynab kelayotgan muammolariga yechim topish maqsadida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi. Toshkent shahar huquqni muhofaza qilish organi rahbarlari bevosita ishtirok etib, murojaatlar birma-bir tinglanib, aksariyati shu yerning o'zida bartaraf etildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yashnobod_tumani
#4_sektor
#Mexr_saxovat

🔹Yashnobod tumani 4-sektor rahbari boshchiligida, homiylarni jalb qilgan holda 3-dekabr — “Xalqaro nogironlar kuni ” munosabati bilan hududdagi imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olinib, oziq-ovqat maxsulotlari yetkazib berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yashnobod #muhokama

Huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashamiz

🔹Joriy yilning 23-dekabr kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari tomonidan Yashnobod tumanidagi Qo'yliqobod va Mumtoz mahallalarida sodir etilgan o‘ta og‘ir jinoyatlarning muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

✔️Ushbu yig'ilishda yuqorida qayd etilgan mahallalarda istiqomat qiluvchi jinoyat sodir qilgan shaxslarga nisbatan nima sababdan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi bo‘yicha tushunchalar berilib, mahalla yettiligi, aholi faollari va yoshlar bilan o‘zaro fikr almashildi. Yig'ilishdan maqsad kelgusida bunday holatlar yuz bermasligi hamda sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish bilan bir qatorda aholining bo‘sh vaqtini unumli ishlarga jalb qilish, xalqimizning tinch-totuv, erkin va farovon yashashlariga xizmat qilishga qaratilgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yashnobod #Bektemir
#bayram

Yangi yil bayrami arafasida Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi

🔹“Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida”gi Prezident farmonining ijrosi ta'minlanmoqda.

Bu borada Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizning har bir hududida ehtiyojmand oilalarga ko'maklashish ishlari tizimli yo'lga qo'yilgan.

❇️Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i o'rinbosarlari o'ziga biriktirilgan Yashnobod va Bektemir tumanlaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan oilalar holidan xabar oldi. Mazkur oilalarga yangi yil shukuhi ulashilib, bayram sovg'alari taqdim etildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yashnobod
#bayram

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'ining tashabbusi bilan yangi yil bayrami munosabati bilan Yashnobod tuman soliq inspeksiyasida ishlab kelayotgan faol xodimlarning ota-onalari taqdirlandilar. Tuman soliq inspeksiyasi rahbariyati tomonidan 4 nafar xodimlarning xonadoniga tashrif buyurilib, tashakkurnoma va esdalik sovg'alar taqdim etildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bayram #Mirzo_Ulugbek
#Yashnobod #Bektemir

Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i hamda o'rinbosarlari tomonidan o'ziga biriktirilgan Mirzo Ulug'bek, Yashnobod va Bektemir tumanlaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj "Ayollar daftari"ga va "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan oilalar holidan xabar olindi. Mazkur oilalarga yangi yil shukuhi ulashilib, bayram sovg'alari taqdim etildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yashnobod #yoshlar_bilan_uchrashuv

Yoshlar siyosati – e’tibor markazida

Yoshlar – bu mamlakat kelajagi ekanligi va butun jamiyatning istiqboldagi rivojlanishi ular faoliyatining boshlang‘ich sharoitlariga bog‘liqligi bilan belgilanadi.

🔹Xususan, joriy yilning 16-yanvar kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi va Yashnobod tumani Ichki ichlar bo'limining mas'ul rahbarlari tomonidan tumandagi 60 nafarga yaqin yoshlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

🔸Unda yoshlarning bugungi kundagi muammolarini o'rgangan holda o'zlarining takliflari bo'yicha yechim topish maqsadida mas'ullarga ko'rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi. Yoshlardan, asosan, doimiy daromad manbaiga ega qilish, kasbga o'qitish va fan to'garaklar kabi takliflar kelib tushganligi inobatga olinib, amalga oshirilishi zarur bo'lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yashnobod #yoshlar_bilan_uchrashuv

🔹Joriy yilning 16-yanvar kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi va Yashnobod tumani Ichki ichlar bo'limining mas'ul rahbarlari tomonidan tumandagi 60 nafarga yaqin yoshlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yashnobod #korrupsiya

Korrupsiya bu — dahshatli illatdir.


🔹Mamlakatimizda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rilmoqda.

🔸Xususan, joriy yilning 22-yanvar kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari bilan Yashnobod tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida tumanidagi gavjum savdo majmualarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib,ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berishdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari tomonidan joylarda targ'ibot tadbirlari o'tkazilib kelinmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yashnobod #seminar #qonunchilikdagi_yangiliklar
#barqarorlik_reytingi

🔷Yashnobod tumanida soliq to'lovchilar uchun seminar tashkil etildi

Joriy yilning 11-fevral kuni Yashnobod tumani soliq inspeksiyasida Toshkent shahar soliq boshqarmasi hamda tegishli idora va tashkilot mas'ul xodimlari tomonidan “Soliq va budjet siyosatining 2025 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o'zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi hamda "O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish yuzasidan navbatdagi seminar bo'lib o'tdi.

Ushbu seminarda 60 nafarga yaqin tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etishdi. Soliq qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, tadbirkorlarning barqarorlik reytingi, yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, yoshlar va xotin-qizlar uchun qonunchilikda berilgan soliq imtiyozlari yuzasidan tushunchalar berildi. Berilgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan qonun doirasida javoblar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram