TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
67 files
4.81K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#seminar_trening

🟢O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Toshkent shahar filiali tashabbusi bilan One.ID yagona identifikatsiya tizimi, samaradorlik.uz elektron tizimi va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida sektor rahbarlari faoliyatini baholash mexanizmi bo'yicha seminar-trening o'tkazildi.

Unda One.ID yagona identifikatsiya tizimi, samaradorlik.uz elektron tizimi va 2023-yil birinchi yarim yillik sektor rahbarlarining reyting ko'rsatkichlari natijalari bo'yicha taqdimot shaklida batafsil tushuntirildi.

Seminarda shahar sektori va 48 ta sektor mas'ullari ishtirok etib, ularning taklif va fikrlari tinglandi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bektemir #korrupsiya #seminar_trening

🔹Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavsizlik bo'limi xodimlari tomonidan Bektemir tumani soliq inspeksiyasida seminar-trening o'tkazildi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#raqamlashtirish #seminar_trening

Soliq qo‘mitasi xodimlari IBM Cognos Analytics platformasidan foydalanish kurslarini yakunladi

Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasi doirasida soliq tizimining 40 nafarga yaqin xodimi IBM Cognos Analytics platformasida maʼlumotlarni to‘plash, tahlil qilish, grafik va diagrammalar orqali vizualizatsiya qilish hamda tezkor hisobotlar shakllantirish bo‘yicha o‘quv kurslarini yakunladi.

Loyiha doirasida xalqaro ekspertlar guruhi soliq sohasida faoliyat yurituvchi xodimlarni IBM Cognos Analytics tizimidan samarali foydalanish va Business Intelligence (BI) tahlilchilari sifatida tayyorlashga yo‘naltirilgan o‘qitish ishlarini olib bordi.

Soliq tizimi xodimlarining olgan bilimlari kelgusida maʼlumotlarni yig‘ish va modellashtirish orqali murakkab jarayonlarni soddalashtirish, katta hajmdagi maʼlumotlarni tezkor tahlil qilish asosida iqtisodiyotda xufiyona aylanmalar darajasini qisqartirish, shuningdek, soliq to‘lovchilarga yangi, zamonaviy va qulay xizmatlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads