TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.85K subscribers
12K photos
1.27K videos
68 files
4.82K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#ochiq_muloqot

Soliq qo‘mitasi Raisi ishbilarmonlar bilan uchrashdi

Bugun Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyevning “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasi (EIZ)da faoliyat yuritayotgan tadbikorlik subyektlari vakillari bilan yuzma-yuz muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimiyati va “G‘ijduvon” EIZ direksiyasi rahbariyati hamda 30 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari, jumladan xorijiy investor va eksportchi korxonalar vakillari qatnashdi.

Ochiq va samimiy o‘tgan uchrashuvda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etish hamda investitsiya dasturlari va eksport ko‘rsatkichlarini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Tadbirda ishbilarmonlar tomonidan o‘rtaga tashlangan ayrim masalalar shu yerning o‘zida qonuniy yechim topdi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan boshqa murojaatlarni hal etish yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berildi.

Maʼlumot o‘rnida. 2024-yil 1-may holatiga “G‘ijduvon” EIZga aʼzo bo‘lgan 43 ta korxonada 2 379 nafar fuqaroning bandligi taʼminlangan.

EIZ hududida shu kunga qadar 528,9 mln AQSH dollari qiymatidagi investitsiya loyihalari amalga oshirilib, joriy yilning o‘tgan davrida 274,7 mlrd so‘mlik tovarlar realizatsiya qilindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#ochiq_muloqot

Qurilish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv

Ayni daqiqalarda Prezidentimizning tadbirkorlar bilan Ochiq muloqoti oldidan qurilish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazilmoqda.

Unda soha mutaxassislari va tadbirkorlar qurilish, qurilish materiallari ishlab chiqarish, loyiha, arxitektura, dizayn va muhandislik yo‘nalishidagi tizimli muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha o‘z takliflarini bildirmoqda.

Uchrashuvda Soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, “O'zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB hamda boshqa tegishli idoralar rahbar va mas'ul xodimlari ishtirok etmoqda.

📡Uchrashuv YouTube platformasi orqali tog'ridan-to'g'ri efirga uzatilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#EHF #TTY #ochiq_muloqot

Elektron TTY soddalashtiriladi

Elektron hisob-faktura
va tovar-transport yuk xati yagona shaklga keltiriladi va faqat 4 ta maʼlumot kiritishni oʻzi yetarli boʻladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#ochiq_muloqot

Umumiy ovqatlanish korxonalariga QQSning bir qismi “keshbek” sifatida qaytariladi


2025-yil 1-yanvardan umumiy ovqatlanish korxonalariga QQSning bir qismi tadbirkorga “keshbek” sifatida qaytarib beriladi. Bunda oylik aylanmasining 60 foizini naqd pulsiz amalga oshirgan korxonalarga QQSning 40 foizi to‘langan zahoti qaytariladi. Agar naqd pulsiz aylanma 60 foizdan kam bo‘lsa, “keshbek” 20 foiz bo‘ladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#ochiq_muloqot

QQS to‘lashga o‘tgan restoran va kafelarga foyda solig‘i 2 karra kamayadi


QQS to‘lashga o‘tgan restoran va kafelarga foyda solig‘i 2 karra kamayadi. 1-dekabrdan bu korxonalar naqd pulga sotib olgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kirim qilishda hech qanday hujjat talab qilinmaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#ochiq_muloqot

1-oktabrdan mehmonxona va turoperatorlarga to‘langan QQSning 20 foizi “keshbek” qilib
beriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#ochiq_muloqot

Prezidentning tadbirkorlar bilan
ochiq muloqotidan

🔹Tadbirkor auksiondan yer sotib olganda QQS hisoblanmaydi.

🔹Yangi yerlarni ajratishda qurilish davriga yer solig‘i bo‘yicha 50 % imtiyoz beriladi (viloyat markazlaridan tashqari).

🔹Chetdan uskuna va butlovchi qism olib kelishda shartnoma muddati buzilmasa, muddati o‘tgan qarzdorlik bo‘lmaydi. (Amalda shartnoma muddatidan qatʼi nazar sotib olingan uskuna 180 kunda yetib kelmasa, muddati o‘tgan debitor qarzdorlik yuzaga keladi).

🔹Bojxona organining eksportni tasdiqlovchi elektron maʼlumoti QQSni qaytarish uchun asos bo‘ladi, boshqa ortiqcha hujjatlar talab etilmaydi.

🔹EHF va TTY yagona shaklga keltiriladi va faqat 4 ta maʼlumot kiritish o‘zi yetarli bo‘ladi.

🔹1-oktabrdan mehmonxona va turoperatorlarga to‘langan QQSning 20 foizi “keshbek” qilib beriladi.

🔹2025-yil 1-yanvardan umumiy ovqatlanish korxonalariga QQSning bir qismi “keshbek” sifatida qaytarib beriladi.

🔹Restoran va kafelarga foyda solig‘i 2 karra kamaytiriladi.

🔹1-dekabrdan korxonalar naqd pulga sotib olgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kirim qilishda hech qanday hujjat talab qilinmaydi.

🔹Restoran va kafelar ishchilar bilan qisqa muddatli, soddalashgan mehnat shartnomasi asosida ishlashi mumkin.
______________
#открытый_диалог

Итоги открытого диалога Президента с предпринимателями

🔹При покупке предпринимателем земли на аукционе НДС не будет начисляться.

🔹При выделении земли под строительство будет предоставляться льгота по земельному налогу в размере 50% (кроме областных центров).

🔹При ввозе оборудования и комплектующих не будет образовываться задолженность, если срок договора не будет нарушен. (В настоящее время, независимо от срока договора, если закупленное оборудование не прибудет в течение 180 дней, возникает просроченная дебиторская задолженность).

🔹Электронные данные таможенного органа, подтверждающие экспорт, будут основанием для возврата НДС без истребования других документов.

🔹ЭСФ и ТТН будут приведены к единой форме, где достаточно ввести всего 4 вида данных.

🔹С 1 октября гостиницам и туроператорам будет возвращаться 20% уплаченного НДС.

🔹С 1 января предпринимателям в сфере общественного питания будет возвращаться часть уплаченного НДС в виде кешбэка.

🔹Налог на прибыль ресторанов и кафе будет снижен в 2 раза.

🔹С 1 декабря при оприходовании сельхозпродукции, приобретенной за наличные, у предприятий общепита не потребуются никакие документы.

🔹Рестораны и кафе смогут нанимать работников по краткосрочным, упрощенным трудовым договорам.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#ochiq_muloqot

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida ilgari surilgan eng muhim tashabbuslar va tadbirkorlik uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar
__________
#открытый_диалог

Важнейшие инициативы и новые возможности для предпринимательства, выдвинутые в ходе открытого диалога Президента Шавката Мирзиёева с предпринимателями

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads