TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.85K subscribers
12K photos
1.27K videos
68 files
4.82K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Chilonzor #nazorat_tadbiri

🔷Soliq mobil ilovasi orqali kelib tushgan murojaatlar asosida nazorat tadbirlari o‘tkazilishi davom etmoqda

Soliq xizmati xodimlari tomonidan Soliq mobil ilovasining "Soliq hamkor" bo‘limi orqali kelib tushgan murojaatlar asosida poytaxtimiz tumanlarida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Onlayn-NKT dan foydalanmaslik, QR-kodli chek bermaslik va tovarlar uchun to‘lovlarni bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga o‘tkazish (P2P) orqali hisob-kitob qilish kabi qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan tadbirkorlarga tegishli tartibda jarimalar qo‘llanilmoqda.

Xususan, Chilonzor tumani soliq inspeksiyasi xodimlari tumanning Algoritm dahasidagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazganida tadbirkorlik subyekti xodimi mijozga xarid uchun QR-kodli chek bermaganligi hamda kunlik savdodan tushgan naqd pulni nazorat-kassa mashinasi хotirasiga kirim qilmaganligi aniqlandi. Ushbu holatlar bo‘yicha tuman soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan belgilangan tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirildi.

📌Soliq to‘lovchilar tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda xaridorga chek taqdim etishi shart.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chilonzor #nazorat_tadbiri #onlayn_NKT #P2P

🔷Nazorat-kassa mashinasidan foydalanmaslik va xarid cheki bermaslik jarima solishga sabab bo‘ladi

Soliq xizmati xodimlari chek bermaslik holati bo‘yicha Soliq mobil ilovasi orqali kelib tushgan murojaatlar asosida Chilonzor tumanida faoliyat yuritadigan umumiy ovqatlanish shoxobchalarida nazorat tadbiri o‘tkazdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Chilonzor #seminar #qonunchilikdagi_yangiliklar

🔷Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar yuzasidan seminar tashkil etildi

Chilonzor tumani soliq inspeksiyasida soliq to‘lovchilar uchun joriy yilning 24-yanvar kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasining Soliq solish bo'yicha maslahat bo'limi, yangi texnologiyalar axborot-informatsion markazi xodimlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil devoni yetakchi inspektori hamda Soliq qo'mitasi huzuridagi fiskal institut kafedrasi mudiri tomonidan "Soliq va byudjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbeksiton Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O‘zbeksiton Respublikasining Qonuni, shuningdek, tadbirkorlikka berilgan imtiyozlar to'g'risidagi qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan seminar o‘tkazildi.

Tadbirda Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarning mazmun-mohiyati haqida ma'lumot berilib, eski qonunlar bilan orasidagi farqlarga e'tibor qaratildi. Shuningdek, o‘zgaritish kiritilgan qonunlarni o‘z vaqtida, sifatli, ochiqlik va shaffoflik tamoyili asosida bajarish bo‘yicha qo‘shimcha tavsiyalar ko‘rsatilib, xodimlar tomonidan yo‘llangan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yunusobod #Chilonzor #hamkorlik #nazorat_tadbiri

🔷Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi hamda Soliq xizmati xodimlari hamkorligida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish maqsadida poytaxtimizdagi savdo majmualarida ish yuritadigan tadbirkorlik subyektlarinig faoliyati o'rganilmoqda. Unda QR-kodli chek taqdim etmaslik, soliq bazasini yashirib ko‘rsatish maqsadida savdodan tushgan naqd pullarni onlayn-NKM xotirasiga kiritmaslik, xodimlarni mehnat shartnomasisiz ishlatish kabi aniqlangan holatlar bartaraf etilmoqda.

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Chilonzor #korrupsiya

🔷Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi

Korrupsiya hamma zamonlarda ham barcha mamlakatlar taraqqiyoti va ularning rivojlanishiga salbiy ta'sir koʻrsatib kelgan. Shu sababdan yurtimizda ushbu yomon illatga qarshi kurashishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yaratish va xalqaro amaliyotga mos ravishda izchil takomillashtirib borish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Xususan, Chilonzor tumani soliq inspeksiyasi xodimlariga Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi mas'ullari tomonidan "Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi" mavzusidagi jamoaviy profilaktik tadbir oʻtkazildi. Unda tumandagi korrupsiya jinoyatiga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, uning naqadar yomon illat ekanligi, unga qarshi kurashishning samaradorligini oshirish maqsadida amaldagi huquqiy-normativ hujjatlarning mazmun mohiyati haqida toʻxtalib oʻtildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Chilonzor #sport #stol_tennisi

🏓Chilonzor tumanida stol tennisi kubogining saralash bosqichi o'tkazildi

Sport insonning aqliy va jismoniy faoliyatini yaxshilash bilan birga tez hamda oqilona qaror qabul qilish kabi sifatlarini ham rivojlantiradi.

Shu nuqtai nazardan, Chilonzor tumani soliq inspeksiyasi tomonidan yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, xususan, ularni sog‘lom turmush tarziga targ‘ib qilish maqsadida sportning stol tennisi turi bo‘yicha tuman soliq inspeksiyasi kubogi musobaqasi o‘tkazildi.

Yuqori darajada tashkil etilganligi bilan ishtirokchilarda ham yaxshi taassurot qoldirgan musobaqa tumandagi barcha stol tennisiga qiziquvchi yoshlarni qamrab oldi. Kubok o'yinlari yakunida g‘oliblar diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Chilonzor #barqarorlik_reytingi #uchrashuv

🔷Talabalarga tadbirkorlarning barqarorlik reytingi haqida tushuncha berilmoqda

Joriy yilning 17-aprel kuni Savdo-sanoat palatasi va Toshkent shahar soliq boshqarmasi vakillari tomonidan yuqori reytingga ega tadbirkor Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetiga taklif etilgan holda talabalarga tadbirkorlarning barqarorlik reytingi haqida batafsil maʼlumot berildi.

Uchrashuvda mazkur reytingni shakllantirishning asosi bo'lgan 4 ta toifaning 23 ta mezoni, shuningdek, yuqori toifaning afzalliklari xususida so'z bordi. Tadbir yakunida mutaxassislar talabalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berdilar.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Chilonzor #uchrashuv #yashirin_iqtisodiyot #barqarorlik_reytingi

Joriy yilning 18-aprel kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi "Yoshlar kichik sanoat va tadbirkorlik zonasi" faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bundan asosiy ko'zlangan maqsan yashirin iqtisodni oldini olip tadbirkorlarga ko'mak ko'rsatishga qaratilgan. Asosiy faoliyat turi tikuvchilik bo'lgan mazkur muassasada 38 ta tadbirkorlik subyekti ish olib boradi va ularda jami 900 nafarga yaqin ish o'rni yaratilgan.

Boshqarma boshlig'i ushbu tadbirkorlar bilan shaxsan ko'rishgan holda ularni o'ylantirgan masalalar, jumladan, barqarorlik reytingida yuqori toifaga o'tish uchun nimalarga e'tibor berish kerak ekanligini tushuntirib, mas'ul Soliq xizmati xodimlariga zarur yordamlarni ko'rsatish bo'yicha qo'shimcha tavsiya va topshiriqlarni berib o'tdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chilonzor #uchrashuv #yashirin_iqtisodiyot #barqarorlik_reytingi

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi "Yoshlar kichik sanoat va tadbirkorlik zonasi"da ish olib boradigan 38 ta tadbirkorlik subyekti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Chilonzor #korrupsiya

🔷Korrupsiya – kelajakka tahdid


Ta’kidlash lozimki, korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur illat davlatning turli sohalariga, xususan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi imiji va investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Xususan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Chilonzor tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida Chilonzor tumanidagi Qatortol savdo majmuasida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib,ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berildi.

Targ'ibot tadbirida tadbirkorlar bilan suhbat o'tkazilib, soliq sohasida korrupsion holatlarga duch kelganlarida qayerga murojaat qilishlari to'g'risida batafsil ma'lumotlar berilib, maxsus qo'llanmalar tarqatildi.


Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram