TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.87K subscribers
11.9K photos
1.27K videos
64 files
4.77K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#savol_javob

SAVOL:

Soliq mobil ilovadagi keshbek tizmida 2024-yilda nimalar o'zgardi?

JAVOB:

2024-yil 1-yanvardan xarid summasidan 1% keshbek olishda oylik xarid summasiga chegaraviy miqdor o'rnatildi BHMning 60 baravari. Iste'molchilar bir oyda BHMning 60 baravaridan 20 400 000 so'm oshmagan xaridlari uchun 1% 204 000 so'm keshbek olishi mumkin.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#mol_mulk_soligi #savol_javob

Yetim qolganim sababli menga Davlat hisobidan kvartira berildi. Lekin ushbu kvartira uchun soliq qarzi chiqyapti. Men kvartiram uchun soliq to‘lashim kerakmi?

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning mol-mulki mol-mulk solig‘idan ozod qilingan.
👉Soliq kodeksi 421-modda

Mazkur imtiyoz bunday bolalarga davlat tomonidan ajratiladigan uy-joy uchun ular 23 yoshga to‘lguniga qadar amal qiladi va mulkdorning tanloviga ko‘ra faqat bitta yashash uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulk obyektiga tatbiq etiladi.

Imtiyozdan foydalanish uchun siz ushbu turar-joy joylashgan joydagi soliq organlariga imtiyozga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlarni mustaqil ravishda taqdim etishingiz lozim.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, agar siz 23 yoshga to‘lmagan bo‘lsangiz, u holda ushbu kvartira uchun mol-mulk solig‘idan ozod qilinasiz. Soliq organlariga imtiyoz olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni mustaqil ravishda taqdim etish orqali imtiyozdan foydalanishingiz mumkin.
__________
#налог_на_имущество #вопрос_ответ

Мне выдали квартиру за счёт государства, так как я являюсь сиротой, но показывает, что у меня задолженность. Нужно ли мне платить налоги за квартиру?

Имущество, находящееся в собственности детей-сирот и детей, оставшихся без попечения родителей, освобождается от налога на имущество.
👉ст.421 НК

Данная льгота предоставляется на жилые помещения, выделяемые государством для таких детей, до достижения ими 23-летнего возраста и распространяется только на один объект недвижимого имущества жилого назначения по выбору собственника.

Чтобы воспользоваться льготой, Вам нужно самостоятельно представить в налоговые органы по месту расположения этого жилого объекта документы, подтверждающие право на получение льготы.

Исходя из вышеизложенного, если вы ещё не достигли 23 лет, то вы освобождаетесь от уплаты налога на эту квартиру и можете воспользоваться льготой, самостоятельно представив в налоговые органы документы, подтверждающие право на получение льготы.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#savol_javob

SAVOL:
Foyda solig‘ini hisoblashda korxona natura shaklida olgan tushum jami daromadga kiritiladimi?


JAVOB:
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 297-moddasi 5-qismiga asosan, jami daromad pul, natura shaklida va (yoki) boshqa shakllarda kelib tushgan barcha tushumlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#savol_javob

SAVOL:

Axborot-kutubxona fondiga amortizatsiya ajratmasi hisoblanadimi?


JAVOB:

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 306-moddasi 7-qismining
3-bandiga asosan axborot-kutubxona fondi amortizasiya qilinmaydigan aktivlar sifatida hisobga olinadi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#savol_javob

SAVOL:

Yuridik shaxs ishtirokchilari tarkibidan chiqqanda ishtirokchiga tovarlarni berish qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha tovarlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmaga kiritiladimi?

JAVOB:

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 239-moddasi 4-qismi 3a-bandiga asosan:
Yuridik shaxs ishtirokchilari tarkibidan ishtirokchi chiqqanda (chiqarilganda) yoki uning yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi kamayganda yoxud ishtirokchidan ushbu yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi (ulushning bir qismi) yuridik shaxs tomonidan qaytarib sotib olinganda, ishtirokchiga tovarlarni berish (xizmatlar ko‘rsatish) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmadir.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#savol_javob

SAVOL:

Moliyaviy sanksiyalar nima?

JAVOB:

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 218-moddasi 1 va 2-qismlariga asosan:
moliyaviy sanksiyalar soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlik chorasidir.
Moliyaviy sanksiyalar soliq Kodeksning 28 va 29-boblarida nazarda tutilgan miqdorlarda belgilanadi va pul undirish (jarimalar) tarzida qo‘llaniladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#mol_mulk_soligi #savol_javob

SAVOL:

Yetim qolganim sababli menga Davlat hisobidan kvartira berildi. Lekin ushbu kvartira uchun soliq qarzi chiqyapti. Men kvartiram uchun soliq to‘lashim kerakmi?

JAVOB:

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning mol-mulki mol-mulk solig‘idan ozod qilingan.
👉Soliq kodeksi 421-modda

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#savol_javob

SAVOL:

Soliqlarni bo'lib-bo'lib to'lash huquqi kimga beriladi?

JAVOB:

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kameral soliq tekshiruvi natijasida qo'shimcha hisoblangan soliqlarni 6 oy mobaynida teng ulushlarda bo'lib-bo'lib to'lash huquqi berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#savol_javob

SAVOL:

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga asosan tovar-moddiy zaxiralari qoldiqlari bo'yicha hisobga olinishi lozim bo'lgan QQS summasi qanday aniqlanadi?

JAVOB:

Tovar-moddiy zaxiralarning qoldiqlari bo'yicha hisobga olinadigan soliq summasi, soliq to'lovchi QQS to'lovchisi sifatida ro'yxatdan o'tgan sanada mavjud bo'lgan tovar-moddiy zaxiralar qoldig'ining so'nggi o'n ikki oy davomida sotib olingan qismi bo'yicha tovarlarning xizmatlarning haqiqiy qiymati asosida aniqlanadi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#savol_javob

SAVOL:

Soliq majburiyatlarini taminlashda qanday yangiliklar kiritildi?

JAVOB:

🔹Soliq kodeksining yangi tahrirdagi 107-moddasiga asosan, soliqlarni to'lash majburiyati mol-mulk garovi bilan taminlanishi mumkin. Mol-mulk garovi soliq organi va garovga qoyuvchi o'rtasidagi shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. Soliq to'lovchining o'zi yoki uchinchi shaxs garovga qo'yuvchi bol'ishi mumkin. Soliq to'lovchi tegishli soliq summalarini va tegishli penyalarni to'lash bo'yicha majburiyatini bajarmagan taqdirda, soliq organi ushbu majburiyatning garovga qoyilgan mol-mulk qiymati hisobidan bajarilishini fuqarolik to'g'risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#savol_javob

SAVOL:

Foyda solig'i bo'yicha bonak to'lovlar kimlar tomonidan to'lanadi?

JAVOB:

Soliq kodeksining 340-moddasiga muvofiq, jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda besh milliard so'mdan oshadigan soliq to'lovchilar ushbu moddaning uchinchi oltinchi qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan har oylik bonak to'lovlarini hisobot davri har bir oyining yigirma uchinchi kunidan kechiktirmay to'laydi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#savol_javob

SAVOL:

Tovar aylanmasidan ijara haqi hisoblanishi bo'yicha tuzilgan ko'chmas mulk ijara shartnomalarini ham E-ijarada hisobga qoyish mumkinmi?

JAVOB:

Ha, mumkin. Buning uchun ijaraga beruvchi shaxs ijara shartnomasini hisobga qoyish jarayonida Tovar aylanmadan ijara to'lovi tugmasiga belgi qoyishi hamda tovar aylanmasidan to'lanadigan ijara to'lovi stavkasini ko'rsatishi lozim. Agar ijara to'lovi belgilangan minimal stavkadan past bo'lsa, ijaraga berishdan olingan daromad uchun soliq oylik ijara to'lovining minimal stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Ijaraga oluvchi tomonidan shartnoma tasdiqlangach u soliq organlarida hisobga qoyiladi. Hisobga qoyilganligi to'grisidagi guvohnomada ijara to'lovi tovar aylanmasidan hisoblanishi to'g'risidagi ma'lumot hamda ijara to'lovi stavkasi aks etadi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#savol_javob

SAVOL:

Import qilingan tovar uchun 2-marta NDS to'lanadimi?

JAVOB:

Import qilingan tovar uchun 2-marta QQS to'lanmaydi.Yangi tahrirdagi Soliq Kodeksining 255-moddasiga ko'ra Ozbekiston Respublikasining hududi realizatsiya qilish joyi bo'lgan tovarlar xizmatlar soliq to'lovchilar sifatida soliq organlarida hisobda turmagan chet ellik shaxslar tomonidan realizatsiya qilingan taqdirda, soliq bazasi soliq agentlari tomonidan ushbu tovarlarni xizmatlarni aksizlar aksiz to'lanadigan tovarlar uchun va soliq hisobga olingan holda realizatsiya qilishdan olingan daromadning summasi sifatida aniqlanadi.

👉BATAFSIL

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#savol_javob

SAVOL:

Tovarlar bozor qiymatidan past narxlarda realizatsiya qilingan taqdirda QQS to`lanadimi?

JAVOB:

Soliq kodeksining 248-moddasiga asosan, tovarlar bozor qiymatidan past narxlarda realizatsiya qilinsa, baza sifatida bozor narxi olinadi, bozor qiymati va realizatsiya qiymati ortasidagi farqga nisbatan bir tomonlama elektron faktura beriladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#savol_javob

SAVOL:

Avtotransport vositasi ota-onadan sovg`a tariqasida olinganda daromad solig`i to`lanadimi?

JAVOB:

Yo'q, to'lanmaydi. Soliq kodeksining 378-moddasiga asosan, jismoniy shaxslardan meros yoki hadya tartibida, shuningdek tekinga olingan pul va natura shaklidagi daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'iga tortilmaydi.

Bundan yaqin qarindosh bo'lmagan shaxslar o'rtasidagi ko'chmas mulk, avtotransport vositalari, qimmatli qog'ozlar, yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi ustav kapitallaridagi ulushlar mustasno.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#savol_javob

SAVOL:

Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini to'xtatsa yoki tugatsa uning yollanma ishchilari o'z faoliyatini davom ettirsa bo'ladimi?


JAVOB:

Yakka tartibdagi tadbirkor o'zini faoliyatini vaqtincha butunlay to'xtatgan vaqtda har bir yollangan xodim uchun berilgan hisobga olish kartochkalarini soliq organlariga topshirishi shart. Agar faoliyatini to'xtatib turgan yakka tartibdagi tadbirkor har bir xodimi uchun hisobga olish kartochkasini soliq organiga belgilangan muddatlarda topshirmasa, yakka tartibdagi tadbirkorning majburiyatlari bo'yicha soliqni hisoblash to'xtatilmaydi Soliq Kodeksi 392 va 408-moddalari.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram