TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.8K subscribers
12.9K photos
1.37K videos
75 files
5.32K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#bilasizmi

Soliqni hisoblab chiqarish tartibi qanday amalga oshiriladi?

🔹Soliqni hisoblab chiqarish soliq solinadigan bazadan va soliqning belgilangan stavkalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Import qilingan, aksiz to‘lanadigan, o‘ziga nisbatan aralash — advalor va qat’iy belgilangan soliq stavkalari belgilangan tovarlar bo‘yicha soliq soliq bazasi va advalor stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Bunda soliq summasi qat’iy belgilangan stavka qo‘llanilgan holda hisoblab chiqarilgan summadan kam bo‘lishi mumkin emas.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi

Elektron shakldagi xizmatlarga nimalar kiradi?

🔸Ushbu bo‘limni qo‘llash maqsadida axborot texnologiyalaridan foydalangan holda jahon Internet axborot tarmog‘idan (bundan buyon matnda Internet tarmog‘i deb yuritiladi) avtomatik usulda foydalanish orqali ko‘rsatilgan xizmatlar elektron shakldagi xizmatlar jumlasiga kiradi. Xususan, bunday xizmatlar jumlasiga quyidagilar kiradi: Soliq kodeksi 282-modda

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi

Qanday shaxslar yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanadi?

🔸Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan va yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanadi.

🔹Yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi, biroq yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan jismoniy shaxslarga soliq solish va ularga nisbatan javobgarlik choralarini qo‘llash maqsadida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida qaraladi. Soliq kodeksi 31-modda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi

Quyidagilar jismoniy shaxslar yer soligʻi toʻlovchilari deb eʼtirof etiladi:

🔹mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar;
🔹yuridik shaxs tashkil etgan yoki etmagan holdagi dehqon xoʻjaliklari.


👉 Soliq kodeksi 433-modda

Tuman (shahar) hokimi bilan tuzilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi asosida berilgan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara toʻlovi yer soligʻiga tenglashtiriladi.
Bunda yer uchastkasini ijaraga olgan jismoniy shaxslarga nisbatan jismoniy shaxslar yer soligʻini toʻlovchilar uchun belgilangan soliq stavkalari, soliq imtiyozlari, soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi tatbiq etiladi.

Jismoniy shaxslar yer soligʻi har yili 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda toʻlanishi lozim.
👉 Soliq kodeksi 440-modda

Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, jismoniy shaxslar yer soligʻi ushbu soliqning toʻlovchilari deb eʼtirof etiluvchilar tomonidan oʻz vaqtida toʻlanishi lozim.

Eslatib oʻtamiz❗️Soliq toʻlash majburiyatining bajarilishi kechiktirilgan har bir kun uchun toʻlanmagan soliq summasining 0,047% (MB qayta moliyalash stavkasi - 14% dan 1/300) miqdorida penya hisoblanadi.

👉 Soliq kodeksi 110-moddasi

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi

Taʼlim sohasidagi xizmatlar boʻyicha aylanma QQSdan ozod etilgan

Oʻqitish (taʼlim) sohasidagi xizmatlar, shu jumladan test sinovlari va imtihonlar oʻtkazishni tashkil etish xizmatlari, xususan:

🔹boshlangʻich, oʻrta, oʻrta maxsus, texnik va kasb-hunar, oliy taʼlim va oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim sohasidagi taʼlim xizmatlari;

🔹taʼlim muassasalari (tashkilotlari), shuningdek kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradigan tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan qoʻshimcha taʼlim berish boʻyicha xizmatlar;

🔹maktabgacha taʼlim va tarbiya dasturlari doirasida taʼlim va tarbiyalash faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda
bolalarga qarash va ularni parvarishlash boʻyicha xizmatlar,
toʻgaraklarda, seksiyalarda (shu jumladan sport seksiyalarida) va studiyalarda voyaga yetmagan bolalar bilan mashgʻulotlar oʻtkazish boʻyicha xizmatlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma QQSdan ozod etilgan.

👉 Soliq kodeksi 243 modda

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi

Ortiqcha undirilgan soliqni hisobga olish yoki qaytarish tartibi

Ortiqcha undirilgan soliq summalarini hisobga olish yoki qaytarish to‘g‘risida soliq organiga ariza soliq to‘lovchi tomonidan undan soliq ortiqcha undirilgani fakti o‘ziga ma’lum bo‘lgan kundan yoki sud qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran uch yil ichida berilishi mumkin.

👉BATAFSIL

👉Soliq kodeksi 105-modda

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi #QQS

Taʼlim sohasidagi xizmatlar boʻyicha aylanma QQSdan ozod etilgan

Oʻqitish (taʼlim) sohasidagi xizmatlar, shu jumladan test sinovlari va imtihonlar oʻtkazishni tashkil etish xizmatlari, xususan:

🔹boshlangʻich, oʻrta, oʻrta maxsus, texnik va kasb-hunar, oliy taʼlim va oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim sohasidagi taʼlim xizmatlari;

🔹taʼlim muassasalari (tashkilotlari), shuningdek kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradigan tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan qoʻshimcha taʼlim berish boʻyicha xizmatlar;

👉BATAFSIL

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi

🔹Soliq qarzi nima?

Bu hisoblangan va belgilangan muddatlarda to‘lanmagan soliqlar, shu jumladan ular bo‘yicha bo‘nak va joriy to‘lovlarning summalari, moliyaviy sanksiyalar va penyalar.

Soliq to‘lovchining yoki soliq agentining soliq qarzi barcha soliqlar bo‘yicha ham, ularning har biri bo‘yicha ham alohida aniqlanishi mumkin.

🔹Soliq qarzi qanday to‘lanadi?

Soliq qarzini to‘lash to‘lash quyidagi tartibdagi amalga oshiriladi:

1) soliqlar summasi;
2) hisoblangan penyalar;
3) jarimalar.

Soliq kodeksi 55-modda

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi #mol_mulk_soligi

2025-yilda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʻlumotnoma shakllari

🔹Boʻnak toʻlovlar toʻgʻrisidagi maʻlumotnoma shaklini soliq toʻlovchilar joriy soliq davrining 20-yanvaridan kechiktirmay, yangi tashkil qilinganlari esa, davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan eʻtiboran 30 kundan kechiktirmay koʻchmas mulk joylashgan yerdagi soliq organlariga taqdim etadi.
👉 Soliq kodeksi 417-modda

Yuridik shaxslarning mol-mulk soligʻini hisoblash uchun soliq bazasi 1 m² uchun mutlaq miqdorda belgilangan minimal qiymatdan past boʻlishi mumkin emas:

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi

Yakka tartibdagi tadbirkorlik sub'yektlarini tugatish tartibi

🔶Tadbirkorlik sub’ekti
- jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy to‘xtatish uning ro‘yxatdan o‘tkazgan organga taqdim etgan arizasi asosida amalga oshiriladi.

🔷Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

- davlat soliq xizmati organining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzi yo‘qligi to‘g‘risidagi xulosasi. Xulosa davlat soliq xizmati organi tomonidan tadbirkorlik sub’ekti - jismoniy shaxs murojaat qilgandan keyin ikki ish kunidan kechiktirmay, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzlar mavjud bo‘lganda esa - ular to‘langandan keyin ikki ish kunidan kechiktirmay beriladi;

- muhr va shtamplar, agar ular mavjud bo‘lsa;

- barcha litsenziyalar (ruxsatnomalar)ning asl nusxalari, agar ular mavjud bo‘lsa;

- davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;

- banklarda hisob raqamlari ochilmaganligi to‘g‘risidagi xat yoki, agar mavjud bo‘lsa, asosiy hisob raqami yopilgani to‘g‘risidagi bank ma’lumotnomasi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram