TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.85K subscribers
12K photos
1.27K videos
70 files
4.82K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Sergeli #nazorat_tadbiri #hamkorlik

🔷“Iste'molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori” MChJga qarashli savdo majmuasida profilaktik tadbir o‘tkazildi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi va Soliq xizmati xodimlari hamkorligida poytaxtimizning yirik savdo komplekslarida profilaktik tadbirlar o‘tkizib kelinayotganligi haqida xabar bergan edik.

Shunday tadbirlarning navbatdagisi “Iste'molda bo‘lgan transport vositalari va extiyot qismlar Sergeli bozori” mas'uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli savdo majmuasida o‘tkazildi. O‘rganishlar natijasida savdo markazidagi 1 501 ta turg‘un savdo do‘konlarida faoliyat yuritadigan tadbirkorlar orasida onlayn-nazorat kassa texnikasi va savdo terminali o‘rnatmaslik hamda xarid uchun QR-kodli chek taqdim etmaslik kabi holatlar aniqlanib, kamchiliklar joyida bartaraf etildi.

Shuningdek, ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan 130 ta fuqarolardan 44 nafari yakka tartibdagi tadbirkor, 28 nafari yakka tartibdagi tadbirkorlarga yordamchi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi va 58 tasi yuridik shaxslarga ishchi sifatida rasmiylashtirildi. Hamkorlikda olib borilgan 3 kunlik tadbir natijasida bozorning savdo tushumi jami 18 mlrd. 516 mln. so‘mni tashkil qilib, yanvar oyi holatiga ko‘ra, savdo markazidagi tadbirkorlardan davlat budjetiga 2 337,0 mln.so‘m soliq tushumi yo‘naltirilishi ta'minlandi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sergeli #nazorat_tadbiri #hamkorlik

🔷Poytaxtimizdagi “Iste'molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori” MChJga qarashli savdo majmuasida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sergeli #nazorat_tadbiri #yashirin_iqtisodiyot

Axborot 24 | Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik tadbirlar

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Olmazor #hamkorlik #nazorat_tadbiri

🔷Poytaxtimizda yashirin iqtisodiyotning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar davom etmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi hamda Soliq xizmati xodimlari hamkorligida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish uchun muntazam ravishda profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Shunday tadbirlarning navbatdagisi Olmazor tumanida tashkil etildi.

Tumandagi faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga qarashli omborxonlarga kirib-chiqayotgan yuk mashinalariga ortilgan mahsulotlarga hisob-fakturalar tuzilganligi yoki onlayn nazorat kassa mashinasiga urilgan xarid cheki mavjudligi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Bektemir #hamkorlik #nazorat_tadbiri

🔷Shuningdek, xuddi shunday o‘rganishlar poytaxtimizning Bektemir tumanida ham o‘tkazildi hamda mahsulotlarga hisob-faktura rasmiylashtirmagan tadbirkor va haydovchilar esa bunday vaziyatlar takrorlanmasligi uchun ogohlantirilib, tegishli tushuntirishlar berildi.

📌Hurmatli tadbirkorlar va yuk tashuvchi haydovchilar, tovarlarni bir manzildan boshqa manzilga yetkazish vaqtida hisob-faktura hamda yetkazib berilayotgan tovarlarning xarid chekini olishni unutmang!

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yunusobod #Chilonzor #hamkorlik #nazorat_tadbiri

🔷Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi hamda Soliq xizmati xodimlari hamkorligida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish maqsadida poytaxtimizdagi savdo majmualarida ish yuritadigan tadbirkorlik subyektlarinig faoliyati o'rganilmoqda. Unda QR-kodli chek taqdim etmaslik, soliq bazasini yashirib ko‘rsatish maqsadida savdodan tushgan naqd pullarni onlayn-NKM xotirasiga kiritmaslik, xodimlarni mehnat shartnomasisiz ishlatish kabi aniqlangan holatlar bartaraf etilmoqda.

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashirin_iqtisodiyot #hamkorlik #nazorat_tadbiri

🔷
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi, Soliq xizmati xodimlari hamda Yo‘l harakati xavsizlik xizmati boshqarmasi hamkorligida poytaxtimizda yashirin iqisodiyotning oldini olishga qaratilgan uch kunlik o‘rganish profilaktik tadbirlari o‘tkazildi va natijada 14,9 mlrd. so‘mlik tovar moddiy boyliklarini korxonalarning kirim-chiqim reestrida aks ettirish orqali 1,1 mlrd. so‘mlik soliq summalari davlat budjetiga qo‘shimcha hisoblanishi ta'minlandi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashirin_iqtisodiyot #hamkorlik #nazorat_tadbiri

🔷Axborot 24 |
Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yunusobod #nazorat_tadbiri #yashirin_iqtisodiyot

🔷Tovar va xizmatlar uchun xarid cheki bermagan tadbirkorlarga chora koʻrilmoqda

Toshkent shahrida tadbirkorlarning noqonuniy faoliyatini oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda. "Soliq hamkor" orqali kelib tushgan murojaatlar asosida poytaxtimiz tumanlarida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida onlayn-NKT dan foydalanmaslik va tovarlar uchun to‘lovlarni bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga o‘tkazish (P2P) orqali hisob-kitob qilish kabi qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan tadbirkorlarga tegishli tartibda rasmiylashtirilib choralar ko‘rilmoqda.

Xususan,Yunusobod tumani Bog'ishamol koʻchasidagi savdo shoxobchada oʻtkazilgan sayyor soliq tekshiruvida tadbirkor xaridorlarga QR-kodli chek bermasdan faoliyat yuritayotganligi hamda kunlik savdodan tushgan naqd pullarni onlayn-NKTga kirim qilmaganligi aniqlandi.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, tadbirkorga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#nazorat_tadbiri #yashirin_iqtisodiyot

Yashirin iqtisodiyotga qarshi o‘tkazilgan 1 315 ta
nazorat tadbirlarida huquqbuzarlik holatlari aniqlangan

 Soliq organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish maqsadida, umumiy ovqatlanish sohasida onlayn – NKTdan foydalanish hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan ayrim tovarlarni majburiy raqamli markirovkalash qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning sentabr-oktabr oylarida o‘tkazilgan 1 315 ta nazorat tadbirlarida qator huquqbuzarlik holatlari aniqlangan. Natijada huquqbuzarlarga nisbatan jami 10,8 mlrd so‘m miqdorida moliyaviy jarima qo‘llanilgan.

Umumiy ovqatlanish sohasida :

▫️ 960 ta holatda xaridorga onlayn-NKTdan 117,4 mln so‘mga chek berilmaganligi hamda 529,8 mln so‘m naqd pullar onlayn-NKTga kirim qilinmaganligi;
▫️113 ta holatda 141 nafar norasmiy ishchilar faoliyat yuritayotganligi;
▫️63 ta holatda markirovkalanmagan 4,6 mln so‘mlik alkogol mahsulotlari savdoga qo‘yilganligi;
▫️15 ta holat (nazorat xaridi)da to‘lovlarni jismoniy shaxslarning bank plastik kartochkalariga o‘tkazish orqali amalga oshirilganligi;
▫️ 41 ta holatda foydalanilayotgan avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalarini soliq organlari axborot tizimlariga integratsiya qilinmaganligi aniqlangan.

Makirovkalash qoidalariga rioya qilinishi (121 ta dori vositalari va tibbiy buyumlar 114 ta alkogol, 84 ta tamaki, 34 ta maishiy texnika sotuvchilar):

▫️343 ta holatda onlayn-NKTdan 32,4 mln so‘mga chek berilmaganligi hamda 283,2 mln so‘m naqd pullar onlayn-NKTga kirim qilinmaganligi;

▫️ 47 ta holatda markirovkalanmagan 63,4 mln so‘mlik mahsulotlar savdoga qo‘yilganligi;
▫️21 ta holatda 6,3 mln so‘mlik aksiz markasiz va hujjatsiz alkogol va tamaki mahsulotlari savdoga qo‘yilganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, Soliq qo‘mitasi xodimlari tomonidan alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi «U.Sh» MCHJda o‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvida:
▫️ 31,1 mln so‘mlik tovar moddiy zaxiralari qoldig‘i omborlarda mavjud emasligi;
▫️38,9 mln so‘mlik tovar moddiy zaxiralari qoldig‘i omborlarda ortiqchaligi;
▫️960,9 mln so‘mlik 139,4 ming dona ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlar buxgalteriyada aks ettirilmaganligi;
▫️1 507,4 mln so‘mlik 199 ming dona ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlari bo‘yicha maʼlumotlar “Asl belgisi” axborot tizimiga yuborilmaganligi;
▫️7 nafar ishchilarning ish haqi summasi hisobotda aks ettirilmaganligi aniqlandi.

Natijada SK 223- va 227 prim 1- moddalariga asosan korxonaga nisbatan 426,7 mln so‘m moliyaviy jarima qo‘llanilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads