TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.87K subscribers
11.9K photos
1.27K videos
64 files
4.77K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Bektemir #saxovat_va_komak

🔷Bugungi kunda Yurtboshimiz ilgari surayotgan tashabbuslar natijasida xalq roziligi va inson qadrini maqsad qilgan koʻplab ijobiy oʻzgarishlar amaliyotga tatbiq etilmoqda. Imkoniyati cheklangan fuqarolarga boʻlgan alohida e'tibor ham shular jumlasidandir. Qayd etish joziki, Toshkent shahridagi 146 ta mahallada istiqomat qiluvchi Soliq xizmati organiga biriktirilgan imkoniyati cheklanganlar holidan muntazam ravishda xabar olinib, ulardagi muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligʻi 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Bektemir tumanida yashovchi nogironligi mavjud fuqarolar xonadoniga borib, ularning holidan xabar oldi hamda imkoniyati cheklanganlarga zarur boʻladigan birlamchi ashyolarni oʻz egalariga topshirdi. Shuningdek, ular bilan boʻlgan suhbat chogʻida aniqlangan kamchiliklarni hal qilish uchun chora-tadbirlab belgilab olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bektemir #saxovat_va_komak

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligʻi 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Bektemir tumanida yashovchi nogironligi mavjud fuqarolar holidan xabar oldi

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bektemir #Mirzo_Ulugbek #saxovat_va_komak

🔷Yangiliklar 24 | Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligʻi poytaxtimizdagi imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz holidan uyma-uy yurgan holda xabar oldi va ulardagi muammoli masalalarni oʻrganib, amaliy yordamlar koʻrsatib kelmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#saxovat_va_komak

🔷Poytaxtimiz bo'ylab tuman sektor rahbarlari, mahalla yettiligi tizimi hamda boshqa davlat idora va tashkiltolari hamkorligida yoshi ulug' mehnat faxriylarining holidan xabar olinmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Uchtepa #saxovat_va_komak

🔷G‘amxo‘rlik va e'tiborning yuksak namunasi

Bolalar har bir mamlakatning ulkan boyligi bo‘lib, ularga g‘amxo‘rlik qilish, quvonch ulashish va mehr berish yuksak insoniy qadriyat hisoblanadi.

Shu nuqtai nazardan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi, Uchtepa tumani prokuraturasi hamda soliq inspeksiyasi hamkorligida tumanda istiqomat qiladigan oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari uchun Yangi yil bayrami tashkil etildi.

Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan tadbirda bayram dasturxoni bezatildi va bolajonlar kuy-qo‘shiqlarga raqsga tushib, she'rlar aytdi. Shundan so‘ng ishtirok etgan barcha 70 nafar o‘g‘il-qizlarga sovg‘a-salomlar ulashilib, ularning quvonchiga quvonch qo‘shildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Uchtepa #saxovat_va_komak

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasi, Uchtepa tumani prokuraturasi hamda soliq inspeksiyasi hamkorligida tumanda istiqomat qiladigan oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari uchun Yangi yil bayrami tashkil etilib, sovg‘a salomlar ulashildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yashnobod #saxovat_va_komak

🔷Muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan saxovat koʻrsatilmoqda

Azaldan muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olish, ularga mehr ulashish xalqimizning ezgu an’anasiga aylangan. Jumladan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligʻi rahbarligida poytaxtimizning Yashnobod tumani "Katta Qoʻyliq" mahallasida istiqomat qiladigan yordamga muhtoj oilalar ahvoli oʻrganilib, ularga koʻmak berish maqsadida 70 nafarga yaqin fuqarolarga iftorlik dasturxoni tashkil etildi.

Shuningdek, tadbirda yurtimiz tinchligi, xalqimiz salomatligi va yosh avlodning ilm-u salohiyatli insonlar boʻlib voyaga yetishi uchun xayr-u duolar qilindi. Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, bunday tadbirlar poytaxtimizning 4-sektor hududiga qarashli barcha mahallalarda oʻtkazib kelinmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yashnobod #saxovat_va_komak

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligʻi rahbarligida poytaxtimizning Yashnobod tumanida joylashgan "Katta Qoʻyliq" mahallasining 70 nafarga yaqin aholisi uchun iftorlik dasturxoni tuzildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirzo_Ulugbek
#saxovat_va_komak

“Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida”gi Prezident farmonining ijrosi ta'minlanmoqda.

Bu borada Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizning har bir hududida ehtiyojmand oilalarga ko'maklashish ishlari tizimli yo'lga qo'yilgan. Joriy yilning 14-oktabr kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i o'ziga biriktirilgan Mirzo Ulug'bek tumanidagi Buyuk ipak yo'li mahallasida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj "Ayollar daftari"ga kiritilgan oilalar holidan xabar oldi.

Xususan, ushbu mahallada yashovchi Ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan G.Axmedova va D.Norbekovalarga doimiy daromad manbaiga ega bo'lishi uchun o'zini-o'zi band qilish maqsadida so'ralgan buyumlar yetkazildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mirzo_Ulugbek
#saxovat_va_komak

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i o'ziga biriktirilgan Mirzo Ulug'bek tumanidagi Buyuk ipak yo'li mahallasida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj "Ayollar daftari"ga kiritilgan oilalar holidan xabar oldi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram