TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.8K subscribers
12.9K photos
1.37K videos
75 files
5.32K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Olmazor_tumani
#Sayyor_qabul
#Uchrashuv
#Hokim_yordamchisi

4-Sektor rahbarlari fuqarolar bilan uchrashdi

Bugun 26-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazida Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari J. Maxmadustov Olmazor tumani aholisi bilan sayyor qabul o’tkazdi. Mazkur uchrashuvda aholining kayfiyatiga bevosita ta’sir o’tkazayotgan muammolar tumandagi 13 ta mahalla faollari va fuqarolar ishtirokida muhokama qilindi.

Fuqarolarni qiynab kelayotgan jami 30 dan ortiq muammolar muhokama qilinib, ularning yechimi uchun etarlicha mablag’ ajratilishi rejalashtirildi.

Uchrashuvda murojaat qilgan 21 nafar fuqarodan 14 tasining masalasiga ijobiy yechim topildi, qolgan murojaatlar yuzasidan mas`ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Olmazor_tumani

Ijtimoiy tarmoqlarda diniy ekstremistik oqim vakillarining g'oyalari ta'siriga tushib qolmaslik va Jaxolatga qarshi ma'rifat mavzusida tadbir tashkil etildi

🔹Olmazor tuman soliq inspeksiyasida Toshkent shahar targ'ibot markazi, Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahar Boshqarmasi xodimi va shahar Soliq boshqarmasi shaxsiy xavfsizlik bo'limi mas'ul xodimlari boshchiligida targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.

🔸Tadbir davomida tomonidan Vatanga muhabbat tuyg'usini shakllantirish zarurligi haqida shuningdek, vijdon erkinligi va diniy bag'rikenglik kabi tushunchalarning mazmun-mohiyati yuzasidan xodimlarga tushuntirildi. Shuningdek, “Jaholatga qarshi maʼrifat” bilan kurashish gʻoyasining ahamiyati, ekstremizm gʻoyalari taʼsiriga tushib qolgan, toʻgʻri yoʻldan adashgan fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish kabi bugungi kunning bir qator dolzarb masalalari ushbu tadbirda atroflicha muhokama qilindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram