TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
67 files
4.81K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#obodonlashtirish #mahalla_yettiligi #mahallabay

Bugungi kunda aholi muommolari bilan ishlash tizimini tubdan yaxshilash, mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni xonadonbay o'rganish va joylarda obobdonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish bo'yicha qator ko'zga ko'rinarli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Shu nuqtai nazardan, poytaxtimizning 4-sektor hududiga qarashli mahallalarda kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish, mahalla yettiligida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash, "Obod xonadon - Obod ko'cha - Obod mahalla" mezonlari ijrosini to'g'ri tashkil qilish yuzasidan ertalabgi yo'riqnomalar o'tkazilib, ma'sullarga tavsiya va yo'nalishlar berildi.

Shuningdek, ushbu tadbirlarga maxsus texnikalar va ishchi guruhi jalb etilib, bolalar maydonchasini ta'mirlash, issiqlik tizimlari nazoratdan o'tkazish, ko'chalar tozaligini ta'minlash kabi vazifalar bajarilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#oʻquv_mashgʻulot #mahalla_yettiligi #mahallabay #seminar

🔷Joriy yilning 3-noyabr kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi xodimlariga navbatdagi kasbiy o'quv mashg'uloti tashkil etildi.

Seminarda sohadagi muammoli masalalar hamda ularning yechimlariga e'tibor qaratildi. Qayd etish joizki, "mahalla yettiligi"ning joylardagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirish hamda kichik biznesni rivojlantirish samaradorligini oshirishga alohida e'tibor berish zarurligi ta'kidlandi. Shuningdek, mehnat intizomi, qonun asosida xizmat ko'rsatish, "soliqchi – tadbirkorga ko'makchi" tamoyili doirasidagi ishlar yuzasidan ham muhim maslahatlar berilib, tizimdagi yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar takrorlanmasligi uchun chora-tadbirlar belgilab olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #mahalla_yettiligi

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasida tuman soliq inspeksiyalari rahbarlari uchun "mahalla yettiligi"ni samarali tashkil etishda soliq tizimi xodimlarining ahamiyatiga qaratilgan oʻquv seminari boʻlib oʻtdi.

Unda xodimlarga mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga hamda oʻzini oʻzi band qilganlarga kichik biznes toifasiga oʻtishga koʻmaklashish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#oʻquv_mashgʻulot #mahalla_yettiligi #seminar

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasi xodimlariga navbatdagi kasbiy o'quv mashg'uloti tashkil etildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik subyektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" farmoni haqida ma'lumot berilib, sohadagi muammoli masalalar hamda ularning yechimlariga e'tibor qaratildi. Ayniqsa, "mahalla yettiligi"ning imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirish hamda kichik biznesni rivojlantirish samaradorligini oshirishga alohida e'tibor berish zarurligi ta'kidlandi. Shuningdek, "soliqchi – tadbirkorga ko'makchi" tamoyili doirasidagi ishlar yuzasidan ham muhim maslahatlar berilib, tizimdagi yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar takrorlanmasligi uchun chora-tadbirlar belgilab olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shayxontohur #muhokama #mahalla_yettiligi

Axborot 24 | Jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirzo_Ulugbek #mahalla_yettiligi #uchrashuv

🔷"Mahalla yettiligi" uchun seminar tashkil etildi

Bugun barcha muammolarni mahallaning o‘zida hal etishga e’tibor qaratilmoqda. Buning uchun mahallalarga ko‘plab vakolatlar, tashkiliy va moliyaviy imkoniyatlar berildi. Mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi hamda profilaktika inspektoridan iborat tizimga soliq va ijtimoiy xizmat xodimi ham biriktirildi.

Mazkur tizim xodimlari uchun Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Toshkent shahar filiali hamda Davlat boshqaruvi akademiyasi, mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda Mirzo Ulug‘bek tumanida o‘quv seminar tashkil etildi.

Unda mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga hamda kichik biznesni rivojlantirishga alohida e'tibor berish zarurligi ta'kidlandi. Shuningdek, muammoli masalalarga yechim topishda ilmiy asoslangan yangi yondashuvlar ishlab chiqish, bunga ilmiy tashkilotlar jalb qilinishida samarali faoliyat yuritish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, chora-tadbirlar belgilab olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mahalla_yettiligi #seminar

Joylarda mahalla yettiligi uchun o'quv seminarlari davom etmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yunusobod #mahalla_yettiligi #seminar #barqarorlik_reytingi

🔷Yunusobod tumanida seminar tashkil etildi

Yunusobod tumanida Toshkent shahar soliq boshqarmasi xodimlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni yetakchi inspektori ishtirokida tadbirkorlar, shuningdek, "mahalla yettiligi" tizimi mas'ullari uchun seminar tashkil etildi.

Unda tadbirkorlikka berilgan yengillik va imtiyozlar to‘g‘risidagi Prezident qaror va farmonlari, shuningdek, "yettilik tizimi" asosida Soliq xizmati xodimlarining mas'uliyati yanada ortganligi sababli joylardagi tadbirkorlik subyektlarini izchil tarzda o‘rganib, ularning mavjud muammolarini bartaraf etishda ko‘maklashish, soliq bazasini kengaytirish, tushumlarni o‘z vaqtida jalb etish, vakolat doirasidan chetga chiqmaslik bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Tadbir yakunida o‘zgaritish kiritilgan qonunlarni o‘z vaqtida, sifatli, ochiqlik va shaffoflik tamoyili asosida bajarish bo‘yicha qo‘shimcha tavsiyalar ko‘rsatilib, xodimlar tomonidan yo‘llangan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yunusobod #seminar #barqarorlik_reytingi #mahalla_yettiligi

🔷Yunusobod tumanida tadbirkorlar hamda "mahalla yettiligi" tizimi mas'ullari uchun seminar tashkil etildi.

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yashnobod #mahalla_yettiligi

🔷Prezidentimizning "O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida" qaroriga muvofiq, shuningdek, mahalla institutining jamiyatdagi rolini oshirish, "mahalla yettiligi" a’zolari tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘ini oldida hisobot berish tizimini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida “Mahallalar faoliyatini tartibga solishga doir normativ-xuquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2024 yil 13 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 334-sonli qarori qabul qilindi.

Yashnobod tumanida “Mahalla yettiligi” bo‘yicha Yashnobod tumani soliq inspeksiyasida ham bu borada samarali tizim yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, qator ijobiy ishlar olib borilmoqda.

BATAFSIL

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram