TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
66 files
4.79K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#uchtepa #yoshlar_bilan_uchrashuv

🔹Uchtepa tumanida sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuv boʻlib oʻtdi.

✍️Joriy yilning 22- iyun kuni Uchtepa tumanida joylashgan sobiq fiskal institutida tuman sektor rahbarlari va yoshlarning bevosita ochiq muloqoti tashkil etildi.Tadbir davomida yoshlar oʻzlarining takliflari, loyihalari va muammolari bilan faol ishtirok etishdi.Aniqlangan muammolar joyida hal etildi.

Uchtepa tuman 4-sektor rahbari 2 nafar tadbirkorlik bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan yoshlarning murojaatini o'z nazoratiga oldi. Eng yaxshi savol bergan 7 nafar yoshlarga smartwatch soatlari sovgʻa qilindi.

"Jurjoniy"MFY yoshlari stol tennis sport musobaqasining shahar bosqichida 1-o'rinni qoʻlga kiritib telivizor  bilan taqdirlandi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#sayyor_qabul #uchtepa

🔷Inson qadri ulug'dir!

2024 yilning 26-iyun kuni Uchtepa tumani hokimi va Soliq inspeksiyasi rahbari boshchiligida 4-sektor hududidagi "Vatan" mahallasida fuqarolar uchun ommaviy sayyor qabul tashkil etilib murojaatlar tinglandi.

Qabul jarayonida 1 nafar fuqaroga to'lov kontrakti to'lab berilgan bo'lsa yana 1 nafarini sog'ligini tiklashi uchun tibbiyot birlashmasiga bepul order taqdim etildi va 4 nafar fuqaroni kommunal masalalardagi murojaatlari joyida hal etilib, qolgan 4 tasiga huquqiy tushunchalar berilib, hal etish yuzasidan mutasaddilarga ko'rsatmalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#4_sektor
#obodonlashtirish
#Uchtepa #Bektemir

Obod va fayzli mahalla — yurt ko'rki

Halqimiz farvonligi yo'lida mahallalar obodligini ta'minlash hamda ularni zamonaviy ko'rinishga keltirish uchun shahrimiz bo'ylab muntazam xashar va ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'ining tashabbusi bilan 4-sektorga biriktirilgan hududlar bo'ylab yuqori darajada obodonlashtirish ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Uchtepa tumani Vatan mahallasida "Obod xonadon, obod ko'cha va obod mahalla" dasturi asosida sektor rahbari tomonidan obodonlashtirish ishlari bo'yicha mas'ullarga ko'rsatmalar berilib, ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Bektemir tumani Oltintopgan mahallasida obodonlashtiish ishlari olib borilib mahalla hududi chiqindilardan tozalanmoqda.

Mana shunday xayrli ishlar 4-sektorga qarashli barcha mahallalarda olib borilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yangihayot #Olmazor
#Uchtepa #Mirzo_Ulugbek
#4_sektor
#obodonlashtirish

Toshkent shahar 4-sektor rahbarining tashabbusi bilan sektor hududidagi mahallalarda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, Olmazor tumanidagi Xislat va Orzu mahallalarida BSK xodimlari tomonidan mahalla hududi chiqindilardan tozalanmoqda.

Mirzo Ulug'bek tumanidagi Bo'z va Olimlar mahallalarida esa aholini tashvishga solayotgan va ijtimoiy noroziliklarni keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan muammolarni tezkor hal etish bo'yicha mahalla hududi mutasaddilar tomonidan o`rganilib, aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish yuzasidan soxa xodimlariga vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, Yangihayot tumani Xo'ja-Uchqun mahallasida ham obodonlashtirish va tozalik ishlarida mas'ulyat bilan yondashish bo'yicha qilinishi kerak bo'lgan ishlar belgilab olindi.

Uchtepa tumani Hamdo'st mahallasida "Obod xonadon"-"Obod-ko'cha"-"Obod maxalla" umummilliy dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida 4-sektor rahbari va ma'sullar tomonidan obodonlashtirish ishlari bo'yicha vazifalar belgilandi.

Shahrimiz bo'ylab 4-sektorga qarashli barcha mahallalarda mana shunday obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Bektemir #Olmazor
#Mirzo_Ulugbek #Uchtepa #Chilonzor
#obodonlashtirish

Tozalik va obodlik ko'ngildan boshlanadi

🔹Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'ining tashabbusi bilan poytaxtimizdagi 4-sektor hududiga qarashli mahallalarda obodonlashtirish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

Bektemir tumani soliq inspeksiyasi rahbari tomonidan Musaffo mahallasida mahalla yettiligi hamda ishchi guruh a'zolariga “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" dasturi asosida kerakli ko'rsatma va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, Olmazor tumani Xislat mahallasida Toshshaharnur xodimlari tomonidan elektr yoritgichlarini ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Mirzo Ulug'bek tumanida ham sektor rahbari tomonidan H.Abdullayev va Shahriobod mahallalarida mahalla yettiligi hamda boshqaruv servis kompaniyalari ishchi xodimlariga topshiriq va vazifalar belgilab berildi hamda.

Uchtepa tumani soliq inspeksiyasi rahbari hamda mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida Nayman mahallasida obodonlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammolar o‘rganildi.

Qolaversa, Chilonzor tumani Katta Do'mbirobod mahallasida ham hudud obod bo'lib, chiqindilardan tozalanmoqda.

Har kuni shahrimizdagi 4-sektorga qarashli barcha mahallalarda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" dasturi asosida ishlar yuqori darajada tashkil etilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#stol_tennisi #Uchtepa

🔷Mahallalar aro stol tennisi musobaqalari davom etadi

🔸Toshkent shahar tumanlarida davom etayotgan stol tennisi boʻyicha mahallalar aro ochiq musobaqaning navbatdagisi Uchtepa tumanida o'tkazildi. Unda tumandagi mahallalardan 120 nafardan ziyod oʻgʻil qiz havaskor sportchilar qatnashdi.

Musobaqada gʻolib va sovrindorlarni Tuman hokimligi mas'ullari, soliq inspeksiya bo'lim boshlig'i va stol tennisi Toshkent shahar ijrochi direktori taqdirladi.
Musobaqa gʻoliblari keyingi bosqich yoʻllanmasiga ega bo'ldilar.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#stol_tennisi #sergeli #yakkasaroy #uchtepa #olmazor

🔷Mahallalar aro stol tennisi musobaqalari davom etadi

🔸Toshkent shahar tumanlarida davom etayotgan stol tennisi boʻyicha mahallalar aro ochiq musobaqaning saralash jarayonlari avj pallaga kirdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Uchtepa #yoshlar_bilan_uchrashuv

🔷Poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi

Joriy yilning 26-iyul kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasining mas'ullari hamda Uchtepa tumani soliq inspeksiyasi boshlig'i va tuman yoshlar ishlari agentligi vakillari rahbarligida Uchtepa tumanining mahallalaridagi 15 nafar yoshlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda qatnashgan yoshlarning bugungi kundagi muammolarini o'rgangan holda, ushbu masalalarga yechim topish uchun tumandagi tegishli tashkilotlarga zarur ko'rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Uchrashuvda yoshlarning 11 ta murojaatidan 7 tasi shu joyning o'zida hal etildi. Bulardan doimiy daromad manbaiga ega qilish uchun 5 nafar yosh ishga joylashtirilgan bo'lsa, 2 nafariga tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun kredit olib berildi hamda 4 nafar murojaatning yechimi vaqt talab qilgani uchun ijrosi nazoratga olindi va amalga oshirilishi zarur bo'lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Uchtepa #seminar #qonunchilikdagi_yangiliklar #barqarorlik_reytingi

🔷Uchtepa tumanida soliq to'lovchilar uchun seminar tashkil etildi

Joriy yilning 7-avgust kuni Uchtepa tumani soliq inspeksiyasida Toshkent shahar soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-maydagi PQ-200-chi qaroriga asosan hududlarda tadbirkorlar bilan muloqot haftaliklarini tashkil etish, ularni muammolarini o'rganish va hal qilish bo'yicha ishchi guruh tuzildi hamda sayyor qabul tashkil etildi, tadbirkorlarning murojaatlari yechimi bo'yicha takliflar Respublika shtabiga taqdim etish uchun qabul qilindi.

Jumladan, tadbirkorlarning barqarorlik reytingi yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi hamda Soliq qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar haqida toʻliq tushuncha berilib, kichik biznesni rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar samarasiga ham toʻxtalib oʻtildi.

Shuningdek, Tadbir davomida Soliq qonunchiligi normalarining bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash yuzasidan tadbirkorlarga batafsil maʼlumotlar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Uchtepa #korrupsiya

🔷Korrupsiya – halokatli yo'l

Joriy yilning 15-avgust kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Uchtepa tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda tumandagi gavjum savdo majmualari hududida faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, targ'ibot ishlari olib borildi hamda huquqbuzarlik holatlari yuzaga kelgan taqdirda tashkil etilgan aloqa kanallari to'g'risida tushunchalar berildi.

Bu kabi profilaktik targ'ibot tadbirlari muntazam ravishda olib borilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Uchtepa #korrupsiya

🔷Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

Korrupsiya – jamiyatni zulmat sari yetaklovchi illatdir. Unga barham berilmas ekan jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta'siri saqlanib qolaveradi.

Joriy yilning 21-avgust kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Uchtepa tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda tumanidagi gavjum savdo majmualarida hududida faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, targ'ibot ishlari olib borildi hamda huquqbuzarlik holatlari yuzaga kelgan taqdirda tashkil etilgan aloqa kanallari to'g'risida tushunchalar berildi.

Bu kabi profilaktik targ'ibot tadbirlari muntazam ravishda olib borilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Soliq_tushumlari #Korrupsiya #yashirin_iqtisodiyot #Uchtepa

🔷 Soliq tushumlari

Davlat byudjeti mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy hayotini molyaviy mablag' bilan ta'minlaydi. Soliqlarni mamlakat byudjetiga undirilishida qator islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Xususan, Joriy yilning 12-sentabr kuni Uchtepa tumani soliq inspeksiyasida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari A.Ganiyev hamda Poytaxt soliq boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari J.Maxmadustov boshchiligida shaxsiy tarkib xodimlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Mazkur tadbirda Toshkent shahar soliq boshqarmasining shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari hamda Uchtepa tumani iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti mas'ullari ishtirok etishib, byudjetga soliqlarni sifatli undirish, soliq ma'murchiligini salmog'ini kengaytirish hamda soliq bazalarini ko'paytirib mahallabay tizimida ish samaradorligini ko'tarishga katta e'tibor qaratilishi ta'kidlandi. Bundan asosiy ko'zlangan maqsad yashirin iqtisodni oldini olish hamda tadbirkorlarga ko'mak ko'rsatishdir.

Shuningdek, ish faoliyatlarida zimmalariga yuklatilgan vazifalarga vijdonan yondashib, samaradorlikni oshirish va bu yo’nalishda korrupsiya holatlariga yo’l qo'ymaslik kerakligi xodimlarga eslatildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Uchtepa #sayyor_qabul

🔹Sayyor qabullar – murojaatlar taqdiriga ijobiy yechim!

Prezidentimiz tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan va joylarda muntazam o‘tkazib kelinayotgan sayyor qabullar aholini qiynab kelayotgan turli yo‘nalishlardagi dolzarb masalalarni o‘rganish va ularni joyida hal etishga keng imkoniyat yaratmoqda.

Xususan, joriy yilning 19-sentabr kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi hamda Toshkent Shahar Xalq Qabulxonasi bilan hamkorlikda Uchtepa tumanida sayyor qabul o'tkazildi.

Mazkur qabulda Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i tashabbusi bilan boshqarma boshlig'i o'rinbosari tomonidan o'z muammolariga yechim izlab kelgan fuqarolarning 60 nafarini murojaatlari tinglandi.

Qabul davomida 28 ta murojaat shu yerning o'zida hal etildi. Jumladan, 5 ta fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlari berilgan bo'lsa, 11 nafar fuqaroga to'lov kontrakti va harbiy xizmatga to'lab berilganligi bo'yicha sertifikatlar topshirildi. 5 ta fuqaroga o'zini-o'zi band qilishi uchun tikuv mashinalari va noutbuk topshirilgan bo'lsa, sog'ligini tiklash uchun 7 ta murojaatchiga sanatoriyaga orderlar taqdim etildi. Qolgan vaqt talab etiladigan muammolarga huquqiy maslahatlar berilib, tegishli tashkilotlarga yo'naltirilib ijrosi nazoratga olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Uchtepa #Sayyor_qabul

🔷Murojaatlaga ijobiy yechim topilmoqda

🔸19-sentabr kuni Uchtepa tumanida aholini qiynab kelayotgan muammolariga yechim topish maqsadida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi. Toshkent shahar soliq boshqarmasi va Toshkent Shahar Xalq Qabulxonasi mas'ul rahbarlari bevosita ishtirok etib, murojaatlar birma-bir tinglanib, aksariyati shu yerning o'zida bartaraf etildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Uchtepa #yoshlar_bilan_uchrashuv

🔷Yoshlar bilan uchrashuvlar o'z samarasini bermoqda

Xususan, joriy yilning 15-oktabr kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari tomonidan Uchtepa tumanining Qoryog'di, O'tkir, Shirin hamda Shaftolizor mahallalaridagi 10 nafar "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda yoshlarning bugungi kundagi muammolarini o'rgangan holda o'zlarining takliflari bo'yicha yechim topish maqsadida mas'ullarga ko'rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Yoshlardan, asosan, doimiy daromad manbaiga ega qilish, kasbga o'qitish va fan to'garaklar kabi takliflar kelib tushganligi inobatga olinib, amalga oshirilishi zarur bo'lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Uchtepa #muhokama

🔷Huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashamiz

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari tomonidan Uchtepa tumanidagi Shirin mahallasida sodir etilgan o‘ta og‘ir jinoyatning muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig'ilishda mahalla yettiligi. profilaktika inspektorlari, mahalladagi yoshlar hamda faollar ishtirok etishdi.

Tadbirda yuqorida qayd etilgan mahallada istiqomat qiluvchi jinoyat sodir qilgan shaxsga nisbatan nima sababdan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi bo‘yicha tushunchalar berilib, mahalla yettiligi, aholi faollari va yoshlar bilan o‘zaro fikr almashildi. Ushbu yig'ilishdan maqsad kelgusida bunday holatlar yuz bermasligi hamda sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish bilan bir qatorda aholining bo‘sh vaqtini unumli ishlarga jalb qilish, xalqimizning tinch-totuv, erkin va farovon yashashlariga xizmat qilishga qaratilgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Teletahlil #Uchtepa

🔷Uchtepa tumani 4-sektor tomonidan aholi bandligini ta'minlash, yangi ish o'rinlari yaratish tadbirkorlikni rivojlantirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#etirof
#Uchtepa
#mahallabay

🔷O'z kasbini sharaf deb bilganlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan mahalla soliq inspektorlarining faoliyati samaradorligini baholash, ularni erishilgan ko‘rsatkichlari asosida rag‘batlantirish va ularning mas’uliyatini belgilab borish tizimi joriy etilgan. Bu esa hududlarda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, yashirin iqtisodiyotning oldini olish, byudjet tushumlarini oshirishga xizmat qilmoqda.

Xususan, Uchtepa tumani soliq inspeksiyasi shaxsiy tarkibi xodimi Davlat soliq bosh inspektori Sattarova Shoira Almuratovaning bugun mehnatlari yuksak baholandi va munosib taqdirlandi.

Tumanning "Sharq Yulduzi" mahallasiga biriktirilgan Sh.Sattarova tizimdagi faoliyatiga 6 yil bo'ldi, belgilangan vazifalarni mas'uliyat ila bajarib, egnidagi formani sharaf deb bildi. 2024-yil sentabr oyi yakuni bilan uning ish samaradorlik ko‘rsatkichi 100 foizga yetdi va bugungi kunda o‘z ishining chinakam peshqadami bo'ldi.

Uchtepa tumani soliq inspeksiyasida Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘ining tabrigi yetkazildi hamda xodimning mehnatlari munosib baholanib alohida minnatdorchilik sifatida Soliq qo'mitasi Raisining tashakkurnomasi tuman soliq inspeksiyasi boshlig'i o'rinbosari tomonidan topshirildi.

Soliq xizmatida shijoat bilan faoliyat olib borayotgan xodimlarning mehnatini munosib rag‘batlantirish davom etadi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Uchtepa #korrupsiya

🔷Korrupsiya – kelajakka to'siq!

Korrupsiya – jamiyatni zulmat sari yetaklovchi illatdir. Unga barham berilmas ekan jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta'siri saqlanib qolaveradi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Uchtepa tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda tuman hududida faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, targ'ibot ishlari olib borildi hamda huquqbuzarlik holatlari yuzaga kelgan taqdirda tashkil etilgan aloqa kanallari to'g'risida tushunchalar berildi.

Bu kabi profilaktik targ'ibot tadbirlari muntazam ravishda olib borilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Uchtepa #korrupsiya

🔷Korrupsiya – halokatli yo'l

Korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi jamiyatimizning har bir a‘zosiga tegishli bo‘lib, halol va vijdonan mehnat qilish, korrupsiya oqibatlari bilan kurashishdan ham ko‘ra, uni barvaqt oldini olish muhim masaladir.

Toshkent shahar soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Uchtepa tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda tumandagi gavjum savdo majmualari hududida faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, targ'ibot ishlari olib borildi hamda huquqbuzarlik holatlari yuzaga kelgan taqdirda tashkil etilgan aloqa kanallari to'g'risida tushunchalar berishdi.

Bu kabi profilaktik targ'ibot tadbirlari muntazam ravishda olib borilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram