TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.8K subscribers
12.9K photos
1.37K videos
75 files
5.32K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#savol_javob

SAVOL:

Korxona balansida mavjud bo‘lgan yer uchastkalari amortizatsiya qilinadimi?


JAVOB:

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 306-moddasi 7-qismining
1-bandiga asosan yer va tabiatdan foydalanishga doir boshqa ob'ektlar (suv, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslar) amortizatsiya qilinmaydigan aktivlar sifatida hisobga olinadi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#savol_javob

SAVOL:
Maqsadli mablag‘larga nimalar kiradi?

JAVOB:
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 48-moddasi 1- va
2-qismlariga asosan soliq solish maqsadida soliq to‘lovchi tomonidan maqsadli mablag‘larning manbai bo‘lgan shaxs tomonidan belgilangan yoki qonunchilikda belgilangan maqsadga ko‘ra foydalanish uchun olingan mol-mulk maqsadli mablag‘larga kiradi.
Maqsadli mablag‘larga jumladan quyidagilar kiradi:
1) byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar va byudjet subsidiyalari;
2) grantlar va insonparvarlik yordami;
3) maqsadli tushumlar.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#savol_javob

SAVOL:

Soliq organlarining huquqlari nimalardan iborat?

JAVOB:

Soliq organlari quyidagilarga haqli:

Soliq to‘lovchilardan va uchinchi shaxslardan soliqlarni va yig‘imlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni (axborotni), shu jumladan elektron tarzda taqdim etishini talab qilish. Ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliq tekshiruvlari va boshqa soliq nazorati tadbirlarini o‘tkazish. Soliq kodeksi 26-modda.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#savol_javob

SAVOL:

Tashkilot ijaraga beruvchi E-ijara xizmatida ro'yxatdan o'tkazgan ijara shartnomasini tasdiqlashi kerak. Tasdiqlash jarayonida ochiladigan ushbu oyna qanday to‘ldiriladi?

JAVOB:

Yuridik shaxs jismoniy shaxsdan turar joyni ijaraga olgan taqdirda ushbu oyna ochiladi.

Fuqarolarning doimiy yashashi uchun mo‘ljallangan joylar turar joy deb hisoblanadi.
❗️Sanoat ehtiyojlari uchun
turar joy binolarini ijaraga olish taqiqlanadi.
Turar-joy binolariga boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni joylashtirishga faqat bunday binolar noturar joylar turkumiga o‘tkazilgandan keyin ruxsat etiladi.
👉O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksi 9-modda

Yuridik shaxs sifatida biron faoliyatini amalga oshirish uchun turar joyni ijaraga olishdan avval uy egasi turar joyni noturar joyga o‘tkazishi, so‘ngra ijara shartnomasini rasmiylashtirishi kerak.

Yuridik shaxs o‘z xodimi yashashi uchun turar joyni ham ijaraga olishi mumkin. Bunday holda, “Xodimlar (JShShIR bo‘yicha qidirish)” qatorida ushbu turar joyda yashovchi xodim ko‘rsatiladi.

Xodimlar JShShIRini avtomatik yuklash uchun tashkilot soliq organlariga har bir xodimning batafsil ma'lumotlari aks ettirilgan JShODS bo'yicha hisobot (5-ilova) topshirishi lozim.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#savol_javob

SAVOL:

Soliq organi kameral soliq tekshiruvini oʻtkazishdan oldin bu haqda tadbirkorlik subyektini xabardor qilishi kerakmi?

JAVOB:

Nazorat qiluvchi organlar “Xavfni tahlil etish” tizimi natijalariga asosan oʻtkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida tadbirkorlik subyektini kamida 10 ish kuni oldin xabardor qilishi lozim.
👉 PQ-374-son 13.09.2022-yil (3-bandning “a” kichik bandi)

Soliq organlari tomonidan oʻtkaziladigan kameral soliq tekshiruvidan oldingi tahlilda aniqlangan tafovutlar va (yoki) xatolar boʻyicha soliq toʻlovchiga soliq hisobotiga tegishli tuzatishlar kiritish yuzasidan shaxsiy kabinet orqali xabarnoma yuboriladi.

Soliq toʻlovchi ushbu xabarnoma olingan kundan eʼtiboran 10 kun muddatda aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi shart.

Bunday majburiyatning bajarilmasligi
soliq toʻlovchida kameral soliq tekshiruvini tayinlash uchun asos boʻladi.

👉 Soliq kodeksi 138-modda

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#savol_javob

SAVOL:

Import qilingan tovar uchun 2 marta QQS to'lanadimi?

JAVOB:

- Import qilingan tovar uchun 2 marta QQS to'lanmaydi. Soliq Kodeksining 255-moddasiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasining hududi realizatsiya qilish joyi bo'lgan tovarlar xizmatlar soliq to'lovchilar sifatida soliq organlarida hisobda turmagan chet ellik shaxslar tomonidan realizatsiya qilingan taqdirda, soliq bazasi soliq agentlari tomonidan ushbu tovarlarni xizmatlarni aksizlar aksiz to'lanadigan tovarlar uchun va soliq hisobga olingan holda realizatsiya qilishdan olingan daromadning summasi sifatida aniqlanadi.

👉BATAFSIL

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#savol_javob

SAVOL:

Qaysi muddatlarda ijtimoiy soliq bo'yicha hisobot beriladi va to'lanadi?

JAVOB:

Soliq kodeksining yangi tahrirdagi 407-moddasiga asosan ijtimoiy soliq bo'yicha soliq hisoboti ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 15 kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo'yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. O'zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O'zbekiston Respublikasining norezidentlari bo'lgan yuridik shaxslar tomonidan yil yakunlari bo'yicha soliqning hisoboti hisobot yilidan keyingi yilning 25-martiga qadar taqdim etiladi. Soliqni to'lash har oyda, soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#savol_javob

SAVOL:

Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha qonunchilikka muvofiq hisobdan chiqarilgan penyalar va jarimalarning summasi daromad sifatida hisobga olinadimi?


JAVOB:

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 304-moddasining 20-bandiga asosan soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq hisobdan chiqarilgan penyalarning va jarimalarning summasi daromad sifatida hisobga olinmaydi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#savol_javob

SAVOL:

Import qilingan tovar uchun 2-marta NDS to'lanadimi?

JAVOB:

Import qilingan tovar uchun 2-marta QQS to'lanmaydi.Yangi tahrirdagi Soliq Kodeksining 255-moddasiga ko'ra Ozbekiston Respublikasining hududi realizatsiya qilish joyi bo'lgan tovarlar xizmatlar soliq to'lovchilar sifatida soliq organlarida hisobda turmagan chet ellik shaxslar tomonidan realizatsiya qilingan taqdirda, soliq bazasi soliq agentlari tomonidan ushbu tovarlarni xizmatlarni aksizlar aksiz to'lanadigan tovarlar uchun va soliq hisobga olingan holda realizatsiya qilishdan olingan daromadning summasi sifatida aniqlanadi.

👉BATAFSIL

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#savol_javob

SAVOL:

Ortiqcha to‘langan soliqni hisobga olish yoki qaytarish tartibi qanday amalga oshiriladi?

JAVOB:

Soliq bo‘yicha qarzini qoplash hisobiga soliq to‘lovchi tomonidan ortiqcha to‘langan summani ushbu Kodeksning 103-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hisobga olish soliq organlari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

Ortiqcha to‘langan soliq summasini soliq qarzini qoplash hisobiga hisobga olish to‘g‘risidagi qaror soliq organi tomonidan soliqning ortiqcha to‘langanligi fakti aniqlagan kundan e’tiboran yoki agar soliq organi va soliq to‘lovchi tomonidan u to‘lagan soliqlarni birgalikda o‘zaro solishtirish o‘tkazilgan bo‘lsa, bunday birgalikdagi solishtirish dalolatnomasi soliq organi va soliq to‘lovchi tomonidan imzolangan kundan e’tiboran yoxud sudning tegishli qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida qabul qilinadi. Soliq kodeksi 104-modda

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram