TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
67 files
4.81K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#rasmiy_munosabat

Toshkent shahar soliq boshqarmasi fuqaro S.S tomonidan soliq hisoboti to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqda qoldirilgan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi:

Korxona rahbari bo‘lgan mazkur tadbirkorga nisbatan 2023-yining iyun oyi uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobotini belgilangan muddatda soliq organiga taqdim etmaganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddasiga muvofiq, Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan va ushbu Kodeks 175-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun jarima belgilangan.

Shuningdek, jarimalar qo‘llanilishidan avval shaxsiy kabinet orqali tegishli tartib bilan ogohlantirish xati yuborilgan. Qayd etish joizki, tadbikorga nisbatan tizim tomonidan inson omili aralashuvisiz soliq organlari bazasida mavjud ma'lumotlarni tortish yo‘li bilan mustaqil ravishda ma'muriy jarima qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#rasmiy_munosabat

Soliq organlari tomonidan soliq bazasini kengaytirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish boʻyicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda. Ushbu chora-tadbirlardan biri taksi va yoʻlovchi tashish bozorini tartibga solishdir.

Avval xabar qilinganidek, joriy yilning 1-dekabridan boshlab Yandex Go xizmati Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini mahalliylashtirib, soliq rezidentiga aylandi. Shu bilan birga, mazkur servis Soliq axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishi natijasida har bir tashish xizmati uchun fiskal chek shakllantirish imkoniyati yaratildi.

Oʻtgan kunlar davomida (1 – 6-dekabr) 13,5 mlrd soʻmlik 800 483 ta chek shakllantirildi.

Oʻz navbatida, mazkur sohada bir qator yechimini topishi lozim boʻlgan masalalar saqlanib qolmoqda:

birinchidan,
taksi xizmati (Yandex Go va boshqalar) uchun naqd pul orqali toʻlov qilinganda chek berilishi yoʻlga qoʻyilmagan.

Bu borada amaliyotga tatbiq etish uchun bir nechta yechimlar ishlab chiqildi va bozor ishtirokchilariga taklif qilindi, yaqin kunlarda naqd pul orqali toʻlov qilinganida ham chek berilishi taʼminlanadi;

ikkinchidan, qolgan agregatorlarda, xususan – MyTaxi, Uklon va boshqalarda fiskal chek bugungi kungacha shakllantirilmayapti.
Ushbu agregatorlar bilan texnik integratsiyalash ishlari yakunlangan va yaqin kunlarda yoʻlovchilar ushbu xizmatlardan foydalanganda fiskal cheklarni olishni boshlashi kutilmoqda.

Bundan tashqari, respublikaning barcha hududlarida agregatorlar va taksi xizmatlarini fiskallashtirish koʻzda tutilgan;

uchinchidan, bugungi kunga qadar shakllantirilgan 13,5 mlrd soʻmlik 800 483 ta cheklarning 13,4 mlrd soʻmlik 791 100 tasi 232 ta yuridik shaxslar (Yandex Go hamkorlari va taksi kompaniyalari), 163,9 mln soʻmlik 9 383 tasi esa 1 821 nafar oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar hissasiga toʻgʻri keladi.

Bunda, tashish xizmati oʻzini oʻzi band qilgan haydovchi tomonidan koʻrsatilgan boʻlsada, tashishning barcha summasi taksopark (hamkor) aylanmasida aks etish holatlari Soliq qoʻmitasi tomonidan kuzatilmoqda.

Mazkur yoʻnalishda taksoparklar va oʻzini oʻzi band qilgan haydovchilar oʻrtasida soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida komissioner va komitentni toʻgʻri belgilash boʻyicha tushuntirish ishlari agregatorlar bilan birgalikda olib borilmoqda.

Shuningdek, ushbu sohada oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur funksiyani Soliq mobil ilovasiga qoʻshish orqali soddalashtirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
Maʼlumot uchun: yuridik shaxslar oʻzlarining shaxsiy kabinetida fiskal cheklarni tahrirlash mexanizmidan foydalanishlari mumkin. Shuningdek, Soliq kodeksining 369-moddasi 9-bandiga muvofiq, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar barcha turdagi soliqlardan ozod qilingan.

Taksi faoliyatidan rasmiy daromad shakllantirish imkoniyatining paydo boʻlganligi oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun alohida bir qator afzalliklarni keltirib chiqaradi. Jumladan, daromad toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keyinchalik ularga boshqa iqtisodiy harakatlarda (ipoteka, isteʼmol kreditlari, tovarlarni boʻlib-boʻlib toʻlash va hokazo) imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu oʻz navbatida aholining iqtisodiy faolligi oshishiga xizmat qiladi.

Soliq qoʻmitasi taksi xizmatini koʻrsatishda agregatorlar va ularning hamkorlari biznes jarayonlarini monitoring qilib bormoqda va aniq yechimlarni taklif etadi.

Shu bilan birga yoʻlovchi tashish bozorida, turli baholashlarga asosan 500 mingdan 1 mln nafargacha fuqaro toʻliq yoki qisman bandligini, shuningdek, taksilarning kundalik logistika va harakatlanishdagi ahamiyati katta ekanini hisobga olib, mazkur sohadagi munosabatlarni avtomatlashtirish va fiskallashtirish jarayonini bosqichma-bosqich va ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish zarur, deb hisoblaymiz.

Bunda, soliq qonunchiligiga rioya etilishi, soliqlarning toʻgʻri hisoblanishi va oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazorat hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga soliqlarning toʻliq tushishini taʼminlash soliq organlarining asosiy vazifalari boʻlib qoladi.
#rasmiy_munosabat

Soliq qoʻmitasining Yandex Go, MyTaxi, Uklon va boshqa taksi xizmatlari toʻlovlarini fiskallashtirish toʻgʻrisidagi xabarida o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar cheklari uchun keshbek berish to'g'risidagi ma'lumotlar e'lon qilinmagan.

Vazirlar Mahkamasining 5252-son qaroriga muvofiq avtomobil sotib olganlik uchun, temir yo‘l va avia chipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati uchun to‘lov hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan berilgan xarid cheklariga 1% keshbek berilmaydi.

Shu munosabat bilan, ijtimoiy tarmoqlarda 135 mln so‘m keshbek berilishi haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma'lum qilamiz.
————-
#официальная_информация

В сообщении Налогового комитета о фискализации платежей за поездки в сервисах Yandex Go, MyTaxi, Uklon и других служб такси, не упоминается возможность получения кешбэка за чеки, выданные самозанятыми водителями.

Согласно ПКМ №52521% возврат от суммы покупок не предусмотрен за покупки автомобилей, авиа и железнодорожных билетов, оплаты коммунальных услуг и услуг связи, а также чеков, выданных самозанятыми лицами.

Таким образом, информация в социальных сетях о возврате 135 млн сумов кешбэка не является достоверной.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#rasmiy_munosabat

Toshkent shahar soliq boshqarmasi ijtimoiy tarmoqda "Shambala" nomli umumiy ovqatlanish shoxobchasida narx-navo qimmatligi va buyurtma qilinmagan narsalar xarid chekiga kiritilganligi yuzasidan qoldirilgan murojaat bo’yicha quyidagilarni ma'lum qiladi:

Mazkur murojaat tuman soliq inspeksiyasi tomonidan o’rganib chiqilganida Mirzo Ulug’bek tumani Asaka ko’chasida joylashgan tadbirkorlik subyekti xodimi mijoz bilan hisob-kitob vaqtida QR-kodli xarid cheki taqdim etgan. Shuningdek, korxona onlayn-NKM, 2D-skaner apparati hamda barcha turdagi to’lov terminallari bilan to’liq jihozlanganligi va o’z faoliyati davomida ulardan muntazam ravishda foydalanayotganligi ma'lum bo’ldi.

"Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunininig 8-moddasiga asosan, tadbirkorlik faoliyati subyektlari o‘z tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini), bozor konyunkturasidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilanadigan narxlar va tariflar bo‘yicha yoki shartnoma asosida realizatsiya qilish huquqiga ega, deb belgilangan. Ushbu qonunning 34-moddasiga asosan, Davlat organlari, boshqa tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining qonunchilikka muvofiq (Davlat tomonidan belgilangan ayrim turdagi tovar-mahsulotlarning narxlari bundan mustasno) amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.

❗️O‘zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq, soliq organlarining vakolatiga kirmaydigan ushbu masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga murojaat qilish maqsadga muvofiq.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#rasmiy_munosabat

Toshkent shahar soliq boshqarmasi ijtimoiy tarmoqda "O’rikzor savdo kompleksi"da majburiy to’lov qilmagan tadbirkorlarga sun'iy ravishda jarima solinayotganligi yuzasidan qoldirilgan murojaat bo’yicha quyidagilarni ma'lum qiladi:

Uchtepa tumani soliq inspeksiyasi hamda "O’rikzor savdo kompleksi" MJCh xodimlari hamkorligida mazkur savdo kompleksida onlayn nazorat kassa texnikalari o‘rnatmasdan yoki ishlatmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash va bu holatni bartaraf etish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

Natijada kompleksdagi 4 nafar tadbirkorga tegishli onlayn-NKT fiskal moduli uchun to‘lov qilinmaganligi tufayli, apparat bloklanib qolgani sababi bilan ishlatilmayotganligi aniqlandi. Vazirlar Mahkamasining 943-sonli qaroriga asosan, subyektlarga o‘rnatilgan onlayn-NKTlar fiskal moduli uchun bir yillik to‘lov amalga oshirilib, ish faoliyatiga keltirilguniga qadar savdo faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Shunga ko‘ra, tadbirkorlarga onlayn-NKT soz holatga keltirilishi bilan ish faoliyatlarini davom ettirishlari mumkinligi tushuntirildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#rasmiy_munosabat

Toshkent shahar soliq boshqarmasi ijtimoiy tarmoqda "Minor" masjidi avtoturargohi pulli bo‘lgani aytilgan videolavha yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi:

Poytaxtimizning Yunusobod tumanida joylashgan "Minor" jome' masjidi avtoturargohi kirish qismida transport ulovi egalariga sana va vaqt ko‘rsatilgan maxsus talon topshirilmoqda. Turargohdan chiqishda mazkur talon tekshirilib, avtomobilini 1 soatgacha qoldirgan fuqarolardan hech qanday pul talab qilinmayapti. Ya'ni avtoturargohdan 1 soat foydalanish tekin, ammo bundan ortiq vaqt davomida avtomobilini qoldirganlardan xizmat haqi olinib, onlayn nazorat kassa texnikasidan QR-kodli chek taqdim etilmoqda.

Avtomobillarini turargohga joylashtirib, kunlab, hattoki, haftalab qoldirib ketadigan fuqarolar masjidga ibodat maqsadida kelgan insonlarga noqulaylik tug‘dirayotganligi, shuningdek, jamoat hamda avtoulovlar xavfsizligini ta'minlash uchun ham shunday yo‘l tutilgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#rasmiy_munosabat

Soliq qoʻmitasi har bir Soliq toʻlovchining fikr va mulohazalarini hurmat qiladi!

So‘nggi vaqtlarda amaliyotda ishlab turgan normalarga bir necha yengillik va oʻzgartirishlar kiritilganini buning dalili deyish mumkin.

Soliq qoʻmitasi
bundan keyin ham Soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni oʻzining muhim vazifasi deb hisoblaydi.

“Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi Hukumatga kiritilishidan oldin amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda regulation.gov.uz portali orqali jamoatchilik fikr-mulohozasini oʻrganish va takliflarini olish uchun keng jamoatchilik muhokamasidan oʻtkaziladi.

Jamoatchilik muhokamalari (tadbirkorlar, fuqarolik jamiyati institutlari, olimlar, ekspertlar va mutaxassislarning maslahatlari hamda tavsiyalari) asosida loyiha toʻliq qayta koʻrib chiqiladi va tadbirkorlik faoliyatiga salbiy taʼsir etuvchi tartib-taomillar va talablar bartaraf etilgandan soʻng loyiha Hukumatga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
————-
#официальная_информация

Налоговый комитет уважает мнение и позицию каждого налогоплательщика!

Тому свидетельством служит ряд послаблений и изменений, внедренных в действующие нормы в последнее время.

Клиентоориентированность во взаимодействии с налогоплательщиками считаем своей наиболее значимой задачей.

Прежде чем проект постановления "О реализации комплексных мер по борьбе с теневой экономикой" будет внесен в Правительство, состоится его широкое общественное обсуждение через портал regulation.gov.uz в порядке, установленном действующим законодательством, для изучения общественного мнения и получения предложений.

На основе этих общественных обсуждений (советов и рекомендаций предпринимателей, институтов гражданского общества, ученых, экспертов и специалистов) проект будет полностью пересмотрен и после внесения правок в нормы и требования, оказывающие негативное влияние на предпринимательскую деятельность, проект будет представлен на рассмотрение Правительства.
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “MALIKA” SOLIQCHILAR NAZORATIDAN CHETDAMI YOKI NAZARIDAN?! sarlavhasi ostida murojaat e’lon qilindi.

Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida Toshkent shahar soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

"PREMIUM PRIME SERVICE" MChJga qarashli “Malika” savdo kompleksida 2024-yil 1-may holatiga ko'ra Davlat xizmatlari markazidan rasmiy ro'yxatdan o'tgan holda 194 nafar Tabdirkorlik sub’ektlari faoliyat yuritadi, ularning 120 tasini yuridik shaxslar va 74 tasini yakka tartibdagi tadbirkorlar tashkil qiladi.
Savdo kompleksida 220 ta onlayn nazorat kassa va 198 ta terminal apparati o‘rnatilgan bo'lib, Joriy yilning yanvar-aprel oylari davomida ja’mi 89,9 mlrd.so‘mlik savdo tushumi tushirilgan.
2024-yil aprel oyi davomida 27,6 mlrd.so‘mlik savdo va xizmat ko‘rsatish amalga oshirilgan.

2024-yilning o‘tgan davrida fuqarolarga QR kodli chek bermaslik holatlari to‘g‘risida Soliq qo‘mitasining “Soliq hamkor” avtomatlashtirilgan dasturi orqali kelib tushgan xabarlar asosida 6 ta tadbirkorlik sub’ektining faoliyatida sayyor soliq tekshiruvlari o'tkazilib, tekshirishlar natijasiga ko‘ra 31,5 mln.so‘m moliyaviy jarima choralari qo‘llanilgan.

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentning Shayxontohur tumani bo‘limi va soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan hamkorlikdagi amalga oshirilgan tadbirlar davomida qo‘shimcha ravishda 25 ta onlayn nazorat kassa texnikasi va 3 ta terminal apparati o‘rnatilib, 248 nafar norasmiy ishlab kelgan fuqarolarning faoliyati qonuniylashtirildi hamda tadbirkorlar tomonidan savdo qoidalariga rioya etilishi yuzasidan muntazam targ‘ibot va nazorat ishlari olib borilayotganligi ma’lum qilamiz.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#rasmiy_munosabat

Joriy yilning 13-may kuni “Fiskal tahlillar” kanalida eʼlon qilingan O‘zbekistonda eng ko‘p soliq to‘lagan TOP-20 ta yirik soliq to‘lovchilar haqidagi maʼlumot, xususan, “O‘ztransgaz” AJ to‘lagan soliqlar ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

2024-yil yanvar-mart oylari uchun mavjud maʼlumotlar tahliliga ko‘ra, “O‘ztransgaz” AJ dan budjetga 418,6 mlrd so‘m soliq tushumi kutilgan, haqiqatda esa 331,9 mlrd so‘m to‘langan. Masʼul xodimlar eʼtiborsizligi sababli mazkur jamiyat tomonidan haqiqatda to‘langan emas, tushishi kutilgan soliq summasi taqdim etilgan.
Yanvar-aprel oylarida jamiyat tomonidan budjetga 351,1 mlrd so‘m soliq to‘langan. Maʼlumotlarda boshqa yirik korxonalar tomonidan to‘langan soliq summalari to‘g‘ri ko‘rsatilgan.

Maʼlumotlarni tayyorlashda eʼtiborsizlikka yo‘l qo‘ygan masʼul xodimlarga nisbatan belgilangan tartibda intizomiy choralar qo‘llanildi.

Soliq qo‘mitasi “Fiskal tahlillar” kanalida eʼlon qilinayotgan maʼlumotlar ko‘pchilik uchun qiziqarli va ayrim ilmiy doiralar uchun manfaatli bo‘layotganligidan mamnunligini hamda maʼlumotlardagi o‘zgarishlarga eʼtibor qaratgan ijtimoiy tarmoq faollariga va ommaviy axborot vositalariga minnatdorlik bildiradi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#rasmiy_munosabat

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Facebook ijtimoiy tarmog'idagi "Potrebitel.uz" da 30-iyun kuni "Botanika bog'ining bepul avtoturargohi pullik bo'ldimi" mazmunida murojaat qoldirganligi yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi:

Poytaxtimizning Yunusobod tumani Bog'ishamol ko'chasida joylashgan "Botanika" bog'iga tuman soliq inspeksiyasi mas'ul xodimlari tomonidan joyiga chiqqan holda o'rganish o'tkazilganda yuqorida keltirilgan murojaat o'z tasdig'ini topgan. Voyaga yetmagan E.M tomonidan o'z boshimchalik bilan noqonuniy avtoturargoh tashkil qilinganligi va E.M tashrif buyurgan fuqarolarning avtomashinalarini vaqtinchalik saqlagani uchun go'yoki avtoturargoh pullik bo'lganini vaj qilib pul talab qilgani aniqlangan. Soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan E.M ni voyaga yetmaganligi inobatga olinib suhbat o'tkazilgan va bunday faoliyat noqonuniy ekanligi yuzasidan tushuntirish berilgan hamda holat to'liq nazoratga olingan.

Soliq kodeksining 221-moddasiga asosan, nazorat-kassa texnikasining va (yoki) hisob-kitob terminallarining qo‘llanilishi majburiy bo‘lgani holda, ularni qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xuddi shuningdek sotib oluvchiga kvitansiyalar yozib berish, talonlarni, cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni berish majburiy bo‘lgani holda bunday hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, shuningdek hisob-kitob terminallari orqali to‘lovlarni qabul qilishni rad etganlik — besh million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Davlat soliq xizmati organlari Qashqadaryo viloyatida joylashgan maktablardan birida bo‘lgan holatni noo‘rin xatti-harakat deb hisoblaydi va keskin qoralaydi.

Kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi.
____________
#официальная_информация

Органы государственной налоговой службы считают недопустимой и резко осуждают ситуацию, сложившуюся в одной из школ Кашкадарьинской области.

По данному факту назначена служебная проверка.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#rasmiy_munosabat

Tuhmatga ishonib qolmang

Joriy yilning 14-sentabr kuni "Daryo" internet nashrida “Qashqadaryoda soliq inspektorlari restoranda qarzga yeb-ichdi. Pulini so‘ragan tadbirkorga tekshiruv tashlab yopishga urindi, o‘zini esa 6 sutkaga qamatdi” nomli maqola e'lon qilindi.

Dastlabki oʼrganishda, Koʼkdala tumani soliq inspeksiyasining xodimlari 2024-yil 12-avgust kuni tumandagi “Xondamir farovonlik fayzi” MChJga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasida taomlanishgan va toʼlovni qarz sifatida yozdirib ketib (davlat xizmatchisi odob-axloq qoidalariga zid), 14-avgust kuni qarz toʼlangan.

“Xondamir farovonlik fayzi” MChJning budjetdan 8 272 730 soʼm soliq qarzi mavjudligi sababli soliq inspeksiyasi xodimlari Q.Normurodov va А.Mamatovlar 2024-yil 8-avgustdagi 713148-son qaror asosida 19- avgustda mol-mulk xatloviga borganida, jamiyat ish yurituvchisi А.Yangiboyev tomonidan qarshilik koʼrsatilgan.

Shundan soʼng, soliq xodimlari ushbu holat yuzasidan qonuniy chora koʼrish uchun huquqni himoya qilish organlariga tegishli hujjatlarni taqdim etgan. Jinoyat ishlari boʼyicha Koʼkdala tumani sudi tomonidan jamiyat ish yurituvchisi А.Yangiboyevga 6 sutka maʼmuriy qamoq jazo chorasi tayinlangan. Ushbu qarordan norozi boʼlgan fuqaro А.Yangiboyevning arizasiga asosan apellyatsiya shikoyatidan soʼng jazo chorasi 3 sutkaga kamaytirilgan.

Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi.

Hurmatli ommaviy axborot vositalari va blogerlardan tasdiqlanmagan va yolgʼon maʼlumotlardan foydalanmaslikni, shuningdek, asoslanmagan, mish-mish va gumonlarni tarqatmasliklarini soʼraymiz.
Unutmang, xolislik, ishonchlilik, betaraflik — professional jurnalistikaning eng oddiy va mantiqiy qoidasi, qonunchilikning asosiy prinsipidir!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#rasmiy_munosabat

Joriy yilning 28-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Menga yordam kerak…Qonunda belgilangan tartibda kiritilgan advokatlik so’roviga Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig’i javob berishini lozim topmadi….” mazmunidagi xabar e’lon qilindi.

Bunga javoban quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Toshkent shahar soliq boshqarmasiga 2024-yilning 20-avgust kuni "ADVOCAT RBA" advokatlik firmasining 2024-yil 19-avgustdagi №03-03/31-sonli advokatlik so'rovi kelib tushgan.
Mazkur advokatlik so'rovnomasiga Toshkent shahar soliq boshqarmasi tomonidan 2024-yil 26-avgust kuni 16-209029-sonli xat asosida javob berilgan.

Soliq organining mazkur javob xati, O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 56-moddasi talablari doirasida "ADVOCAT RBA" advokatlik firmasining shaxsiy kabineti faol holatda bo'lganligi hamda advokatga tezkorlik bilan javob berilishi maqsadida, elektron pochta manzili orqali yuborilganligini ma’lum qiladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#rasmiy_munosabat

4-oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim sahifalarda Toshkent shahar, Olmazor tumanida joylashgan Qoraqamish qush bozordagi "Real City" erkaklar kiyimi do'koni soliq yashirishga urinyaptimi?" mazmunidagi xabarlar e'lon qilindi.

Poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan "Real City" erkaklar kiyimi do'konidagi ushbu holat tuman soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan o'rganildi. 

Holatga ko'ra tadbirkor D.M ga tegishli bo'lgan ushbu kiyim kechak do'konida xaridor sotib olgan mahsuloti uchun bank kartadan pul to'lashini taklif qilgan va sotuvchi onlayn nazorat kassa mashinasini quvvati yo'qligi sababli bir oz vaqt kutish kerakligini iltimos qilgan, lekin xaridor shoshib turgani va kutishga vaqti yo'qligini aytgan. Bu vaziyatni inobatga olgan xolda sotuvchi xaridordan to'lovni kartaga o'tkizib berishi so'ragan.

Tadbirkorga qonuniy ishlash yuzasidan profilaktik suhbat o'tkazilib, huquqbuzarlik uchun belgilangan jazo choralari to'g'risida ogohlantirildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent shahar soliq boshqarmasining bitta shu iltimosnomasiga asosan 50 ga yaqin ishlarni qaytadan ko'rilishi uchun sud muddatlarni tiklab berildi” mazmunidagi xabarlar tarqaldi.

Bunga javoban shuni ma’lum qilamizki, boshqarma tomonidan 1-instansiya sudlarining qarorlari va yuqori instansiya sudlariga shikoyat yo’llash bo’yicha o’tkazib yuborilgan ishlarning muddatini tiklash bo’yicha iltimosnoma kiritilgan.

O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeksning 120-moddasida “Sud ushbu kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan, o'tkazib yuborilgan protsessual muddatni, agar u o'tkazib yuborilish sabablarini uzrli deb topsa, ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasiga ko'ra tiklashga haqli. O'tkazib yuborilgan protsessual muddatni tiklash haqida yoki tiklashni rad etish to'g'risida ajrim chiqariladi. Mazkur muddatni tiklash haqidagi yoki tiklashni rad etish to'g'risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin” deb belgilangan.

Yuqoridagi normaga asosan sud qonun talablari doirasida ish olib borganini ma’lum qilamiz.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#rasmiy_munosabat

Soliq qo‘mitasi Raisi nomidan
Telegram orqali feyk xabarlar yuborilmoqda!

Sherzod Kudbiyev barchani ogohlikka va firibgarlarga ishonmaslikka chaqirdi❗️
__________
#официальная_информация

В Telegram от имени председателя Налогового комитета рассылаются фейковые сообщения.

Шерзод Кудбиев призвал быть бдительными и не доверять злоумышленникам❗️

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat #raqamli_markirovka

Ijtimoiy tarmoqlarda suv va salqin ichimliklar ishlab chiqaruvchilari uyushmasi Soliq qoʻmitasidan markirovkalangan tovarlar agregatsiyasi bosqichini kechiktirib turishni soʻrayotgani haqida xabar e'lon qilindi.

Bu haqda Soliq qoʻmitasiga yuborilgan murojaat 30-oktabrda kelib tushgan.

Koʻtarilgan masalalarga aniq va asoslangan javob va tushuntirishlar berish maqsadida tayyorgarlik koʻrish lozim va mazkur uchrashuv noyabr oyining ikkinchi dekadasida oʻtkazilishi rejalashtiriladi.

Ushbu uchrashuv boʻlguniga qadar hamda Soliq organlari maʼlumotlar bazasi koʻchirilayotganini inobatga olgan holda suv va salqin ichimliklarni agregatsiyalashga majburiy talablari qoʻllanilmasligi maʼlum qilinadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads