TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.85K subscribers
12K photos
1.27K videos
70 files
4.82K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bektemir #sayyor_qabul

🔹Sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlar o'z yechimini topmoqda

Toshkent shahar sektor rahbarlari tomonidan poytaxtimiz tumanlarida o'tkazib kelinayotgan sayyor qabullar aholi bilan bog'liq muammolarning yechim topishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, joriy yilning 11-iyul kuni  Bektemir tumanidagi Profi universitetida Poytaxtimizning sektor rahbarlari hamda tumandagi o'z muammolariga yechim izlab kelgan fuqarolarning 37 nafarini murojaatlari tinglandi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Sayyor_qabul

🔷Inson qadrini aziz bilgan yurt

🔸Joriy yilning 25-iyul kuni Mirobod tumanida aholini qiynab kelayotgan muammolariga yechim topish maqsadida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi. Toshkent shahar huquqni muhofaza qilish organi rahbarlari bevosita ishtirok etib, murojaatlar birma-bir tinglandi hamda aksariyati shu yerning o'zida bartaraf etildi.

Jumladan, 70 nafardan ziyod fuqarolar Prokuratura, Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Adliya hamda Sud tizimi rahbariyatiga, 10 nafari esa Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'iga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qildi. Soliq bilan bog'liq muammolar, doimiy daromadga ega bo'lish uchun ishga joylashish, kadastr bilan bog'liq masalalar shu yerning o'zida hal etilib, vaqt talab qiladigan muammolar tegishli tashkilotlarga yo'naltirildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

🔷Inson qadrini aziz bilgan yurt

🔸Mirobod tumanida aholini qiynab kelayotgan muammolariga yechim topish maqsadida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Axborot 24 | Aholi murojaatlari hal etilmoqda

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish
#sayyor_qabul

2024-yil yanvar-iyul oylarida
sayyor qabullarda 44 mingdan ortiq murojaat hal etildi

2024-yil yanvar-iyul oylarida Soliq xizmati organlarining hududiy 4-sektori respublika bo‘yicha o‘tkazilgan 7 381 ta sayyor qabullarda 56 778 ta murojaat yo‘llangan.

Shundan:
▫️hal etilgan – 44,6 mingta (78,7 %);
▫️tushuntirish berilgan – 9,1 mingta (16,1 %);
▫️o‘rganish jarayonida – 2,9 mingta (5,1 %);
▫️rad etilgan – 62 ta (0,1 %).

Eng ko‘p sayyor qabul o‘tkazilgan hududlar – TOP-3:
📍Qashqadaryo viloyati 670 ta;
📍Toshkent viloyati 664 ta;
📍Farg’ona viloyati 663 ta.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#sayyor_qabul #olmazor

🔷INSON QADRI ULUG'DIR

Inson manfaati – oliy qadriyat! Aholi muammolarini yechishning mutlaqo yangi, samarali tizimini yaratish maqsadida xalq orasiga kirishini ta’minlaydigan ommaviy sayyor qabullar odamlar hayotida muhim o‘rin tutmoqda, 16-avgust kuni Olmazor tumani 4-sektor rahbari tomonidan “Shifokorlar" mahalla aholisi uchun navbatdagi ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.

O‘tkazilgan qabulda jami 10 nafar fuqarolar qabul qilingan bo‘lsa, ulardan 4 nafarining murojaati o‘rganish uchun nazoratga olindi, hamda 6 nafar fuqaroning muammosi joyida hal etilishi ta’minlandi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Sayyor_qabul #Olmazor

🔷Inson manfaatlari hamma narsadan ustun

🔸Joriy yilning 22-avgust kuni Olmazor tumanida aholini qiynab kelayotgan muammolariga yechim topish maqsadida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi. Toshkent shahar huquqni muhofaza qilish organi rahbarlari bevosita ishtirok etib, murojaatlar birma-bir tinglanib, aksariyati shu yerning o'zida bartaraf etildi.

Jumladan, fuqarolar Prokuratura, Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Adliya hamda Sud tizimi rahbariyatiga,13 nafar fuqaro esa Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i o'rinbosariga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qildi. Soliq bilan bog'liq muammolar, sog'ligini tiklash uchun dori darmon vositalari, doimiy daromadga ega bo'lish uchun ishga joylashish, kadastr bilan bog'liq masalalar shu yerning o'zida hal etilib, vaqt talab qiladigan muammolar tegishli tashkilotlarga yo'naltirildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul #Olmazor

🔷Inson manfaatlari yo'lida

🔸22-avgust kuni Olmazor tumanida aholini qiynab kelayotgan muammolariga yechim topish maqsadida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi. Toshkent shahar huquqni muhofaza qilish organi rahbarlari bevosita ishtirok etib, murojaatlar birma-bir tinglanib, aksariyati shu yerning o'zida bartaraf etildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Sayyor_qabul #Sergeli

🔹Sayyor qabulda aholining murojaatlari oʻrganib chiqildi

🔸Sergeli tumani 4-sektor hududida joylashgan 12-sonli Oilaviy poliklinikada Toshkent shahar Xalq qabulxonasi mudiri hamda 4-sektor rahbari tomonidan aholi muammolari oʻrganilib, ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi.

Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari hal etish yuzasidan nazoratga olinib, ularga huquqiy tushunchalar berildi.

Shuningdek, Toshkent shahar Sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan aholi uchun bepul tibbiy koʻrik ham tashkil etildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Sergeli #sayyor_qabul

🔹Sayyor qabullar murojaatlarga ijobiy yechim topish uchun qulay muhit

O'tayotgan har bir sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i tomonidan o'tkazib kelinayotgan sayyor qabullar aholi bilan bog'liq muammolarning yechim topishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, joriy yilning 6-sentabr kuni Sergili tumanidagi Uchuvchilar mahallasida boshqarma boshlig'i tomonidan o'z muammolariga yechim izlab kelgan fuqarolarning 35 nafarini murojaatlari tinglandi.

Ushbu qabulda 8 ta murojaat shu yerning o'zida hal etildi. Jumladan, 4 ta fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlari berilgan bo'lsa, 1 nafar murojaatchiga o'zini o'zi band qilishi uchun tikuv mashinasi berildi. Uy-joy bilan bog'liq 4 ta murojaatga tushunchalar berilgan bo'lsa, qolgan vaqt talab etiladigan muammolar tegishli tashkilotlarga yo'naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram