TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
67 files
4.81K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Mirobod #korrupsiya

🔷Mirobod tumani soliq inspeksiyasi xodimlari bilan profilaktik suhbat tashkil etildi

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ul xodimlari tomonidan MIrobod tumani soliq inspeksiyasi Shaxsiy tarkibi bilan profilaktik davra suhbati o‘tkazildi.

Xodimlarga ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya etishlari, belgilangan ish vaqtida yuzaga keladigan har qanday munosabatlar mehnat qonunchiligi bilan tartibga solinishi, ish vaqtida xizmat vazifasi bilan band bo‘lishlari, soliq to‘lovchilardan kelib tushadigan murojaatlarni qanoatlantirishda vakolatlari doirasidan chetga chiqmasliklari, fuqarolar bilan munosabatda davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari borasida tushuntirishlar berishdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirobod #korrupsiya

🔷Bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlardan kelib chiqib, Soliq xizmati organlarida ham bu illatning oldini olish va bartaraf etish nuqtai nazaridan muntazam ravishda targ'ibot ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi mas'ul xodimlari tomonidan aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, davlat hamda jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olish maqsadida Mirobod tumani dehqon bozorida tushuntirish-profilaktik ishlari o'tkazildi.

Olib borilgan tushuntirish ishlari davomida tadbirkorlik subyektlariga korrupsiyasa to'g'risida xabar berish yuzasidan “Ishonch raqamlari” va maxsus telegram bot manzillari ko‘rsatilgan qo'llanmalar tarqatildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yashnobod #Yakkasaroy #Mirobod #Bektemir
#yashil_makon

🌱Shuningdek, loyiha doirasidagi xuddi shunday koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari poytaxtimiz boʻylab, jumladan, Yashnobod, Yakkasaroy hamda Mirobod tumanlaridagi mahallalarda ham koʻtarinki tarzda davom etdi.

Bugun ekilayotgan ushbu koʻchatlar kelgusida ekologiyani muhofaza qilish, poytaxtimizning yashil hududini yanada kengaytirish va yurtimiz havosining musaffoligini saqlab qolishga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirobod #4_sektor #sarhisob

🔷Mirobod tuman hokimligining boshqaruv xodimlari va sektor rahbarlari uchun ekspress-trening tashkil etildi

Joriy yilning 23-aprel kuni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojantirish agentligining Toshkent shahar filiali rahbari boshchiligida Mirobod tumani hokimligi xodimlari uchunekspress-trening tashkil etildi.

Tadbir avvalida "Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari faoliyati samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-49-sonli Farmon mazmun-mohiyati va unda belgilangan vazifalarni amalga oshirish mexanizmlari tushuntirildi. Shundan so‘ng, boshqaruv qarorlarini qabul qilish, jamoada natijadorlikka erishish, shaxsiy rivojlanish va faoliyat samaradorligini oshirish kabi bugungi kun davlat xizmatchilari uchun zarur bo‘lgan yo‘nalishlarda ma’lumotlar berildi.

Treningni o‘tkazishdan maqsad — hokimyat xodimlari o‘z ishini samarali olib borish jarayonini jadallashtirish, hokim va uning jamoasini yagona maqsad yo‘lida o‘zaro birlashtirish, hokimlik va sektor rahbarining samarali faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni berishdan iborat.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirobod #sayyor_qabul

Sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlar o'z yechimini topmoqda

Toshkent shahar sektor rahbarlari tomonidan poytaxtimiz tumanlarida o'tkazib kelinayotgan sayyor qabullar aholi bilan bog'liq muammolarning yechim topishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, Toshkent shahar 4-sektor rahbari ko'rsatmasi bilan joriy yilning 24-aprel kuni  Mirobod tumanidagi yordamga muhtoj aholining, shuningdek, maktab bitiruvchilarining murojaatlari ham tinglanib, ularning kelajakda kasb egalari bo'lishi, Oliy ta'lim muassasalariga kirishi hamda shartnoma to'lovlarini to'lashi uchun Prezidentimiz tomonidan berilgan yengillik va imtiyozlar haqida tushunchalar berib o'tildi.

Ushbu ommaviy sayyor qabulda 24 ta murojaat shu yerning o'zida hal etilgan bo'lsa, vaqt talab qiladigan muammoli masalalar tegishli tashkilotlarga yo'naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirobod #korrupsiya

🔹Biz korrupsiyaga qarshimiz!

Korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur illat davlatning turli sohalariga, xususan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi imiji va investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Xususan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi mas'ul xodimlari tomonidan Mirobod tumanidagi jamoat joylarida aholining bu boradagi huquqiy savodxonligini oshirish bo'yicha tushuntirish-profilaktik ishlari olib borildi.

Targ'ibot tadbiri fuqarolar bilan suhbat o'tkazildi va mazkur holatlarga duch kelinganda qayerga murojaat qilish kerakligi to'g'risida qo'shimcha ma'lumotlar berilib, maxsus qo'llanmalar tarqatildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirobod #seminar #qonunchilikdagi_yangiliklar #barqarorlik_reytingi

🔷 Mirobod tumanida tadbirkorlar uchun seminar tashkil etildi

Soliq qonunchiligi normalarining bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash, ular toʻgʻrisida tadbirkorlarga batafsil maʼlumotlar taqdim etish hamda soliq toʻlovchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berish yuzasidan poyataxtimizning turli manzillarida seminar va davra suhbatlari oʻtkazilmoqda.

Xususan, joriy yilning 8-may kuni Mirobod tumanida Toshkent shahar soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan ana shunday tadbirlardan biri oʻtkazilib, unda 40 nafardan ortiq tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdi. Seminardagi Soliq qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar haqida toʻliq tushuncha berilib, kichik biznesni rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar samarasiga ham toʻxtalib oʻtildi.

Shuningdek, yaqindagina joriy qilingan tadbirkorlarning barqarorlik reytingi yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirobod #korrupsiya

🔹Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga katta to'siq unga qarshi birga ko'rashamiz

Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning barcha sohalari rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, taraqqiyotni sekinlashtiradi, davlatni ich-ichidan yemirib boradi, huquq va manfaatlar buzilishiga sabab bo'ladi.

Bu borada mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning barcha huquqiy asoslari yaratilgan.

Xususan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Mirobod tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida Mirobod tumanidagi savdo majmualarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib,ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirobod #yoshlar_bilan_uchrashuv

🔷Poytaxtimizning Mirobod tumanidagi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Mirobod tumani soliq inspeksiyasi boshlig'i hamda ichki ishlar masullari birgalikda tumanda yashovchi 14 nafar IIO FMB probatsiya guruhida "ahvoli og'ir" toifasidagi qayta tarbiyalanayotgan yoshlar bilan uchrashdi va ularni qiynayotgan muammolarini o'rganish yuzasidan sayyor qabul tashkil etildi.

Qabulda yoshlarning muammolarini o'zlarining takliflari bo'yicha yechim topish uchun tuman hokimligi, Yoshlar agentligi hamda boshqa tegishli tashkilotlarga zarur ko'rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Yoshlardan, 2 nafarining murojaati shu yerning o'zida ijobiy hal qilindi. Asosan, doimiy daromad manbaiga ega qilish, kasbga o'qitish hamda uy-joy bilan ta'minlash kabi takliflar kelib tushganligi inobatga olinib, amalga oshirilishi zarur bo'lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Teletahlil #Mirobod

🔷Bugun shahrimizda amalga oshirilayotgan isloxotlar zamirida poytaxtimiz tumanlari kundan-kunga rivoj topib bormoqda.

Mirobod tumani 4-sektor tomonidan aholi bandligini ta'minlash, yangi ish o'rinlari yaratish tadbirkorlikni rivojlantirish borasida ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#stol_tennisi #Mirobod

🔷Mahallalar aro stol tennisi musobaqalari davom etadi

🔸Toshkent shahar tumanlarida davom etayotgan stol tennisi boʻyicha mahallalar aro ochiq musobaqaning navbatdagisi Mirobod tumanida o'tkazildi. Unda tumandagi mahallalardan 70 nafardan ziyod oʻgʻil qiz havaskor sportchilar qatnashdi.

Musobaqada gʻolib va sovrindorlarni tuman soliq inspeksiya rahbariyati va stol tennisi Toshkent shahar ijrochi direktori taqdirladi.
Musobaqa gʻoliblari keyingi bosqich yoʻllanmasiga ega bo'ldilar.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirobod #korrupsiya

🔹Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga katta to'siq unga qarshi birga ko'rashamiz

Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning barcha sohalari rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, taraqqiyotni sekinlashtiradi, davlatni ich-ichidan yemirib boradi, huquq va manfaatlar buzilishiga sabab bo'ladi.

Bu borada mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning barcha huquqiy asoslari yaratilgan.

Xususan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Mirobod tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida Mirobod tumanidagi savdo majmualarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib,ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirobod #faxriylar #stol_tennisi

🔷Sport bu do'stlik

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston stol tennisi Raisi tashabbusi bilan Davlat soliq xizmati va Stol tennisi federatsiyasi hamkorlikda Respublika bo'ylab aholining turli qatlamlarini sportga jalb etish maqsadida doimiy stol tennisi musobaqalar oʻtkazib kelmoqda.

Kecha ana shunday tadbirlardan biri poytaxtimizning Mirobod tumanida stol tennisi boʻyicha faxriylar oʻrtasida Oʻzbekiston birinchiligi tashkil etildi. Ushbu ochiq musobaqada qoʻshni Qozogʻiston va Qirgʻiz Respublikalaridan ham stol tennisi ishqibozlari ishtirok etib, jami 120 nafarga yaqin faxriy sportchi oʻz yosh toifalariga toʻgʻri keladigan raqiblari oʻzaro bellashdilar.

Qizgʻin va doʻstona ruhda oʻtgan bahslarda kuchli uchlikka kira olgan faxriylarga Oʻzbekiston Stol tennisi federatsiyasining diplom esdalik sovgʻalari topshirildi.

Musobaqadan koʻzlangan maqsad hamyurtlarimizni boʻsh vaqtlarini koʻproq sportga jalb etish orqali ularni salomatligini mustahkam boʻlishiga oʻz hissamizni qoʻshish va stol tennisini aholi orasida yanada ommalashtirishdan iborat.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mirobod #faxriylar #stol_tennisi

Sport bu do'stlik

Mirobod tumanida stol tennisi boʻyicha faxriylar oʻrtasida Oʻzbekiston birinchiligi tashkil etildi. Ushbu ochiq musobaqada qoʻshni Qozogʻiston va Qirgʻiz Respublikalaridan ham stol tennisi ishqibozlari ishtirok etib, jami 120 nafarga yaqin faxriy sportchi oʻz yosh toifalariga toʻgʻri keladigan raqiblari oʻzaro bellashdilar.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mirobod #stol_tennisi #faxriylar #Tv

Axborot 24 |
Stol tennisi bo'yicha faxriylar o'rtasida musobaqa

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mirobod #stol_tennisi #faxriylar

Sport tv | Stol tennisi bo'yicha faxriylar o'rtasida musobaqa

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirobod #korrupsiya

🔹Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga katta to'siq unga qarshi birga ko'rashamiz

Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning barcha sohalari rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, taraqqiyotni sekinlashtiradi, davlatni ich-ichidan yemirib boradi, huquq va manfaatlar buzilishiga sabab bo'ladi. Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning barcha huquqiy asoslari yaratilgan.

Xususan, 22-avgust kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Mirobod tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida Mirobod tumanidagi savdo majmualarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib,ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Soliq_tushumlari #Korrupsiya #yashirin_iqtisodiyot #Mirobod

🔷Soliqlarni tushumlari

Joriy yilning 12-sentabr kuni Mirobod tumani soliq inspeksiyasida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari A.Ganiyev hamda Poytaxt soliq boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari J.Maxmadustov boshchiligida shaxsiy tarkib xodimlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda byudjetga soliqlarni sifatli undirish, soliq ma'murchiligini salmog'ini kengaytirish mahallabay tizimida ish samaradorligini ko'tarishga katta e'tibor qaratilishi ta'kidlandi. Bundan asosiy ko'zlangan maqsad yashirin iqtisodni oldini olish hamda tadbirkorlarga ko'mak ko'rsatishdir.

Tadbirda, ish faoliyatlarida zimmalariga yuklatilgan vazifalarga vijdonan yondashgan holda korrupsiya holatlariga yo’l qo'ymaslik to'g'risida barcha xodimlar ogohlantirildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirobod #korrupsiya

Korrupsiyaga qarshi kurashishga barchamiz mas'ulmiz

Korrupsiya illati har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazib, inson huquq va erkinliklarining poymol bo'lishiga olib keladi. Soliq tizimida ham korrupsiyaga qarshi kurashishda maqsadli va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari tomonidan muntazam targ'ibot tadbirlari o'tkazib kelinmoqda. Xususan, Mirobod tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda tuman hududida joylashgan savdo majmualarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berishdi.

Korrupsiyaga qarshi targ'ibot tadbirlari muntazam ravshida shahrimizning barcha hududlarida o'tkazib kelinmoqda

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirobod #seminar #qonunchilikdagi_yangiliklar #barqarorlik_reytingi

🔷Mirobod tumanida soliq to'lovchilar uchun seminar tashkil etildi

Joriy yilning 6-noyabr kuni Mirobod tumani hokimligida Toshkent shahar soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan Soliq qonunchiligi normalarining bir xilda qo'llanilishini ta'minlash, tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-son "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan to'rtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni hamda soliq qonunchiligiga kiritilgan o'zgarishlar va qo'shimchalarning mazmun va mohiyatini tadbirkorlik subyektlariga, tuman soliq inspeksiyasining mahallalarga biriktirilgan soliq inspektorlari sho'basi barcha xodimlarga yetkazish maqsadida seminar tashkil etildi.

Jumladan, tadbirkorlarning barqarorlik reytingi yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi hamda Soliq qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar haqida toʻliq tushuncha berilib, kichik biznesni rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar samarasiga ham toʻxtalib oʻtildi.

Shuningdek, Tadbir davomida Soliq qonunchiligi normalarining bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash yuzasidan tadbirkorlarga batafsil maʼlumotlar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram