TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.67K subscribers
13.9K photos
1.49K videos
82 files
5.83K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#soliq_kodeksi

37-bob. Soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi.
Soliq hisobotini taqdim etish tartibi.

267-modda. Hisobga olinmaydigan soliq summasi

Tovarlarni (xizmatlarni) olish (olib kirish) chog‘ida soliq to‘lovchi tomonidan to‘langan soliq summasi ushbu Kodeksning 266-moddasiga muvofiq quyidagi hollarda hisobga olinmaydi:

1) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmalari ushbu bo‘limga muvofiq soliq solishdan ozod etilgan tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish (xizmatlar ko‘rsatish) uchun mo‘ljallangan asosiy vositalar, ko‘chmas mulk obyektlari va nomoddiy aktivlar sotib olinganda (olib kirilganda);

👉BATAFSIL 👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
1
#soliq_kodeksi

37-bob. Soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi.
Soliq hisobotini taqdim etish tartibi.

268-modda. Soliq solishdan ozod etiladigan realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma mavjud bo‘lganda soliq summasini hisobga olish uchun qabul qilish tartibi

Agar soliq to‘lovchi soliq solinadigan va soliq solishdan ozod etiladigan aylanmalarni amalga oshirsa, soliq solinadigan aylanmaga to‘g‘ri keladigan soliq summasi hisobga olish uchun qabul qilinadi.

Hisobga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan soliq summasi soliq to‘lovchining tanloviga ko‘ra alohida-alohida usulda va (yoki) mutanosib usulda aniqlanadi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
1
#soliq_kodeksi

37-bob. Soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi.
Soliq hisobotini taqdim etish tartibi.

269-modda. Hisobga olish uchun qabul qilingan soliq summalariga tuzatish kiritish

🔹Ilgari tovarlarni (xizmatlarni) olish chog‘ida hisobga olish uchun qabul qilingan, olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha soliq summasiga quyidagi hollarda tuzatish kiritilishi lozim:

1) tovarlardan (xizmatlardan) kelgusida soliq solishdan ozod etilgan aylanma uchun foydalanilganda;
2) ular buzilganda yoxud qonunchilikka muvofiq vakolatli organ tomonidan, ular yo‘qligida esa soliq to‘lovchi tomonidan belgilangan tabiiy kamayish normalaridan ortiqcha yo‘qotilgan taqdirda. Ushbu bandning qoidasi favqulodda holatlar (tabiiy ofat, yong‘in, avariya, yo‘l-transport hodisasi va boshqa shu kabi holatlar) munosabati bilan tovarlarning buzilishiga yoxud yo‘qotilishiga nisbatan tatbiq etilmaydi;

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

37-bob. Soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi.
Soliq hisobotini taqdim etish tartibi.

270-modda. Asosiy vositalarning ayrim obyektlari, ko‘chmas mulk obyektlari va nomoddiy aktivlar bo‘yicha hisobga olish uchun qabul qilingan soliq summalariga tuzatish kiritish

🔹Ushbu Kodeksning 266-moddasi uchinchi va to‘rtinchi qismlarida ko‘rsatilgan obyektlar bo‘yicha hisobga olish uchun qabul qilingan soliq summasiga ushbu Kodeksning 267-moddasiga muvofiq obyektlardan kelgusida foydalanilgan taqdirda tuzatish kiritilishi lozim, bundan to‘liq amortizatsiya qilingan yoki ishga tushirilgan paytidan e’tiboran o‘n yildan ortiq vaqt o‘tgan obyektlar mustasno.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
1
#soliq_kodeksi

37-bob. Soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi.
Soliq hisobotini taqdim etish tartibi.

271-modda. Majburiyatlarni hisobdan chiqarishda hisobga olish uchun qabul qilingan soliq summalariga tuzatish kiritish

🔹Tovarlarni (xizmatlarni) olishda ilgari hisobga olish uchun qabul qilingan soliq summasi, agar bunday tovarlarga (xizmatlarga) haq to‘lash bo‘yicha majburiyat ushbu Kodeksning 313-moddasiga muvofiq bunday tuzatish amalga oshirilgan soliq davrida hisobdan chiqariladi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

37-bob. Soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi.
Soliq hisobotini taqdim etish tartibi.

272-modda. To‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi

🔹Budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi har bir soliq davri yakunlari bo‘yicha, ushbu Kodeksning 265-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan, ushbu bobga muvofiq hisobga olinishi va tuzatish kiritilishi lozim bo‘lgan summalar hisobga olingan holda hisoblab chiqariladi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

37-bob. Soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi.
Soliq hisobotini taqdim etish tartibi.

🔹273-modda. Soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi

Soliq to‘lovchilar, agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq hisobotini o‘zlari soliq hisobida turgan joydagi soliq organlariga o‘tgan soliq davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirilmagan muddatda taqdim etishlari shart.

Ushbu Kodeksning 272-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliqni to‘lash agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq hisobida turilgan joy bo‘yicha har bir soliq davrining yakunlariga ko‘ra, soliq hisoboti taqdim etishlari muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar
soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

37-bob. Soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi.
Soliq hisobotini taqdim etish tartibi.

🔹274-modda. Soliqning o‘rnini qoplash

Ushbu Kodeksning 272-moddasiga muvofiq o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan soliq summasi, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq bo‘yicha kelgusi to‘lovlar hisobidan hisobga olinadi.

Soliq to‘lovchi o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan soliq summasini qaytarishga doir soliq hisobotini taqdim etishda soliq organlarini bu haqda xabardor qilgan holda, soliqning salbiy summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) uchun murojaat qilish huquqiga ham ega bo‘ladi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

38-bob. Alohida hollarda soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari

🔹275-modda. Birgalikdagi faoliyat, ishonchli boshqaruv yoki konsessiya bitimi doirasida operatsiyalarni amalga oshirishda soliqni hisoblab chiqarish va to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari

Agar oddiy shirkat shartnomasining (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnomaning) ishtirokchilaridan hech bo‘lmaganda bittasi O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsi yoxud yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lsa, soliq solish maqsadida birgalikdagi faoliyat doirasida amalga oshiriladigan hamda ushbu Kodeksning 239-moddasiga muvofiq soliq solinishi lozim bo‘lgan operatsiyalarning umumiy hisobini yuritish shunday ishtirokchi (bundan buyon ushbu moddada ishonchli shaxs deb yuritiladi) tomonidan amalga oshirilishi kerak.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

38-bob. Alohida hollarda soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari

276-modda. Qayta tashkil etilganda soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari

Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda uning soliq majburiyati ushbu moddada belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda, ushbu Kodeksning 92-moddasiga muvofiq o‘zining huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) tomonidan bajariladi.

👉BATAFSIL
👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram