TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.71K subscribers
13.6K photos
1.46K videos
80 files
5.69K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#EHF #QQS

Elektron hisobvaraq-fakturalarni oʻz vaqtida toʻldirish shart

EHF tovarlar joʻnatilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar koʻrsatilgan kalendar sanada rasmiylashtirilishi shart.
👉 VMQ-489-son 14.08.2020

EHF quyidagilar uchun kalendar oyning soʻnggi kuni bilan mazkur oy davomida amalga oshirilgan operatsiyalar uchun bir marta taqdim etiladi:

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#EHF #QQS

Elektron hisobvaraq-fakturalarni oʻz vaqtida toʻldirish shart

EHF tovarlar joʻnatilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar koʻrsatilgan kalendar sanada rasmiylashtirilishi shart.
👉 VMQ-489-son 14.08.2020

EHF quyidagilar uchun kalendar oyning soʻnggi kuni bilan mazkur oy davomida amalga oshirilgan operatsiyalar uchun bir marta taqdim etiladi:

⚡️elektr va (yoki) ☀️issiqlik energiyasi;
💦suv;
🔥 gaz;
🏠kommunal va 📞 aloqa xizmatlari;
🚉temir yoʻlda tashish;
🚗transport-ekspeditorlik xizmatlari;
🏗quvurlar tizimi orqali yuklarni tashishga doir xizmatlar;
✔️tovar (xizmat)lar doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilinadigan boshqa hollarda tovarlar yetkazib berilgan (xizmatlar koʻrsatilgan)da.

🗓Bunda, EHF tovar (xizmat)lar realizatsiya qilingan oydan keyingi oyning 10-kuniga qadar, realizatsiya amalga oshirilgan oyning oxirgi sanasi bilan rasmiylashtiriladi.

📈 Agar realizatsiya qilingan mahsulot qiymati o‘zgarsa...

Qonunchilikka muvofiq, realizatsiya qilinayotgan tovarlar qiymati yoki miqdori oʻzgarganda qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHF taqdim etish mumkin.

Shuningdek, ilgari taqdim etgan soliq hisobotida hisoblab chiqarilgan soliq summasi oʻzgarganda soliq hisobotiga zarur tuzatishlar kiritilishi va aniqlashtirilgan hisobot taqdim etilishi lozim.

Soliq organlarida mavjud maʼlumotlar tahlil qilinganda ayrim soliq toʻlovchilar tomonidan qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHFlar boʻyicha qayta soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi natijasida soliq hisoblanmaslik holatlari aniqlanmoqda.

❗️Soliq toʻlovchilarga qonunchilik talablariga rioya qilgan holda soliq hisobotlarini to‘g‘ri yuritish tavsiya etiladi. Aks holda qonunchilik hujjatlariga asosan belgilangan tartibda javobgarlik choralari ko‘rilishini eslatib oʻtamiz.

💯EHFlarni belgilangan muddatlarda rasmiylashtirganlik uchun tadbirkorlik subyektlariga barqarorlik reytingida 10 ball beriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish
#QQS

O‘zbekistonda maxsus ro‘yxatdan o‘tgan QQS to‘lovchilar haqida ma'lumot

2025-yil 1-mart holatiga maxsus ro‘yxatdan o‘tgan QQS toʻlovchilar soni 205 212 tani tashkil etdi. Bu 2024-yilning 1-martiga nisbatan 6,7% ko‘p.

Eng ko‘p QQS to‘lovchilar quyidagi sohalarda:
🔹savdo – 68,8 ming;
🔹qishloq xoʻjaligi – 47,3 ming;
🔹sanoat – 27 ming.

QQS to'lovchilarining yuqori o'sish sur'atlari quyidagi sohalarda kuzatilmoqda:
🔸transport17,3%;
🔸xizmat ko'rsatish15,7%;
🔸axborot va aloqa 13,8%.
____
#цифровизация
#НДС

Информация о поставленных на специальный регистрационный учет плательщиках НДС в Узбекистане

По состоянию на 1 марта 2025 года число поставленных на специальный регистрационный учет плательщиков НДС составляет 205 212. Это на 6,7% больше в сравнении с 1 марта 2024 года.

Больше всего плательщиков НДС в следующих сферах:
🔹торговля – 68,8 тыс.;
🔹сельское хозяйство – 47,3 тыс.;
🔹промышленность – 26,9 тыс.

Высокие показатели роста плательщиков НДС наблюдаются в следующих сферах:
🔸транспорт 17,3%;
🔸оказание услуг 15,7%;
🔸информатизация и связь 13,8%.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#QQS

Barcha farmatsevtika va tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar QQS to‘lovchisiga aylanadi

2025-yil 1-apreldan daromadidan qatʼiy nazar, farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yoki tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar QQS to‘lovchisi bo‘ladi.

Bunda soliq organlari Onlayn-NKT, EHF va boshqa tashqi va ichki ma'lumotlar asosida QQS hisobotlarini avtomatik tarzda shakllantiradi.

❗️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.
👉Soliq kodeksining
2- va 75-moddasi

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, farmatsevtika mahsulotlarini sotuvchi yoki tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar uchun soliq to‘lash tartibi quyidagicha:
📉 daromadi 1 mlrd so‘mdan oshmaydiganlar – aylanmadan olinadigan soliq to‘laydi;
📈 daromadi 1 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lganlarQQS va foyda solig‘i to‘lashga o‘tadi.

QQS 12% ni, foyda solig‘i stavkasi 15%ni tashkil etadi. Ijtimoiy soha faoliyatini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar uchun foyda solig‘i stavkasi 0% belgilangan.

Aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 4%ni tashkil etadi.
💊Ulgurji va chakana dori vositalarini sotish bilan shug‘ullanuvchi dorixonalar uchun soliq stavkalari quyidagicha belgilangan:
📍Aholi soni 100 ming nafar va undan ko‘p bo‘lgan shaharlarda – 3%;
📍boshqa aholi punktlarida – 2%;
📍borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda – 1%.
Shuningdek, soliq to‘lovchilar qat'iy belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga haqli.
👉Soliq kodeksi, 467-modda
__________
#НДС

Все компании в сфере фармацевтики и медуслуг станут плательщиками НДС

С 1 апреля 2025 года
юрлица, реализующие фармацевтическую продукцию или оказывающие медицинские услуги, признаются плательщиками НДС независимо от их доходов.

При этом налоговые органы будут автоматически формировать отчетность по НДС на основе чеков онлайн-ККТ, ЭСФ и других внешних и внутренних данных.

❗️Данный порядок будет внедрен в практику после внесения соответствующих изменений в Налоговый кодекс.
👉
ст.2 и ст.75 НК

Согласно действующему законодательству, юридические лица, реализующие фармацевтическую продукцию или оказывающие медицинские услуги, у которых совокупный доход:
📉 не превышает 1 млрд сумов - платят налог с оборота;
📈 более 1 млрд сумов - переходят на уплату НДС и налога на прибыль.

Ставка НДС составляет 12%, а налога на прибыль - 15%. Для налогоплательщиков, осуществляющих деятельность в социальной сфере, предусмотрена ставка налога на прибыль 0%.

Ставка налога с оборота составляет 4%.
💊
Для оптовых и розничных аптечных организаций, расположенных в:
📍городах с численностью населения 100 тысяч и более человек - 3%;
📍других населенных пунктах - 2%;
📍труднодоступных и горных районах - 1%.
Также налогоплательщики вправе на добровольной основе уплачивать налог с оборота в фиксированной сумме.
👉ст.467 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#QQS

Farmatsevtika yoki tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar
QQS to‘lovchisiga aylanish uchun ariza yuborishlari lozim

2025-yil 1-apreldan
daromadidan qatʼiy nazar, farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yoki tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar QQS to‘lovchisi bo‘ladi.
👉PF-229 27.12.2025-y.

QQS to‘lovchisi sifatida maxsus ro‘yxatdan o‘tish my3.soliq.uz sayt orqali shaxsiy kabinetdan “Xizmatlar” oynasiga kiriladi;
- “Yuridik shaxslarni QQS to‘lovchilari sifatida ro‘yxatga qo‘yish” xizmati tanlanadi.
– “Majburiy tartibda ro‘yxatdan o‘tish” tanlanadi;
– asos qilib, "Farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yoki tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar" tanlanadi
– asoslantiruvchi hujjatlarga litsenziya biriktirilib, “Yuborish” tugmasi bosiladi.
_________
#НДС

Компаниям в сфере фармацевтики или медуслуг следует подать заявление на переход НДС

С 1 апреля 2025 года
юрлица, реализующие фармацевтическую продукцию или оказывающие медицинские услуги, признаются плательщиками НДС независимо от их доходов.
👉УП№229 от 27.12.2024г.

Чтобы перейти на уплату НДС в кабинете налогоплательщика на my3.soliq.uz войти в раздел "Услуги";
- выбрать строку "Постановка на специальный учет плательщиков НДС юридических лиц";
- выбрать пункт "Обязательный порядок";
- и следом пункт "Юридические лица, занимающиеся реализацией фармацевтической продукции или оказывающие медицинские услуги";
- в качестве подтверждающих документов следует прикрепить лицензию и нажать "Отправить".

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#QQS #EHF

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

Tadbirkorlik subyektlari murojaatlarini inobatga olgan holda, mart oyi uchun 2025-yil 10-aprelgacha (10-aprel kuni ham) EHF rasmiylashtirish imkoniyati berildi.
__________
#НДС #ЭСФ

Уважаемые налогоплательщики❗️

Принимая во внимание обращения субъектов предпринимательства, по 10 апреля 2025 года включительно предоставляется возможность оформить ЭСФ за март.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#QQS #AOS

AOS to‘lovchisi QQS to‘lashga o‘tganda hisobotlarni qanday topshiradi?

Soliq davri davomida soliq toʻlovchilarning jami daromadi 1 mlrd soʻmdan oshgan kundan eʼtiboran ular QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.
👉Soliq kodeksi 462-modda

AOS toʻlovchi hisobot oyi davomida QQS toʻlashga oʻtganda, mazkur hisobot oyi boʻyicha AOS va QQS hisobotini taqdim etishi lozim.

Bunda:
- QQS toʻlovchisi boʻlgan sanagacha amalga oshirilgan operatsiyalar, rasmiylashtirilgan EHF va onlayn-NKT cheki summasi AOS hisobotida;
- QQS toʻlovchisi boʻlgan sanadan keyin amalga oshirilgan operatsiyalar QQS hisobotida avtomatik ravishda aks etadi.
____________
#НДС #налог_на_прибыль

Как представляют отчетность перешедшие на уплату НДС плательщики налога с оборота?

Налогоплательщики переходят на уплату НДС и налога на прибыль со дня превышения их совокупного дохода 1 млрд сумов.
👉ст.462 НК

Плательщики налога с оборота, которые перешли на уплату НДС в отчетном месяце, представляют за этот месяц как отчетность по налогу с оборота, так и отчетность по НДС.

При этом:
- суммы по осуществленным операциям, оформленным ЭСФ и чекам онлайн-ККТ до даты перехода на уплату НДС автоматически отражаются в отчетности по налогу с оборота;
-
операции, осуществленные после даты перехода на уплату НДС, автоматически отражаются в отчетности по НДС.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#QQS

Tadbirkor auksion orqali yer sotib olsa QQS to‘laydimi?

O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat mol-mulki realizatsiya qilinganda QQSni hisoblash va to‘lash soliq agenti (xaridor) tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.
👉 Soliq kodeksi 256-modda

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-1014-son) bilan Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan, 2025-yil 1-yanvardan boshlab, davlat mol-mulkini, shu jumladan mulk huquqi asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma QQS bo‘yicha soliq solishdan ozod etildi.
👉 Soliq kodeksi 243-modda

Ya’ni, 2025-yil 1-yanvardan boshlab ushbu turdagi mulklarni xarid qilgan tadbirkorlar uchun QQS to‘lash majburiyati mavjud emas.

⚠️ Ammo, 2025-yil 1-yanvarga qadar ushbu yer uchastkalarini xarid qilgan korxonalar uchun QQSni hisoblash va belgilangan tartibda budjetga to‘lash majburiyati mavjud. QQS ushbu holatda soliq agenti — xaridor tomonidan to‘lanadi.

❗️Tadbirkorlar diqqatiga: Agar siz yer uchastkasini 2025-yildan keyin xarid qilgan bo‘lsangiz, QQS to‘lovidan ozodsiz. Ammo, 2024-yilda xarid qilingan yerlar uchun QQS to‘lovi majburiy hisoblanadi. Bunda 2025-yildan keyin xarid qilgan davlat mol-mulki uchun soliq hisobotini imtiyoz qoʻllagan holda taqdim etish lozim boʻladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#QQS #EHF

Soliq qo'mitasi: 3000 ga yaqin tadbirkorlar EHFlarga tuzatish kiritib 760 mlrd soʻm QQS summasiga aniqlashtirilgan soliq hisobotlari taqdim etmagan

Soliq to‘lovchilar oʻtgan soliq davrlari boʻyicha tuzatilgan EHF rasmiylashtirib avvalgi taqdim etilgan soliq hisobotidagi soliq summasi kamayishiga (o‘zgarishiga) olib kelganida unga zarur tuzatishlarni kiritishi va soliq organiga aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etishi shart.
👉Soliq kodeksi 83-modda
Soliq hisobotiga soliq to‘lovchining xaridlar va sotuvlar reestrida ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘g‘ri kiritilishi kerak.
👉Soliq kodeksi 273-modda

Fakt:


Soliq xizmati organlari 2024-yilda rasmiylashtirilgan EHF tahlil qilinganda 289 177 ta tadbirkorlik subyektlari tomonidan jami QQS summasi 169,5 trln soʻmlik EHFlar rasmiylashtirilgan. Unda 98 105 ta (34%) subyekt tomonidan jami QQS summasi 12,8 trln soʻmlik EHFlarga tuzatishlar kiritilganligi aniqlandi.

Ammo, QQS hisoboti taqdim etilgandan soʻng 2 743 ta tadbirkorlik subyektlari tomonidan avvalgi davrlar uchun EHFlarga tuzatish kiritib, 760 mlrd soʻm boʻlgan QQS summasi bo'yicha aniqlashtirilgan soliq hisobotlari taqdim etilmagan.

Misol uchun, “T.B.L” MChJ 2024-yil sentabr oyi uchun QQS hisobotini 5-oktabrda "0" qilib taqdim etgan, ammo 8-9-oktabrda ushbu korxona 2 ta kontragentiga jami QQS bilan 328 mlrd so‘m (shundan, QQS 35,1 mlrd so‘m) ko‘mir va taxta mahsulotlarini realizatsiyada ko‘rsatgan holda avvalgi EHFga tuzatish kiritgan.

Ushbu realizatsiya yuzasidan “T.B.L” MChJ aniqlashtirilgan hisobot taqdim qilmasdan, boshqa korxona “A.B.” MChJ tarkibiga qoʻshilib ketgan. “A.B.” MChJning bugungi kunda budjetdan 336,7 mlrd soʻm soliq qarzdorligi mavjud. Mazkur holatlar yuzasidan toʻplangan ma’lumotlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.


Soliq to‘lovchilar o‘tgan davrlar uchun soliq summasi kamayishi holatlari bo‘yicha aniqlashtirilgan soliq hisobotlari taqdim etmaganda EHFda avtomatik tarzda aniqlanib ogohlantirilmoqda (cheklov qo‘yilmagan).

Bunday choralar budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarni o‘z vaqtida tushishini ta'minlash va soliq qarzdorligini o‘sib borishini oldini olish uchun zarur.

Soliq to‘lovchilardan barcha soliq hisobotlarini aniq va to‘g‘ri taqdim etishlarini so‘raymiz.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish
#QQS

O‘zbekistonda maxsus ro‘yxatdan o‘tgan QQS to‘lovchilar haqida ma'lumot

2025-yil 1-may holatiga maxsus ro‘yxatdan o‘tgan QQS toʻlovchilar soni 226 240 tani tashkil etdi. Bu 2024-yilning 1-mayiga nisbatan 18% ko‘p.

Eng ko‘p QQS to‘lovchilar quyidagi sohalarda:
🔹savdo – 76,9 ming;
🔹qishloq xoʻjaligi – 47,8 ming;
🔹sanoat – 27,2 ming.

QQS to'lovchilarining yuqori o'sish sur'atlari quyidagi sohalarda kuzatilmoqda:
🔸xizmat ko'rsatish68,3%;
🔸transport20,4%;
🔸axborot va aloqa 13,2%.
____
#цифровизация
#НДС

Информация о поставленных на специальный регистрационный учет плательщиках НДС в Узбекистане

По состоянию на 1 мая 2025 года число поставленных на специальный регистрационный учет плательщиков НДС составляет 226 240. Это на 18% больше в сравнении с 1 мая 2024 года.

Больше всего плательщиков НДС в следующих сферах:
🔹торговля – 76,9 тыс.;
🔹сельское хозяйство – 47,8 тыс.;
🔹промышленность – 27,2 тыс.

Высокие показатели роста плательщиков НДС наблюдаются в следующих сферах:
🔸оказание услуг 68,3%;
🔸транспорт 20,4%;
🔸информатизация и связь 13,2%.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads