TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.82K subscribers
12.1K photos
1.28K videos
70 files
4.83K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#bilasizmi

🔹Qayta tashkil etilganda soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari qanday?

🔸Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda uning soliq majburiyati ushbu moddada belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda, ushbu Kodeksning 92-moddasiga muvofiq o‘zining huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) tomonidan bajariladi.

Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, qayta tashkil etish shaklidan qat’i nazar, qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga qo‘yilgan va (yoki) ushbu shaxs tomonidan tovarlarni (xizmatlarni) olishda (olib kirishda) to‘langan, lekin u tomonidan hisobga olish uchun qabul qilinmagan soliq summasi ushbu bo‘limda nazarda tutilgan tartibda ushbu yuridik shaxsning huquqiy vorisida, agar huquqiy voris soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, hisobga olinishi lozim.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi

🔹Soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi qanday amalga oshiriladi?

🔸O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 273 moddasiga ko'ra Soliq to‘lovchilar, agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq hisobotini o‘zlari soliq hisobida turgan joydagi soliq organlariga o‘tgan soliq davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirilmagan muddatda taqdim etishlari shart.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi

🔹Elektron shakldagi xizmatlarga nimalar kiradi?

🔸Ushbu bo‘limni qo‘llash maqsadida axborot texnologiyalaridan foydalangan holda jahon Internet axborot tarmog‘idan (bundan buyon matnda Internet tarmog‘i deb yuritiladi) avtomatik usulda foydalanish orqali ko‘rsatilgan xizmatlar elektron shakldagi xizmatlar jumlasiga kiradi. Xususan, bunday xizmatlar jumlasiga quyidagilar kiradi: Soliq kodeksi 282-modda

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi

YaTT qat'iy belgilangan miqdorda soliqni qaysi sanagacha to'lashi lozim?

🔹O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 392-moddasi ga ko'ra, qat'iy belgilangan miqdorda soliq to'lash xohishini bildirgan soliq to'lovchi soliqni har oyda, tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning 15- sanasidan kechiktirmay, qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda to'lashi belgilangan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi

🔹 Soliq bazasi qanday aniqlanadi?

🔸Soliq bazasi belgilangan soliq stavkalariga qarab aksiz to‘lanadigan tovarlarning (xizmatlarning) har bir turi bo‘yicha alohida aniqlanadi. Aksiz to‘lanadigan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan soliq stavkalari mutlaq (qat’iy) summada belgilangan bo‘lsa, soliq bazasi aksiz to‘lanadigan tovarlarning (xizmatlarning) naturada ifodalangan hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Soliq kodeksi 285-modda

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi

🔹Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiriladigan faoliyatga soliq solishning oʼziga xos xususiyatlari

Chet ellik investor, bundan mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno, mahsulot taqsimotiga oid bitimning amal qilish muddati mobaynida O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 17-moddasida nazarda tutilgan soliqlarni toʼlaydi.

👉BATAFSIL

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi

🟢O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 393-moddasi 1-qismiga asosan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlariga quyidagilar kiradi:

➡️ mulkiy daromadlar, agar ushbu bo‘limga muvofiq bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmasa;

➡️ ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar;

➡️ moddiy naf tarzidagi daromadlar, agar bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmagan bo‘lsa;

➡️ O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar;

➡️ soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlar;

➡️ ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar, ular tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘lash tartibi tanlanganda;

➡️ soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa daromadlar.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi

Tayyor tikuv-trikotaj mahsulotini eksport qiluvchi tadbirkorlik sub'yektlariga ijtimoiy soliq bo'yicha qanday imtiyozlar mavjud?

🟢 O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasi 17 va 18-qismlariga asosan bo'yalgan matoni, bo'yalgan gazlamani va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotini eksport qiluvchi tadbirkorlik sub'yektlari ( shu jumladan komissioner (ishonchli vakil) orqali eksport qilgan tadbirkorlik sub'yektlari) 2022-yil 1-fevraldan 2025-yil 1-yanvarga qadar bo'lgan davrda ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo'yicha to'laydi. Ushbu imtiyoz bo'yalgan mato, bo'yalgan gazlama va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotini eksport qilishdan olingan tushumi barcha tovarlarni va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining kamida 80 foizini tashkil etadigan soliq to'lovchilarga nisbatan qo'llaniladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi

🔹Soliqni hisoblab chiqarish tartibi qanday amalga oshiriladi?

Soliqni hisoblab chiqarish soliq solinadigan bazadan va soliqning belgilangan stavkalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Import qilingan, aksiz to‘lanadigan, o‘ziga nisbatan aralash — advalor va qat’iy belgilangan soliq stavkalari belgilangan tovarlar bo‘yicha soliq soliq bazasi va advalor stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Bunda soliq summasi qat’iy belgilangan stavka qo‘llanilgan holda hisoblab chiqarilgan summadan kam bo‘lishi mumkin emas. Soliq kodeksi 290-modda

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi #QQS

Taʼlim sohasidagi xizmatlar boʻyicha aylanma QQSdan ozod etilgan

Oʻqitish (taʼlim) sohasidagi xizmatlar, shu jumladan test sinovlari va imtihonlar oʻtkazishni tashkil etish xizmatlari, xususan:

🔹boshlangʻich, oʻrta, oʻrta maxsus, texnik va kasb-hunar, oliy taʼlim va oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim sohasidagi taʼlim xizmatlari;

🔹taʼlim muassasalari (tashkilotlari), shuningdek kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradigan tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan qoʻshimcha taʼlim berish boʻyicha xizmatlar;

👉 Soliq kodeksi 243 modda

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram