TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.85K subscribers
12K photos
1.27K videos
70 files
4.82K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#soliq_kodeksi

32-bob. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi

🔹240-modda. Tovarlarni realizatsiya qilish joyi

Quyidagi shartlardan hech bo‘lmaganda bittasi bajarilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi hududi tovarlarni realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladi:

1) tovar O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan bo‘lsa va bitim natijasida uning hududidan tashqariga chiqarilmaydigan bo‘lsa;
2) tovar jo‘natish yoki transportda tashish boshlangan paytda O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan bo‘lsa.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

32-bob. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi

🔹241-modda. Xizmatlarni realizatsiya qilish joyi

Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, basharti bunday xizmatlarning xaridori O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyatni amalga oshirsa yoki tursa, O‘zbekiston Respublikasi hududi xizmatlarni realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

32-bob. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi

🔹242-modda. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma amalga oshirilgan sana

Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan hisobvaraq-faktura taqdim etilgan sana yoki tovarlar jo‘natilgan (berilgan) sana, agar ushbu sana hisobvaraq-faktura taqdim etilgan sanadan oldin kelsa, tovarlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma amalga oshirilgan sanadir.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

33-bob.
Soliq solishdan ozod etish

🔹243-modda. Soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma

Agar ushbu Kodeksning 260-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, quyidagilarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma soliq solishdan ozod etiladi:

👉BATAFSIL 👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

33-bob.
Soliq solishdan ozod etish

🔹244-modda. Soliq solishdan ozod etiladigan moliyaviy xizmatlar

Quyidagi moliyaviy xizmatlar soliq solishdan ozod etiladi:

1) bank operatsiyalari, bundan qiymati qat’iy summada belgilangan xizmatlar mustasno, xususan:

👉 BATAFSIL 👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

33-bob.
Soliq solishdan ozod etish

🔹245-modda. Soliq solishdan ozod qilinadigan sug‘urta xizmatlari

Sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish xizmatlari bo‘yicha sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan amalga oshiriladigan sug‘urta qilish bo‘yicha xizmatlar bu xizmatlar natijasida:

1) sug‘urta bozorining professional ishtirokchisi quyidagilarni olsa, qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi:

👉BATAFSIL 👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

33-bob.
Soliq solishdan ozod etish

🔹246-modda. Soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish

Quyidagilarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish soliq solishdan ozod etiladi:

1) jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirishning bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikda tasdiqlangan normalari doirasida olib kirilayotgan tovarlar;

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

34
-bob. Soliq bazasi

🔹247-modda. Soliq bazasini aniqlashning umumiy qoidalari

Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda soliq bazasi soliq to‘lovchi tomonidan ushbu bobga muvofiq o‘zi ishlab chiqargan yoki olgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishning o‘ziga xos xususiyatlariga qarab aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliq bazasi soliq to‘lovchi tomonidan ushbu bobga va bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadi.

👉 BATAFSIL 👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

34
-bob. Soliq bazasi

🔹248-modda. Soliq bazasini aniqlash tartibi

Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq bazasi ushbu Kodeksning 176-moddasi talablarini hisobga olgan holda, aksiz solig‘ini (aksiz to‘lanadigan tovarlar, xizmatlar uchun) hisobga olib, unga soliqni kiritmagan holda, bitim taraflari tomonidan qo‘llanilgan narxdan (tarifdan) kelib chiqqan holda realizatsiya qilinadigan tovarlarning (xizmatlarning) qiymati sifatida aniqlanadi.

👉BATAFSIL 👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_kodeksi

34
-bob. Soliq bazasi

🔹249-modda. Moliyaviy ijara (lizing) shartnomalari bo‘yicha operatsiyalar amalga oshirilganda soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari

Mol-mulk moliyaviy ijaraga (lizingga) berilgan taqdirda, ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) soliq bazasi barcha davriy ijara (lizing) to‘lovlari summasi (shu jumladan, qaytarib sotib olish summasi, agar shartnomada shunday summa nazarda tutilgan bo‘lsa) sifatida, ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) foiz hisobidagi daromadi chegirib tashlangan va soliq hisobga olinmagan holda aniqlanadi.

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram