TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.85K subscribers
12K photos
1.27K videos
68 files
4.82K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Mirzo_Ulugbek #yashirin_iqtisodiyot #uchrashuv #barqarorlik_reytingi

🔷Mirzo Ulug'bek tumani "Yoshlar kichik sanoat va tadbirkorlik zonasi" faoliyati bilan tanishildi

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i poytaxtimizning Mirzo Ulug'bek tumanida joylashgan "Yoshlar kichik sanoat va tadbirkorlik zonasi"da ish olib boradigan 56 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan yaqindan tanishib, ularni o'ylantirgan mavjud muammo va takliflarni o'rgandi. Bundan asosiy ko'zlangan maqsad yashirin iqtisodni oldini olish hamda tadbirkorlarga ko'mak ko'rsatishdir. Ma'lumot o'rnida, mazkur muassasada shu hududa istiqomat qiladigan aholi uchun 2018 ta ish o'rni yaratilgan.

Boshqarma boshlig'i bu yerdagi barcha tadbirkorlar bilan alohida-alohida uchrashgan holda qonun doirasida ishlab, faoliyatni kengaytirish va yangi ish o'rinlari yaratishga e'tibor berish kerak ekanligini, shuningdek, barqarorlik reytingida yuqori toifaga o'tishda hamda boshqa masalalarda qanday yordam lozim bo'lsa ko'rsatilishini ta'kidladi. Shundan so'ng, mas'ul tashkilotlarga zarur yordamlarni ko'rsatish bo'yicha kerakli ko'rsatma va topshiriqarni berib o'tdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mirzo_Ulugbek #uchrashuv #yashirin_iqtisodiyot #barqarorlik_reytingi

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i poytaxtimizning Mirzo Ulug'bek tumanida joylashgan kichik sanoat zonasida ish olib boradigan 56 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirzo_Ulugbek #obod_mahalla #4_sektor

Prezidentimiz tashabbusi bilan mutasaddilar boshchiligida olib borilayotgan islohotlar natijasida poytaxtimizdagi tuman va mahallalar zamonaviy qiyofa aks etib bormoqda. Xususan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i rahbarligida 4-sektor hududiga qarashli mahallalarda obodonlashtirish va aholini rozi qilish bo'yicha qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

Yunusjon Nasimdjanov ana shunday manzillardan biri bo'lgan Mirzo Ulug'bek tumani "Bahor" mahallasida bo'lib, u yerda "Obod xonadon - Obod koʻcha - Obod mahalla" mezoni asosida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlarni hamda mas'ullarga aholi qulayligini nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni belgilab berdi. Shunga binoan, boʻsh va qarovsiz turgan yer maydonlaridan unumli foydalangan holda tadbirkorlik subyektlariga biriktirish, noqonuniy ravishda oʻzboshimchalik bilan qurilgan qurilmalarni tartibga keltirish, koʻp qavatli uylarning taʼmir talab tom va yertoʻla qismlarini rekonstruksiya qilish kabi vazifalar belgilab olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirzo_Ulugbek #obod_mahalla #4_sektor

🔷 "Obod xonadon - Obod koʻcha - Obod mahalla"

Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar natijasida poytaxtimiz mahallalari zamonaviy qiyofa aks etib bormoqda. Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i rahbarligida 4-sektor hududiga qarashli mahallalarda obodonlashtirish va aholini rozi qilish bo'yicha qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent shahar 4- sektor mas'ul hodimlari Mirzo Ulug'bek tumani "Bahor" mahallasida bo'lib, u yerda "Obod xonadon - Obod koʻcha - Obod mahalla" mezoni asosida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlarni hamda mas'ullarga aholi qulayligini nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni belgilab, boʻsh va qarovsiz turgan yer maydonlaridan unumli foydalangan holda tadbirkorlik subyektlariga biriktirish, noqonuniy ravishda oʻzboshimchalik bilan qurilgan qurilmalarni tartibga keltirish, koʻp qavatli uylarning taʼmir talab tom va yertoʻla qismlarini rekonstruksiya qilish hamda bolalar maydonchalarini barpo etish ishlari boshlab yuborildi va vaqt talab etuvchi vazifalar belgilab olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirzo_Ulugbek #yoshlar_bilan_uchrashuv

🔷Yoshlar bilan uchrashuvlar samarali bo‘lmoqda

Davlatimiz rahbari tomonidan 2023 yil 12-aprel kuni o‘tkazilgan vedio selektorda yoshlar bilan ishlash tizmini takomillashtirish va hayotda o‘z o‘rinini topa olmayotgan yoshlar bilan ishlash va ularni otaliqqa olish bo‘yicha har bir rahbar mas’ullarga topshiriqlar berilgan edi.

Ushbu topshiriqlarni ijrosi to‘la ta’minlanmoqda. Xususan, Soliq organlariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuvlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 24 nafar og‘ir toifadagi yoshlar bilan joriy yilning 15-may kuni Soliq qo‘mitasi raisi topshirig‘iga binoan mas’ullar tomonidan ochiq muloqat tarzda ushrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning muammolari va takliflari mas’ullar tomonidan eshitildi, o‘rganildi va nazoratga olindi.

Aksariyat muammolar joyida bartaraf etilib, muddat talab qilinadigani tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, nazoratga olindi.

Soliq organlarining yoshlar bilan uchrashuvlari davom etmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirzo_Ulugbek #korrupsiya

🔷 Korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur illat davlatning turli sohalariga, xususan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi imiji va investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Xususan, 12-iyun kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Mirzo Ulug'bek tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida Mirzo Ulug'bek tumanidagi gavjum savdo majmualarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib,ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berildi.

Targ'ibot tadbirida tadbirkorlar bilan suhbat o'tkazilib, soliq sohasida korrupsion holatlarga duch kelganlarida qayerga murojaat qilishlari to'g'risida batafsil ma'lumotlar berilib, maxsus qo'llanmalar tarqatildi.


Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yangihayot #Olmazor
#Uchtepa #Mirzo_Ulugbek
#4_sektor
#obodonlashtirish

Toshkent shahar 4-sektor rahbarining tashabbusi bilan sektor hududidagi mahallalarda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, Olmazor tumanidagi Xislat va Orzu mahallalarida BSK xodimlari tomonidan mahalla hududi chiqindilardan tozalanmoqda.

Mirzo Ulug'bek tumanidagi Bo'z va Olimlar mahallalarida esa aholini tashvishga solayotgan va ijtimoiy noroziliklarni keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan muammolarni tezkor hal etish bo'yicha mahalla hududi mutasaddilar tomonidan o`rganilib, aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish yuzasidan soxa xodimlariga vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, Yangihayot tumani Xo'ja-Uchqun mahallasida ham obodonlashtirish va tozalik ishlarida mas'ulyat bilan yondashish bo'yicha qilinishi kerak bo'lgan ishlar belgilab olindi.

Uchtepa tumani Hamdo'st mahallasida "Obod xonadon"-"Obod-ko'cha"-"Obod maxalla" umummilliy dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida 4-sektor rahbari va ma'sullar tomonidan obodonlashtirish ishlari bo'yicha vazifalar belgilandi.

Shahrimiz bo'ylab 4-sektorga qarashli barcha mahallalarda mana shunday obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#teletahlil #mirzo_ulugbek

🔷Bugun shahrimizda amalga oshirilayotgan isloxotlar zamirida poytaxtimiz tumanlari kundan-kunga rivoj topib bormoqda.

Mirzo Ulug'bek tumani 4-sektor tomonidan ham aholi bandligini ta'minlash, yangi ish o'rinlari yaratish tadbirkorlikni rivojlantirish borasida ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Bektemir #Olmazor
#Mirzo_Ulugbek #Uchtepa #Chilonzor
#obodonlashtirish

Tozalik va obodlik ko'ngildan boshlanadi

🔹Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'ining tashabbusi bilan poytaxtimizdagi 4-sektor hududiga qarashli mahallalarda obodonlashtirish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

Bektemir tumani soliq inspeksiyasi rahbari tomonidan Musaffo mahallasida mahalla yettiligi hamda ishchi guruh a'zolariga “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" dasturi asosida kerakli ko'rsatma va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, Olmazor tumani Xislat mahallasida Toshshaharnur xodimlari tomonidan elektr yoritgichlarini ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Mirzo Ulug'bek tumanida ham sektor rahbari tomonidan H.Abdullayev va Shahriobod mahallalarida mahalla yettiligi hamda boshqaruv servis kompaniyalari ishchi xodimlariga topshiriq va vazifalar belgilab berildi hamda.

Uchtepa tumani soliq inspeksiyasi rahbari hamda mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida Nayman mahallasida obodonlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammolar o‘rganildi.

Qolaversa, Chilonzor tumani Katta Do'mbirobod mahallasida ham hudud obod bo'lib, chiqindilardan tozalanmoqda.

Har kuni shahrimizdagi 4-sektorga qarashli barcha mahallalarda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" dasturi asosida ishlar yuqori darajada tashkil etilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Soliq_tushumlari #yashirin_iqtisodiyot #Mirzo_Ulugbek

🔷Davlat budjetiga soliqlarni sifatli undirish chora tadbirlari

Mirzo Ulug'bek tumani soliq inspeksiyasida ham Toshkent shahar iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig'ining o'rinbosari hamda Poytaxt soliq boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari boshchiligida shaxsiy tarkib xodimlari bilan uchrashuv o'tkazildi.

Tadbirkorlarning muammolarini aniqlash va bartaraf etishda sustkashlikka yo'l qo'ymaslikka alohida urg'u qaratildi.Budjetga soliqlarni sifatli undirish, soliq ma'murchiligini salmog'ini kengaytirish, yashirin iqtisodni oldini olish hamda soliq bazalarini ko'paytirib mahallabay tizimida ish samaradorligini ko'tarish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram