TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
67 files
4.81K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Toshkent_shahar_DSB
#Korrupsiya
#Seminar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasining “Yuridik bo‘limi” tomonidan tashkillashtirilgan “Korrupsiya va uning oqibatlari” hamda “Korrupsiya uchun jazo muqarrar” mavzuidagi seminarda Toshkent shahar prokuraturasi bo‘lim katta prokurori K.Xamidjanov ishtirok etib, xodimlarga o‘zining huquqiy ko‘rsatmalarini berib, korrupsiyaga yo'l qo'ymaslik va korrupsion holatlarning salbiy oqibatlari to'g'risida tushuntirib o‘tdi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_shahar_DSB
#Korrupsiya

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i va Shaxsiy havfsizlik bo‘limi xodimlari bilan birgalikda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Toshkent shahridagi barcha hududiy davlat soliq inspeksiyalarida targ‘ibot ishlari olib borildi.

Hafta mobaynida o`tkazilgan
tadbirdan ko‘zlangan maqsad korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰
kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Toshkent_shahar_DSB
#Korrupsiya

Hurmatli, soliq to’lovchilar ❗️

Siz soliq tizimida korrupsion holatlarga duch kelsangiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Davlat Soliq Qo'mitasi tomonidan tashkil etilgan telegramdagi 🔹@dsq_antikorrupsiya_boti
yoki ☎️71 244 98 98; 1198 raqamlariga hamda DSQning 📩[email protected] elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko’rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi 🔒sir saqlanishi kafolatlanadi.

Bu bilan siz korrupsiyaga qarshi kurashish hamda soliq tizimini ochiq, shaffof va hisobdor tizimga aylantirishga o’z hissangizni qo’shgan bo’lasiz.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰
kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_shahar_DSB
#Argos

Hozirgi kunda oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilarini ish bilan taʼminlashda yurtboshimiz tashabbuslari bilan tashkil etilgan vacancy.argos.uz platformasi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ushbu afzallikdan Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti bitiruvchilarini xabardor qilish maqsadida Sentabr oyida Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig'i va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hodimlari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtgan edi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi va uning tumanlardagi inspeksiyalariga aynan vacancy.argos.uz portali orqali 19 nafar hodim ish bilan taʼminlandi.

Albatta, mazkur harakatlar davlat idoralariga ishga qabul qilish vaqtida inson omili aralashuvini oldini olish va munosib nomzodlarni tegishli lavozimlarga tanlab olishga yordam beradi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_shahar_DSB
#Argos
#Tv

Yangiliklar 24 | Bitiruvchilar ish bilan ta’minlanmoqda

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Toshkent_shahar_DSB
#Mahallabay

Muammolarni hal etishda sayyor qabullarning ahamiyati katta
Mamlakatimizda

Bugungi kunda mahallalarda hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli kabi lavozimlar joriy etilgani odamlar bilan ishlash, mavjud muammolarni tahlil etishda ayni muddao bo‘lmoqda.

👉BATAFSIL

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
#Toshkent_shahar_DSB
#Mahallabay

70 mingdan ortiq fuqaroning bandligi ta’minlandi

Aholi muammolarini o‘rganish va ularga kerakli yordamni ko‘rsatishda sayyor qabullar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan mahallalarda hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli kabi lavozimlar joriy etilgan edi.

👉BATAFSIL

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_shahar_DSB
#Bayram

⚡️18-noyabr - Oʼzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʼi qabul qilingan kun.

🌐 Bugungi kunda dunyo siyosiy xaritasida ikki yuzdan ortiq davlat boʼlsa, har bir davlat oʼz ramzlari, bayrogʼiga egadir. Har bir mamlakatning bayrogʼi oʼzgacha rang va timsollarga ega. Davlat ramzlari har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsollardir.

🔰 Butun dunyoda istalgan mamlakat, hududni uning bayrogʼi orqali taniydilar. Bayroq, xuddi inson chehrasi misol, oʼzida mamlakatning turmushi, oʼtmishi va buguni haqida dastlabki va koʼpincha aniq tasavvurlarni taqdim etadi.

🇺🇿 Ushbu qutlug' ayyom munosabati bilan Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi. O‘zbekistondagi tinchlik va osoyishtalik bardavom bo‘lsin, bayrog‘imiz baland-balandlarda mangu hilpirayversin!

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

➡️kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/soliq_toshkent
#Toshkent_shahar_DSB
#2023_yil

Hurmatli hamkasblar, aziz vatandoshlar!

Barchangizni kirib kelayotgan yangi 2023-yil bilan samimiy tabriklayman. Yangi yilda sizlarga sog'lik-salomatlik, oilaviy baxt va hotirjamlik, ish faoliyatingizda esa muvaffaqiyatlar yor bo'lishini tilayman. Yakunlanib borayotgan 2022-yilda yurtimizda tadbirkorlar uchun prezidentimiz tomonidan imtiyozlar va yengilliklar berildi. O'z navbatida davlat soliq tizimi xodimlari uchbu yangiliklarni tadbirkorlarga yetkazish hamda ularni qo'llab-quvvatlash maqsadida faoliyat yuritdi.

Muhtaram yurtboshimizning 2022-yil 20-dekabrida Oliy majlis va O'zbekiston xalqiga murojaatnomasida yangi 2023-yilda ham tadbirkorlarga qulay shart-sharoit yaratish hamda xorijiy investorlarni keng jalb etishga alohida e'tibor qaratildi. Mazkur murojaatnomadan so'ng Toshkent shahar davlat soliq idoralari tomonidan yurtimizga investorlarni jalb qilish va tadbirkorlarga qulayliklar yaratish maqsadida chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amalga oshiriladigan asosiy vazifalar belgilab olindi.

Yana bir bor barchangizni kirib kelayotgan yangi 2023-yil bilan muborakbod etaman. Xalqimiz farovonligi, vatanimiz rivoji va iqtisodiyotimiz taraqqiyoti yo'lidagi mashaqqatli mehnatingizga ulkan zafarlar yor bo'lsin!

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig'i, Yunusjon Nasimdjanov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_shahar_DSB
#Bayram

Hurmatli yurtdoshlar !

Sizlarni Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi jamoasi nomidan kirib kelayotgan 2️⃣0️⃣2️⃣3️⃣-yil bilan muborakbod etamiz❗️

Yangi yilda sizlarga yangi zafarlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz. Dasturxoningizdan qut-baraka, uyingizdan fayz, yuzingizdan tabassum hech qachon arimasin. Kelayotgan 2023-yil unutilmas va shirin xotiralarga boy bo'lsin.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi jamoasi.

🔰kanalga ulanish
@toshkent_shaharDSB