Poytaxt_adliya
1.09K subscribers
5.18K photos
737 videos
19 files
3.35K links
Jamiyatdagi voqeliklarning huquqiy tahlili va qonunchilikdagi yangiliklar haqida tezkor ma’lumotlar kanali.

www.toshkent.adliya.uz

https://www.facebook.com/groups/179796339451957/?ref=share

Instagram.com/poytahtadliya

Murojaat uchun:
@Poytaxtadliyabot
Download Telegram
#Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz

Pensiya (nafaqa) haqida ma’lumot olish tartibini bilasizmi?

VIDEOQOʻLLANMA

❗️Elektron xizmatlardan foydalanilganda, belgilangan to‘lovning 10% miqdorida chegirma mavjud.
#Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz

Nafaqa tayinlash uchun ariza berish tartibini bilasizmi?

VIDEOQO'LLANMA

❗️Elektron xizmatlardan foydalanilganda, belgilangan to‘lovning 10% miqdorida chegirma mavjud.
#Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz

Topilmalar, yoqolgan buyumlar va hujjatlar boyicha elektron soʻrovnoma toʻldirish tartibini bilasizmi?

VIDEOQOʻLLANMA

❗️Elektron xizmatlardan foydalanilganda, belgilangan to‘lovning 10% miqdorida chegirma mavjud.
#Adliya_yangiliklari

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida targ'ibot tadbiri o'tkazildi

2022 yil 25-aprel kuni Yunusobod tuman adliya bo'limi va yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bilan birga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining katta majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining " Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora- tadbirlari toʻgʻrisida" gi PQ-61-sonli qarorinining mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

Tadbir davomida, korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiyaning salbiy illatlari to'g'risida hamda O’zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi tushuntirildi.

Batafsil:👇🏻👇🏻👇🏻
https://www.facebook.com/groups/179796339451957/permalink/1174042293360685/
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📹 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari nimalardan iborat?

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Toshkent shaharidagi xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi 3 nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha toʻxtatildi.

“Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunning 15-2-moddasiga asosan Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2022-yil 22-apreldagi 3/2022-son majlis bayonnomasiga asosan:

1.Yakkasaroy tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius D.Gafurovaning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 27-apreldan 3 oy muddatga;
2.Chilonzor tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius U.Mansurovaning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 27-aprel kunidan 15 kun muddatga;
3.Yunusobod tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Sh.Muratovaning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 27-aprel kunidan 15 kun muddatga to‘xtatildi.

Telegram / Facebook / Мурожаат учун: @Poytaxtadliyabot
#Adliya_yangiliklari

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muxandislari universitetida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Joriy yilning 26-aprel kuni Toshkent shahar adliya boshqarmasi va Mirzo Ulug'bek tuman adliya bo'limi tomonidan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muxandislari universitetida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi "Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi PQ-146-son qarori hamda "Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" PF-81-son Farmoni mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirildi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga O'zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonunining mazmum- mohiyati xususida ham tushuntirishlar berib o'tildi.

Batafsil:👇🏻👇🏻👇🏻
https://www.facebook.com/groups/179796339451957/permalink/1174189980012583/
Forwarded from Huquqiy axborot
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

Ўқувчилар ўртасида “Яшил чироқ” мусобақаси ўтказилади

“Таълим муассасаларида йўл ҳаракати қоидалари тарғиботини кучайтириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Ҳукумат қарори (212-сон, 26.04.2022 й.) қабул қилинди

Қарор билан Йўл ҳаракати хавфсизлиги хизматининг ҳудудий бошқармаларида мактаблар билан ҳамкорликда хизмат қиладиган катта инспектор лавозими жорий этилди (умумий штатлар доирасида).

Қарорга кўра, мактабларда кўнгилли ёшлар иштирокида йўл ҳаракати қоидаларини фаол тарғиб қилувчи “Йўл ҳаракати қоидалари ёш тарғиботчиси” клуби ҳамда “Яшил чироқ” мусобақаси ташкил этилади.

❗️2022 йил 1 сентябрдан “Йўл ҳаракати интизоми болаликдан бошланади” шиори остида боғча тарбияланувчилари ва ўқувчиларга йўлларда, чорраҳаларда ва пиёдалар ўтиш жойларида ҳаракатланиш асосларини амалий-кўргазмали ўргатиш йўлга қўйилади.

📋 Қарор билан “Йўл ҳаракати қоидалари ёш тарғиботчиси” клубини ташкил этиш ва “Яшил чироқ” мусобақасини ўтказиш тартиблари тасдиқланди.

➡️ Клубга 9-11-синф ўқувчилари аъзо бўлиши мумкин.

🔘 “Яшил чироқ” мусобақаси ғолиблари диплом ва эсдалик совғалар билан тақдирланади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
Адлия акцияси самараси: ўқитувчи ва шифокорлар манфаатида судларга киритилган даъво аризаларининг умумий қиймати 10 миллиарддан ошди

Батафсил 👉 https://hudud24.uz/?p=37740

Каналга уланиш👇
https://t.iss.one/hudud24official
______________________________
#Маҳаллий #Муҳим
#Adliya_teleloyiha

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi va "O‘zbekiston" telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda "YURIDIK KLINIKA" ko‘rsatuvi yo‘lga qo‘yildi.

Ko‘rsatuvning navbatdagi soni "O‘zbekiston" telekanali orqali jonli efirga uzatilmoqda.

Mavzu: Sog‘liqni saqlash va ta'lim tizimi xodimlarining qonunchilikdagi, huquqlari, imtiyozlar va muammolar yechimi

Mavzu yuzasidan o‘z savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti orqali yuborishingiz mumkin.

❗️ Jonli efir vaqtida o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.

📹 Onlayn translyatsiya

@adliyangiliklari
#Adliya_yangiliklari


⚡️"Ayollar daftari"ga kiritilgan ayollarga sayyor qabul o'tkazildi

Joriy yilning 26-aprel kuni Shayxontohur tuman adliya bo’limi va yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan tumandagi “Shodlik" mahalla fuqarolar yig'ini binosida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda, "Shodllik", "Jarariq" va "Yangi Jarariq" mahalla fuqarolar yig'ini hududida istiqomat qiluvchi "Ayollar daftari"ga kiritilgan ayollar ishtirok etdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi "Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi PQ-146-son qarori hamda "Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" PF-81-son Farmonining mazmun -mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Tadbirdan so'ng, uyma-uy yurgan holda xonadonlarga kirib fuqarolarning muammolari o'rganildi.
#Adliya_yangiliklari

⚡️Toshkent noshirlik-matbaa kollejida chet davlatlarning harbiy xizmatiga yollanganlik uchun javobgarlik borligi yuzasidan targ'ibot tadbiri o'tkazildi

Joriy yilning 26 aprel kuni Shayxontohur tuman adliya bo'limi va yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan Toshkent noshirlik-matbaa kollejida chet davlatlarning harbiy xizmatiga yollanganlik uchun javobgarlik borligi yuzasidan targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Tadbirda, ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirishi bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolananishi mumkinligi tushuntirildi.

Batafsil:
https://www.facebook.com/groups/179796339451957/permalink/1174779186620329/