Poytaxt_adliya
1.08K subscribers
5.18K photos
737 videos
19 files
3.35K links
Jamiyatdagi voqeliklarning huquqiy tahlili va qonunchilikdagi yangiliklar haqida tezkor ma’lumotlar kanali.

www.toshkent.adliya.uz

https://www.facebook.com/groups/179796339451957/?ref=share

Instagram.com/poytahtadliya

Murojaat uchun:
@Poytaxtadliyabot
Download Telegram
#Adliya_yangiliklari

Shayxontohur tuman adliya bo‘limi tumandagi 192-sonli umumta’lim maktabida “Oʻzbek tili milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimizning timsoli!”mavzusida tashkillashtirilgan tadbirda ishtirok etdi.

🎷 Ushbu tadbirda maktabning 5-11-sinf o‘quvchilari ijrosida tilimizni tarannum etuvchi she’r, raqs, qo‘shiq va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Telegram | Facebook | Veb sayt
#Adliya_yangiliklari
#Sayyor_qabul

Xabaringiz bor!! Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig'i tomonidan sud-huquq masalalari bo'yicha joriy yilning 23-oktabr kuni Sergeli va Chilonzor tumanlarida sayyor qabullar tashkil etilgan edi, bugun mazkur qabul Yashnobod tuman adliya bo'limi binosida davom etmoqda.....
#Adliya_yangiliklari
#Sayyor_qabul

🔰Sayyor qabul davom etmoqda.

👤Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig'iga Korea Respublikasining O'zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan yirik investor ayrim masalalar yuzasidan norozi bo'lib sayyor qabulda murojaat qildi.

👤Investor tomonidan keltirilgan masalalar tinglanilib, tegishli mas'ullarga topshiriq va ko'rsatmalar berildi.

👤Murojaatda ko'rsatilgan masalalarni hal etish bo'yicha tegishli choralar ko'rilmoqda.

Telegram:https://t.iss.one/toshadliya
Facebook:https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt:https://toshkent.adliya.uz
#Jarayon
#Adliya_yangiliklari

“Beshkapa”da sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi

 Mirzo Ulug’bek tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan olis va chekka hududda yashovchi fuqarolarimizga yengillik yaratish, uzog‘ini yaqin qilish maqsadida sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Navbatdagi manzil   “Beshkapa” mahallasi bo‘ldi.

  Markaz xodimlari tomonidan aholiga suv taʼminoti  tarmoqlariga ulanish, pensiyaga chiqish, kadastr hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga qabul qilish uchun ariza shakllantirish kabi davlat xizmatlari bo‘yicha 30dan ortiq sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilib, huquqiy tushunchalar berildi.


Telegram:https://t.iss.one/toshadliya
Facebook:https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt:https://toshkent.adliya.uz
#Adliya_yangiliklari
#OAV

🔰 Mirobod tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Berdiyevning Darakchi gazetasining 2023-yil 19-otyabrdagi 42(1273)-sonida “Yashash uy-joy maydoni qancha boʻlishi kerak” mavzusida chiqish qilindi.

Telegram | Facebook | Veb sayt
#Adliya_yangiliklari
#O‘quv_seminar

Toshkent shahar adliya boshqarmasi majlislar zalida Vrach genetik tibbiyot fanlari nomzodi A.I.Nuriddinov tomonidan “Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qo‘yilgan bemor bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish va dori vositalarini bepul yetkazib berish” bo‘yicha o‘quv amaliy seminar tashkil etildi.

O‘quv amaliy seminarda spinal mushak atrofiyasi klinik alomatlariga ega bo‘lgan bolalar, ularning klinik tashxislari, klinik tashxisning molekulyar-genetik usullar bilan tasdiqlangan xulosalari, oila a’zolarining gen tashuvchiligi tasdiqlanganlar hamda ushbu kasallik bilan tug‘ilishning oldini olishga qaratilgan choralar bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.

Seminar yakunida oila qurish niyatida kelgan yoshlarni FHDYlar tomonida Respublika gematologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazidan nazorat tekshiruvlaridan o‘tish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Telegram | Facebook | Veb sayt
#Adliya_yangiliklari
#Intellektual_mulk_huquqlari

Toshkent shahar adliya boshqarmasining Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha bosh maslahatchisi tomonidan “O‘zimiz keldik” shiori ostida Yangihayot tumanidagi 8, 329, 330-umumta’lim maktablarida o‘quvchi yoshlar bilan birgalikda intellektual mulk sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan davra suhbati tadbiri o‘tkazildi.

Shu bilan birga, tuman adliya bo‘limlari tomonidan tuman hududida joylashgan ta’lim muassasalarida va davlat tashkilotlarida aholi va yoshlar o‘rtasida intellektual mulkka nisbatan hurmat hissini oshirishga hamda ularda plagiatga qarshi toqatsiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Telegram | Facebook | Veb sayt
#Adliya_yangiliklari
#O‘quv_seminar

Toshkent shahar adliya boshqarmasi majlislar zalida Uchtepa tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi mudiri D.A.Sulaymonova tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti bo‘yicha o‘quv amaliy seminar tashkil etildi.

O‘quv amaliy seminar jarayonida tibbiyot muassasalari (tug‘ruqxona, shifoxona tug‘ruq bo‘limi) tomonidan tug‘ilgan bolalarning ma’lumotlarini “Tug‘ilish va o‘limni, shu jumladan perinatal o‘limni elektron ro‘yxatga olish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali FHDY bo‘limiga tug‘ilganlikni qayd etish uchun yuborish bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.

Seminar yakunida FHDY bo‘limlari tomonida mazkur ma’muriy reglament talablarini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Telegram | Facebook | Veb sayt
#Adliya_yangiliklari
#Davlat_xizmatlari_markazi
#Adliya_onlayn

Ayni paytda Yashnabod tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan Yashnabod tumani Mumtoz MFY binosida sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda.

Telegram | Facebook | Veb sayt
#Adliya_yangiliklari
#Ish_jarayoni
#Nodavlat_notijorat_tashkilot

Toshkent shahridagi nodavlat notijorat tashkilotlar soni yana bittaga ko‘paydi.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan “Jangovar harakatlar va qurolli mojarolar nogiron faxriylari” jamoat birlashmasi davlat ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Shuningdek, jamoat birlashmasining kelgusidagi ish faoliyati yuzasidan huquq va majburiyatlari to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berib o‘tildi.

Telegram | Facebook | Veb sayt