Poytaxt_adliya
1.08K subscribers
5.18K photos
737 videos
19 files
3.35K links
Jamiyatdagi voqeliklarning huquqiy tahlili va qonunchilikdagi yangiliklar haqida tezkor ma’lumotlar kanali.

www.toshkent.adliya.uz

https://www.facebook.com/groups/179796339451957/?ref=share

Instagram.com/poytahtadliya

Murojaat uchun:
@Poytaxtadliyabot
Download Telegram
Forwarded from Huquqiy axborot
#2022_йил_1_майдан

❗️Хорижда ишлаётган фуқаролар ва уларнинг оила аъзоларига моддий ёрдам берилади

🔰Қонунчиликка кўра, ҳар йили ҳоким ёрдамчилари ёзма тавсияномасига асосан:

🔸боқувчиси хорижга меҳнат миграциясига чиқиб кетган ва “Ижтимоий ҳимоя ягона реестри” ахборот тизимида рўйхатда бўлган оилаларга БҲМнинг 2 баравари (540 минг сўм) миқдорида бир марталик моддий ёрдам кўрсатилади;

🔸меҳнат миграциясига чиқиб кетган фуқароларнинг “Ижтимоий ҳимоя ягона реестри” ахборот тизимида рўйхатда бўлган ёки “Темир дафтар”, “Аёллар дафтари” ва “Ёшлар дафтари”дан бирига киритилган, ногиронлиги бўлган оила аъзоларига дори-дармон, ногиронлик аравачалари, эшитиш аппаратлари ва ортопедик маҳсулотлар харид қилиш учун БҲМнинг 5 баравари (1 млн 350 минг сўм) миқдорида бир марталик моддий ёрдам кўрсатилади;

🔸меҳнат миграциясига чиқиб кетган фуқароларнинг Ўзбекистонда улар билан бирга яшовчи пенсия ёшига етган ёки I ва II гуруҳ ногиронлиги бўлган оила аъзоларига касаба уюшмалари тизимидаги санаторий ва профилактик даволаниш муассасаларига бир марталик бепул йўлланма берилади.

➡️ Шунингдек, маҳаллалардаги ёшлар етакчиларининг ёзма тавсияномасига асосан “Ижтимоий ҳимоя ягона реестри” ахборот тизимида рўйхатда бўлган ёки “дафтарлар”дан бирига киритилган ҳамда меҳнат миграциясига чиқиб кетган фуқароларнинг болаларига мавсумий фаолият юритадиган оромгоҳларга бепул йўлланмалар берилади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Diqqat_muhim

⚡️Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish bali 140,0 ball etib belgilandi

2022/2023-o‘quv yilida talabalar o‘qishini xorijiy oliy ta'lim tashkilotlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan filiallar va nodavlat oliy ta'lim tashkilotlaridan O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta'lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkaziladigan test sinovlari natijalariga ko‘ra Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘tish bali 140,0 ball etib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8-aprel kuni Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2022/2023-o‘quv yilida xorijiy davlatlardagi oliy ta'lim muassasalari, respublikamizda faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy (filiallar) oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliy ta'lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlangan edi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
Адлиядан ташаббус: “Гендер-мадад” ҳуқуқий маслаҳат платформаси ишга туширилди

❗️Жамиятда аёллар ва эркакларнинг тенг ҳуқуқлилигини таъминлаш, аёлларга нисбатан тазйиқ ва зўравонликнинг олдини олиш, бепул ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш тизимини янги босқичга кўтариш мақсадида Адлия вазирлиги томонидан “Гендер-мадад” электрон ҳуқуқий маслаҳат платформаси ишга туширилди.

🔸Платформа орқали қуйидаги йўналишларда ҳуқуқий ёрдам олиши мумкин:

🔹Гендер тенглик;
🔹Аёллар ҳуқуқий ҳимояси;
🔹Аёлларга имтиёзлар;
🔹Оилавий муносабатлар;
🔹Оилавий зўравонлик;
🔹Халқаро стандартлар;
🔹Гендер тенглигига эришиш стратегияси;
🔹Аёллар учун ижтимоий ҳимоя дафтарлари;
🔹Она ва бола саломатлигини муҳофаза қилиш.

❗️Платформадаги маълумотлар содда, халқчил тилда баён этилган бўлиб, бу ҳуқуқий маслаҳатлар ҳар бир аёл учун кундалик ҳаётида дастак бўлиб хизмат қилади.

‼️Энг асосийси, платформада қайта алоқа йўлга қўйилган бўлиб, Сиз ўз саволларингизга малакали ҳуқуқшунослардан онлайн жавоб ва маслаҳат олишингиз мумкин.

Батафсил 👉 https://www.youtube.com/watch?v=61fTvXQP47g

Платформага ўтиш 👉 https://gendermadad.uz/oz

Каналга уланиш👇
https://t.iss.one/hudud24official
______________________________
#Маҳаллий
#Adliya_yangiliklari

⚡️Benkov nomidagi rassomchilik maktabida chet davlatlarning harbiy xizmatiga yollanganlik uchun javobgarlik borligi yuzasidan targ'ibot tadbiri o'tkazildi

Joriy yilning 28 avgust kuni Shayxontohur tuman adliya bo'limi va yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan Benkov nomidagi rassomchilik maktabida chet davlatlarning harbiy xizmatiga yollanganlik uchun javobgarlik borligi yuzasidan targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Tadbirda, o’quvchilarga O’zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi tushuntirildi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish uning salbiy illatlari to’g’risida ham ma’lumot berildi.
#Adliya_yangiliklari

Joriy yilning 27-aprel sanasida Yangihayot tuman adliya bo'limi va yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan tuman xalq ta'lim bo'limi tasrrufidagi 330-sonli maktab binosida Chet el davlatlarining harbiy xizmatIga yollanganlik uchun jinoiy javobgarlik mavzusida huquqiy targ'ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda ishtirokchilarga, Jinoyat Kodeksning 154-1-moddasi, xorijiy davlatlarning harbiylashgan organlariga xizmatga kirish uchun javobgarlik belgilanganligini tadbir ishtirokchilariga aytib o'tildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinish tarixi va qabul qilishdan ko‘zlangan maqsad haqida tushuntirib, Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biri ekanligi to’g’risida tushuntirish berib o'tdi.

Batafsil:👇🏻👇🏻👇🏻
https://www.facebook.com/groups/179796339451957/permalink/1175306076567640/
#Adliya_yangiliklari

“Toshkent” telekanali "Gap chiqdi" ko'rsatuvining navbatdagi "To'ydan oldingi berilgan vadalar sarobmi?" mavzusi doirasida Olmazor tuman adliya bo'limi bosh maslahatchisi Toshtemirov Zuxrobbek tomonidan “Nikon shartnomasi” to'g'risida huquqiy tushuntirish berildi.

https://youtu.be/OdpbZ1jHOZo

Batafsil
https://www.facebook.com/groups/179796339451957/permalink/1175308703234044/
#Adliya_yangiliklari

Mahallalardagi xotin-qizlar faollari lavozimiga saralangan nomzodlar uchun amaliy seminar tashkil etildi

Olmazor tumani adliya tomonidan joriy yilning 26-aprel kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida mahallalardagi xotin-qizlar faollari lavozimiga saralangan nomzodlarga Prezidentimizning “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni atroflicha tushuntirildi.

Farmonga ko‘ra, aliment to‘lovchining boshqa ijro hujjatlari bo‘yicha qarzi, jarimalari va ijro harakatlari aliment to‘lovlari to‘liq qoplangandan so‘ng undiriladi.

Aliment majburiyatlarini
bajarishdan bo‘yin tovlab kelayotgan va qidiruvga e’lon qilingan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni majburiy ijro organlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirish, shuningdek, davlat OAVlarida e’lon qilish amaliyoti joriy etiladi.

Batafsil:
https://www.facebook.com/groups/179796339451957/permalink/1175313003233614/
#Adliya_yangiliklari

Joriy yilning 27 aprel kuni Sergeli tumani adliya boʻlimi va yuridik xizmat koʻrsatish markazi bilan hamkorlikda davlat organlari va tashkilotlari masʼul xodimlari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 martdagi "Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-173-sonli qarori mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik vakillariga yetkazish yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida, joriy yilning 1-avgustidan boshlab bosqichma-bosqich davlat organlari va tashkilotlarining tuman bo‘linmalariga yuridik xizmat ko‘rsatilish yo‘lga qo‘yilishi to'g'risida ma’lumotlar berildi.

Batafsil:
https://www.facebook.com/groups/179796339451957/permalink/1175315643233350/
#Adliya_yangiliklari

Yangihayot tuman hokimligida targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

Yangihayot tuman adliya bo`limi tomonidan joriy yil 26-aprel kuni tuman hokimligida hokimlikning mas'ul xodimlari ishtirokida Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 22 iyundagi 390-son qaroriga bilan tasdiqlangan “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlarini «E-qaror» elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), ro‘yxatga olish va e’lon qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomni mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan seminar o'tkazildi.

Seminar davomida, Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan qaror va farmoyishlarini “E-qaror” elektron tizimida eʼlon qilishda ochiq yoki yashirilgan maqomda boʻlishini belgilaydigan holatlar yuzasidan ma'lumotlar berildi.

Batafsil:👇🏻👇🏻👇🏻
https://www.facebook.com/groups/179796339451957/permalink/1175301533234761/
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Joriy yilning 26 aprel kuni “O’zbekiston” telekanali “Mening huquqim” ko‘rsatuvida Sergeli tuman adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi Arturbek Abdumannonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-752-son “Fuqarolarning va tadbirkorlik subektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati tushuntirildi.