TerDU rasmiy kanali
23.3K subscribers
20.5K photos
2.43K videos
995 files
10.1K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Murojaat uchun: @TerDU_murojaatlar_bot
Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
​​#Qonunchilik_yangiliklari

Prezident tomonidan “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–788-son, 08.08.2022-y.) imzolandi.

Qonun 10 ta bob va 64 ta moddadan iborat boʻlib, vazirlik va idoralar mutaxassislari, xorijiy ekspertlar va jamoatchilik vakillari ishtirokida tayyorlandi.

Mazkur qonun davlat organlari va tashkilotlaridagi 118 mingdan ortiq davlat fuqarolik xizmatchilarining faoliyati bilan bogʻliq barcha munosabatlarni yagona qoidalar asosida tartibga soladi.

Qonunga koʻra:

Davlat xizmatchisi tadbirkorlik bilan shugʻullanishi, ularning muassisi boʻlishi, Oʻzbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishi, chet elda koʻchmas mulk olishi taqiqlanadi.

Davlat xizmachisi daromadlari va mol-mulki toʻgʻrisida deklaratsiya berishi kerak.

Davlat xizmatchilari uchun 5 kunlik ish haftasi va haftasiga 40 soatdan oshmaydigan ish davomiyligi belgilanadi.

Davlat xizmatchilariga 27 kundan kam boʻlmagan yillik asosiy taʼtil beriladi.

👉@eduuz
​​#Qonunchilik_yangiliklari

❗️Magistraturada oʻqiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-toʻlovlari qaytarish shartisiz qoplab beriladi

🔰Vazirlar Mahkamasi qarori (447-son, 15.08.2022 y.) bilan Davlat OTMning magistratura bosqichiga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan va taʼlim olayotgan xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt summasini Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

✔️Nizomga koʻra, davlat OTM, shu jumladan, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Bosh prokuratura akademiyasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Bank-moliya akademiyasining magistratura bosqichida oʻqiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-toʻlovlari qaytarish shartisiz qoplanadi.

📝 Bunda:

➡️talabgor 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab oʻquv yili uchun toʻlov-kontraktning toʻliq summasini qoplab berish yuzasidan (tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt toʻlovlari bundan mustasno) oʻzlari taʼlim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentyabrgacha ariza bilan murojaat etadi.

⛔️Ushbu muddatdan keyin taqdim etilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi;

➡️ arizalar 3 ish kunida koʻrib chiqilib, roʻyxat shakllantiriladi;

➡️ umumlashtirilgan talabgorlar roʻyxati 5 ish kunida toʻlov-kontraktlarni qoplab berish uchun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga (2023-yildan OTMning idoraviy mansubligiga koʻra tegishli vazirliklar va idoralarga) yuboriladi;

➡️ talabgorlarga toʻlov-kontrakt summasini qoplab berish toʻgʻrisida joriy oʻquv yilining 15-oktabriga qadar tegishli OTM rektori (filial direktori) buyrugʻi qabul qilinadi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
Forwarded from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari

⚡️Oliy ta’lim muassasalarida masofaviy ta’limni joriy etish tartibi belgilandi

🔰Hukumat qarori (559-son, 03.10.2022 y.) bilan “Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’lim shaklini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom bilan masofaviy ta’lim orqali oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat va magistratura bosqichlarida kadrlarni tayyorlashni tashkil etish tartibi belgilandi.

▪️Buning uchun ta’lim tashkilotida quyidagilar bo‘lishi talab etiladi:

- masofaviy ta’limni boshqarish uchun “Learning Management System” platformasi;
- internetga ulanish va foydalanish uchun axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi;
- o‘quv yili uchun mo‘ljallangan o‘quv kontenti;
- fanlarning elektron o‘quv-metodik majmualari hamda ilmiy va o‘quv adabiyotlarining elektron bazasi;
- kompyuter texnikasi bilan jihozlangan alohida bino yoki auditoriyalar;
- texnik va dasturiy komponentlar ishlashini ta’minlaydigan muhandis-texnik xodimlar;
- ta’lim tashkilotiga tegishli bo‘lgan, mamlakat hududida joylashgan server qurilmasi;
- ta’lim tashkiloti to‘g‘risidagi barcha axborotlar joylashtirilgan rasmiy veb-sahifa.

🗓 Masofaviy ta’lim joriy etish mumkin bo‘lmagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari har yili 1 aprelgacha e’lon qilinadi.

❗️Masofaviy ta’lim asosida kadrlar tayyorlashda bir bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 300 nafar, bir magistratura mutaxassisligi 30 nafar talabadan ortiq bo‘lmasligi lozim.

🔹Bunda:
- mazkur talab axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlariga tatbiq etilmaydi;
- talabalar sonini aniqlashda xorijiy davlat fuqarosi bo‘lgan talabalar hisobga olinmaydi.

Masofaviy ta’limda o‘qishga qabul qilingan talaba quyidagi hollarda oliy ta’lim tashkilotiga kelishi shart:

- o‘quv jarayoni boshlanishidan avval – LMS platformasida ro‘yxatdan o‘tish uchun;
- har semestr yakunida – yakuniy nazorat topshirish o‘tish uchun.

📌 Shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy va magistrlik ishi himoyasi bevosita oliy ta’lim tashkilotida an’anaviy tarzda amalga oshiriladi, ularni sinxron yoki asinxron rejimida qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Masofaviy ta’lim shakli to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari

“Oliy taʼlim aʼlochisi” hamda “Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishonlari taʼsis etildi

🔰Hukumatning “Oliy taʼlim aʼlochisi” hamda “Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishonlarini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

➡️ Mazkur mukofot bilan oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim sohasida fidokorona mehnat qilayotgan, soha rivojiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan fuqarolar ragʻbatlantiriladi.

✔️ Koʻkrak nishonlari bilan mukofotlangan shaxslarga 1-oktabr - Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida topshiriladi.

➡️ Koʻkrak nishoni bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

📌 Shuningdek, mukofotlangan shaxslarga BHMning toʻrt baravari miqdorida biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.

❗️Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
Forwarded from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari

Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi joriy qilinadi

“Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–414-son, 03.11.2022-y.) qabul qilindi.

🏛 Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida ta’lim dasturlari xalqaro reytingda yuqori bo‘lgan xorijiy OTM dasturiga ko‘ra shakllantiriladi.

🗓 2023/2024-o‘quv yilidan quyidagilar kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlarini topshirishdan ozod qilinadi va ularga maksimal ball beriladi:

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi faxriy unvoniga ega sportchilar;
Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi yoki xalqaro grossmeyster sport unvoniga ega sportchilar;
O‘zbekiston sport ustasi yoki O‘zbekiston grossmeysteri sport unvoniga ega sportchilar;
Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda g‘olib (1-o‘rin) bo‘lgan sportchilar.

✔️ Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida 2023-yil 1-yanvardan Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi joriy qilinadi.

➡️ 2023-yil 1-yanvardan “Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy kengash tashkil qilinadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari

📑Davlat, nodavlat va xorijiy OTMlarning talabalari uchun Prezident va nomli davlat stipendiyalarini moliyalashtirish tartibi tasdiqlandi

🔰Hukumat qarori (02.05.2023-y., №181) bilan davlat OTMlarining qoʻshma taʼlim dasturlari asosida tahsil olayotgan, respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy OTMlarining filiallari va nodavlat OTMlarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

💬Unga koʻra:

🔹oliygohlar – har yili 15-oktabrga qadar joriy oʻquv yili uchun stipendiya oluvchi talabalar soni hamda ularga toʻlanadigan stipendiya miqdorini hisoblaydi va byudjetdan zarur mablagʻlar ajratilishi yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga soʻrovnoma kiritadi;

🔹vazirlik – har yili 1-noyabrga qadar tashkilot tomonidan taqdim etilgan soʻrovnomalarga asosan joriy oʻquv yili uchun stipendiya toʻlovlariga sarflanadigan mablagʻlarni toʻliq hajmda ularning hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.

✔️Davlat oliy taʼlim muassasalarining qoʻshma taʼlim dasturlari asosida tahsil olayotgan bakalavriat bosqichi talabalari uchun stipendiya mablagʻlari ushbu muassasalarning byudjet xarajatlar smetasida nazarda tutiladi.

▶️Talabalar uchun stipendiyalarni tayinlash tartibi Vazirlar Mahkamasining 226-son qarori bilan tasdiqlangan nizom asosida amalga oshiriladi.

‼️Stipendiya sohiblariga belgilangan miqdordagi stipendiya ularning davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotganidan qat’i nazar tayinlanadi va to‘lanadi.

🟥Ma’lumot uchun, ushbu Nizom davlat oliy ta’lim muassasalari va davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari

⚡️2023/2024-o‘quv yilidan
“Psixiatriya”, “Tibbiy psixologiya” va “Narkologiya” klinik ordinatura va magistratura mutaxassisliklariga qabul faqat davlat granti asosida umumiy qabul parametrlari doirasida amalga oshiriladi.

Asos: Prezident qarori (PQ–196-son, 19.06.2023-y.)

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari

⚡️ So‘nggi 6 yillik baholar OTMlarga joriy yilgi qabulda inobatga olinmaydi

🔰 Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF–107-son farmoni qabul qilindi.

Mazkur farmon bilan davlat rahbarining PF-213-son farmoniga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan hamda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarini tamomlagan yoshlar uchun 2023/2024-o‘quv yilida davlat granti asosida qo‘shimcha 3 000 ta o‘rin ajratiladi.

Shuningdek, Prezidentning PF-6108-son farmoniga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichini oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olish 2 yilga uzaytirildi.

Bunda joriy yilda majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olinmaydi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari

Nomli davlat stipendiyalari soni 12 ta bo‘ldi

Prezidentning tegishli farmoniga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalari uchun ayrim nomli davlat stipendiyalari joriy etilganligi munosabati bilan 1993-yil 5-fevraldagi PF–555-son Farmonga o‘zgartirish kiritildi.

Unga ko‘ra, mazkur farmon 2-bandi tahrirlanib, nomli davlat stipendiyalarning yo‘nalishlar kesimidagi ro‘yxati yangilandi.

Jumladan, Prezidentning PQ–414-son hamda PQ–20-son qarorlariga muvofiq ro‘yxatga tarix va geografiya yo‘nalishlarida – Bobur, jismoniy madaniyat va sport yo‘nalishlarida – Pahlavon Mahmud nomli stipendiyalari kiritilib, ularning soni 12 taga yetdi.

Nomli davlat stipendiyalarning yo‘nalishlar kesimidagi ro‘yxati:

▪️texnika yo‘nalishlarida – Beruniy;

▫️tibbiyot yo‘nalishlarida – Ibn Sino;

▪️gumanitar yo‘nalishlarda – Navoiy;

▫️tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarida – Kamoliddin Behzod;

▪️tabiiy yo‘nalishlarda – Ulug‘bek;

▫️kinematografiya yo‘nalishida – Xudoybergan Devonov;

▪️tarix va geografiya yo‘nalishlarida – Bobur;

▫️jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida – Pahlavon Mahmud;

▪️O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida – Imom al-Buxoriy;

▫️Qoraqalpog‘istondagi oliygohlarda – To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov;

▪️barcha yo‘nalishlarda – Islom Karimov nomli davlat stipendiyalari.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari

Talabalarni turar joy bilan taʼminlash tizimi raqamlashtirilib, ularga qator yengilliklar berilmoqda

Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari talabalarini turar-joy bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 376-son (14.08.2023-y) qarori qabul qilindi.

Qaror bilan davlat OTMlari talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

Qarorga koʻra 2023/2024-oʻquv yilida:

1-kurs talabalari uchun davlat OTMlarining talabalar turar joyiga joylashish davlat xizmati markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali bepul elektron ariza berish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bunda arizalar qabuli 20-avgustdan boshlanadi.

Bunda talabalar bilan tuziladigan turar joy ijara shartnomalari davlat soliq xizmati organlarida soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali masofadan turib biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) texnologiyasi orqali onlayn hisobga qoʻyiladi.

yuqori kurs talabalarini turar joyga joylashtirish anʼanaviy tarzda amalga oshiriladi. Bunda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza OTM yotoqxonalariga joylashtirish komissiyasiga topshiriladi.

2024/2025-oʻquv yilidan boshlab barcha kurs talabalari uchun davlat OTMlarining talabalar turar joyiga joylashish faqat davlat xizmati markazlari yoki my.gov.uz orqali elektron ariza berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish 1-avgustdan boshlab oʻquv yili yakuniga qadar davom etadi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari
#yengillik #ijara_puli

⚡️Ijarada yashovchi talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi soddalashtirilmoqda

Qarorga muvofiq, Vazirlar mahkamasining 605-son qaroriga (24.09.2021-y.) ayrim o‘zgartirishlar kiritildi.

Bunda talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qat’i nazar Toshkent shahrida – bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (330 ming so‘m), qolgan hududlarda – bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (165 ming so‘m) miqdorida to‘lanishi belgilab qo‘yildi.

Ijara to‘lovining bir qismini qoplash uchun talabalarga qo‘yiladigan bir qator talablar bekor qilinib, talabgorni aniqlash mezonlarini belgilash vakolati oliy ta’lim muassasasidagi komissiyaga berildi.

Bu orqali haqiqatda ijaraga ehtiyojmand bo‘lgan talabalarning imtiyozdan foydlanish imkoniyati yanada oshiriladi.

Shuningdek, birinchi bosqich talabalariga sentabr va oktabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etmasdan oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi joriy etildi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari
#mezon #yotoqxona

⚡️Quyidagi toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi:

“Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalar;

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”da turadigan talabalar;

I va II guruh nogironligi boʻlgan talabalar;

bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi taʼlim shaklida ikki yoki undan ortiq toʻlov-shartnoma asosida oʻqiyotgan oilalar farzandlari;

xalqaro fan olimpiadalari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan respublika fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar;

“Yil talabasi” va “Talabalar teatr studiyalari” koʻrik-tanlovlarining respublika bosqichi gʻolibi boʻlgan talabalar;

oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan “Zakovat” intellektual oʻyinining respublika bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar;

talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori boʻlgan talabalar.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi qabul qilindi

Prezident Farmoni bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlandi hamda uni 2023 yilda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi 5 ta ustuvor yo‘nalish hamda 100 ta maqsaddan iborat.

Birinchi yo‘nalish “Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish” deb nomlanib, unda ta’lim tizimi islohotlari bo‘yicha 2030-yilgacha erishiladigan maqsadlarning samaradorlik ko‘rsatkichlari belgilandi.

Jumladan, oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida:

yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi kamida 50 foizga yetkaziladi;
umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari oliy ma’lumotli pedagog kadrlar bilan to‘liq ta’minlanadi;
30 ta oliy ta’lim muassasasining ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi;
“Top-500”ga kiradigan xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda kamida 50 ta qo‘shma ta’lim dasturi asosida “ikki diplomli tizim” joriy etiladi;
10 ta oliy ta’lim muassasasini dunyoning eng nufuzli “Top-1 000” oliy ta’lim tashkilotlari reytingiga kiritishga erishiladi;
oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqotlar natijadorligi oshirilib, ilmiy salohiyat 70 foizga yetkaziladi.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari
#strategiya2030

⚡️2030-yilgacha 150 ming o‘rinli talabalar turar joyi quriladi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga binoan, oliy ta’lim muassasalarining tashkiliy boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash maqsadida:

5 ta oliy ta’lim muassasasi milliy tadqiqot oliygohlariga aylantiriladi;
qo‘shimcha 120 ming o‘rinli o‘quv binolari hamda 150 ming o‘rinli talabalar turar joyi quriladi;
kutubxonalar kamida 1 millionta zamonaviy adabiyotlar bilan to‘ldirilib, kutubxona fondi to‘liq raqamlashtiriladi.

Shuningdek:
🔹yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning ilmiy faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida har yili 500 nafar iste’dodli yoshlar xorijning nufuzli oliygohlariga o‘qishga yuboriladi;
🔸milliy terma jamoalarga yuqori malakali va natijador sportchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida sport sohasida oliy ma’lumotli xodimlar ulushi 85 foizga yetkaziladi;
🔹xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular bilan doimiy muloqot tizimini joriy etish maqsadida o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishidagi oliygohlarda xorijdagi vatandoshlar uchun 200 ta grant ajratiladi.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari
#strategiya

⚡️14 ta hududiy professional tayyorgarlik markazlari tashkil etiladi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga asosan, professional ta’lim tizimini rivojlantirish orqali o‘quvchilarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga o‘rgatish maqsadida:

700 ta professional ta’lim muassasalarida ta’lim sifati oshirilib, moddiy-texnika bazasi takomillashtiriladi;

14 ta hududiy professional tayyorgarlik markazlari tashkil etilib, malaka toifasiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar ulushi 50 foizga, masofaviy yoki aralash shakllarda tashkil etiladigan malaka oshirish kurslari ulushi 30 foizga yetkaziladi;

o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlashda davlat granti axborot texnologiyalari, qurilish, transport va logistika yo‘nalishlarida 100 foizga yetkaziladi.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari
#strategiya
#ilmfan

“Korxona – oliygoh – ilmiy tashkilot” klaster tizimi joriy etiladi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga asosan, iqtisodiyotning eng tez o‘sib borayotgan yo‘nalishlarida amaliy tadqiqotlarni kuchaytirish, “korxona – oliygoh – ilmiy tashkilot” klaster tizimini joriy etish maqsadida:

▪️amaliy tadqiqotlarga Davlat budjetidan 4 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi;

▫️iqtisodiyot tarmoqlarining “drayver” yo‘nalishlarida 850 turdagi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqariladi;

▪️amaliy tadqiqotlar natijalari asosida 2,5 mingdan ziyod yangi ilmiy ishlanmalar yaratiladi;

▫️transport va logistika, qishloq xo‘jaligida hosildorlik, energetika, biotexnologiya, geologiya va metallni qayta ishlash, mashinasozlik va elektronika yo‘nalishlarida 8 ta ilmiy ishlab-chiqarish klasterini tashkil etiladi.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM