Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari
#strategiya2030
⚡️2030-yilgacha 150 ming o‘rinli talabalar turar joyi quriladi
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga binoan, oliy ta’lim muassasalarining tashkiliy boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash maqsadida:
➖5 ta oliy ta’lim muassasasi milliy tadqiqot oliygohlariga aylantiriladi;
➖qo‘shimcha 120 ming o‘rinli o‘quv binolari hamda 150 ming o‘rinli talabalar turar joyi quriladi;
➖kutubxonalar kamida 1 millionta zamonaviy adabiyotlar bilan to‘ldirilib, kutubxona fondi to‘liq raqamlashtiriladi.
Shuningdek:
🔹yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning ilmiy faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida har yili 500 nafar iste’dodli yoshlar xorijning nufuzli oliygohlariga o‘qishga yuboriladi;
🔸milliy terma jamoalarga yuqori malakali va natijador sportchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida sport sohasida oliy ma’lumotli xodimlar ulushi 85 foizga yetkaziladi;
🔹xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular bilan doimiy muloqot tizimini joriy etish maqsadida o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishidagi oliygohlarda xorijdagi vatandoshlar uchun 200 ta grant ajratiladi.
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube