Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.32K subscribers
10.5K photos
1.64K videos
461 files
3.57K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
📚 "Kitob mening hayotimda"

🔹 Toshkent arxitektura-qurilish institutida talabalar va professor o'qituvchilar o'rtasida kitob oʼqishga boʼlgan munosabat, kitobning inson hayotida tutgan oʼrni beqiyosligi hamda kitobga boʼlgan qiziqish va muhabbatni yana yuksaltirish maqsadida “Kitob mening hayotimda” mavzusida maʼnaviy psixologik aksiya tadbiri bo'lib o'tdi.

🔹 Tadbirda 400 dan ortiq professor-o'qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.

🔹 Аksiya natijasiga koʼra 80% ishtirokchilarda ”Kitobning inson hayotida oʼrni beqiyosligi kitobni koʼp oʼqish kerak”ligi, 10% “Kitob insoning doʼsti”, 10% “Kitob hayotni oʼrgatadi, dunyoqarashni kengaytiradi” kabi izohlar qoldirishdi.

🔹 Shu bilan birga talabalar bilan kitobxonlik viktorinasi oʼtkazildi va faol ishtirok etgan talabalarga kitoblar sovgʼa qilindi.

🔹 Shuningdek "Yangi kitob” nashriyoti tomonidan kitob yarmarkasi tashkil etildi. Zero kitob har qanday bilimning joni va yuragi, har qanday fanning isbotidir.

#kitob #yarmarka #tadbir
@taqi_uz
#yarmarka_yoshlar_karyera

📣📣 DIQQAT E'LON 📣📣

🔸 Toshkent arxitektura-qurilish instituti barcha talaba-yoshlari diqqatiga!!!

👉 Ertaga institut hovlisida "KARYERA KUNLARI" deb nomlangan mehnat yarmarkasi bo'lib o'tadi.

Yarmarkada faol ishtirok eting va sizga berilgan imkoniyatdan foydalaning.

Boshlanish vaqti: 13-aprel 9'00 da

🤝 Sizni ertaga 50 dan ortiq qurilish tashkilotlari faoliyatlari bilan tanishish hamda o‘z sohangiz bo‘yicha ishga joylashish kutmoqda.

🎤 Bundan tashqari yarmarkada OAV lari xodimlari tashrif buyurishi kutilmoqda. Video lavhalar, fotolar, radio interviyular, bosma nashrlar muxbirlari sizni savollar bilan qarshi oladi.

📝 Manzil: Kichik halqa yo'li ko'chasi, 7- uy (Moliya instituti oldingi binosida).

⚡️ Ayni siz kutgan qizg'in va qaynoq ish jarayoni ...

TAQI Matbuot xizmati

@taqi_uz
#yarmarka_yoshlar_karyera

⚡️Bugun Toshkent arxitektura va qurilish institutida "KARYERA KUNLARI" mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtdi. Tadbirda qariyb 70 dan ortiq qurilish, arxitektura sohasida faoliyat olib borayotgan idora va tashkilotlarning vakillari oʻzlaridagi mavjud boʻsh ish oʻrinlarini talaba yoshlarga taklif etdilar. Mehnat yarmarkasi har tomonlama manfaatli boʻldi. Yoshlar oʻzlari qiziqqan yoʻnalishlar boʻyicha bo‘sh ish oʻrinlari bilan tanishdilar. Talab va takliflar oʻrganildi. Shunday qilib, institutning 300 nafar talabalari soʻrovnomalarni toʻldirib, kelgusidagi rejalarni kelishib oldilar. 40 nafardan ziyod yoshlar bilan tashkilotlarda ishlash boʻyicha shartnomalar imzolandi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
👍5
📣📣 DIQQAT E'LON 📣📣

⚡️ 2022-yilning 29-sentabr kuni soat 10:00 dan 13:00 ga qadar Toshkent shahar hokimligi hamda Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi hamkorligida Talabalar shaharchasida (Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, Beruniy xiyoboni) "Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi" tashkil etilmoqda.

🔹 Mazkur yarmarkaga ishlash istagida bo‘lgan yuqori kurs va bitiruvchi talabalarni taklif etamiz.

#yarmarka
@taqi_uz
2
#yarmarka

📝📝O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-416-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2022-yil 4-mart kuni “Oliy o‘quv yurtlari talabalari bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi”da berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektorining 2023-yil 6-martdagi “Ish beruvchi tashkilotlar ishtirokida “Bo‘sh ish o‘rinlari - 2023” yarmarkasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 49-sonli buyrug‘iga asosan 16-mart kuni Universitetda “Bo‘sh ish o‘rinlari - 2023” yarmarkasi o‘tkazildi.


#taqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yarmarka

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida ish beruvchi tashkilotlar ishtirokida o'tkazilgan "Bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi"dan ajoyib videorolik


#taqi_uz
👍8