Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.32K subscribers
10.5K photos
1.64K videos
461 files
3.57K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
#yarmarka

📝📝O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-416-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2022-yil 4-mart kuni “Oliy o‘quv yurtlari talabalari bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi”da berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektorining 2023-yil 6-martdagi “Ish beruvchi tashkilotlar ishtirokida “Bo‘sh ish o‘rinlari - 2023” yarmarkasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 49-sonli buyrug‘iga asosan 16-mart kuni Universitetda “Bo‘sh ish o‘rinlari - 2023” yarmarkasi o‘tkazildi.


#taqi_uz
🏣🏣Yarmarkada Universitet jamoasi, yirik ish beruvchi hamkor korxona va tashkilotlar vakillari, universitet bitiruvchi kurs talabalari va mahalla yoshlari faol ishtirok etishdi. Jumladan, «Enter Engineering Pte. Ltd» kompaniyasi, «DSK Binokor» AJ, Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi, «O‘zbekgidroenergo» AJ, «JBI Binokor» AJ, «Betomaxbeton» AJ, «O‘zshaharsozlikLITI» DUK, «ToshuyjoyLITI» AJ, «ToshkentboshplanLITI» DUK, «Qishloqqurilishloyiha» MChJ, «O‘zGAShKLITI» DUK, «O‘zog‘irsanoatloyiha» AJ, «Tashgiprogor» AJ, «DISCOVER INVEST» MChJ, «Trest 12» AJ, «Mimar Group» MChJ, «Yangi zamon bino» MChJ, «Neftgazmontaj» MChJ, Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti, «O‘zqurilishmaterialLITI» MChJ kabi 100 dan ortiq yirik tashkilotlar ko‘rgazmali materiallari, vakant o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar berildi.


#taqi_uz
👍4
#sayohat


Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti talabalari hamda guruh tyutorlari boshchiligida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi asosida “Vatanparvarlik o‘lka tarixini o‘rganishdan boshlanadi” mavzusida ko‘hna va navqiron Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi.

Sayohat davomida talabalar buyuk ajdodlarimizning tarixi bilan yaqindan tanishdilar hamda ushbu majmualarni ziyorat qilish davomida uning arxitekturasi bo‘yicha qiziqib ko‘pgina maʼlumotlarga ega bo‘ldilar. Shu bilan birga ekskursiya chog‘ida talabalar madaniy hordiq chiqarib katta taassurotlar bilan qaytdilar.


#taqi_uz
👍15🔥2❤‍🔥11
#uchrashuv


Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti kovorking markazida “Jaholatga qarshi-ma’rifat” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi Toshkent shahar xodimi Shukuritdinbekov Otabek Yo’ldashbekovich, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimi Toshpo’latov Bekzod Baxtiyarovich, Yoshlar bilan ishlash bo’yicha N.B. Qurbonova, guruh tyutorlari hamda 110 nafar talabalar ishtirok etdilar.

#taqi_uz
👍3👎2
#Fakt

Yaponiyada ishda uxlab qolgan xodim korxona tomonidan rag‘batlantiriladi. Chunki uni judayam qattiq mehnat qilib charchagan deb o‘ylashadi...

#taqi_uz
👍25🤣25🌚4🕊31😁1
#Umumxalq_xayriya_hashari

Navro‘z umumxalq bayrami arafasida Toshkent arxitektura-qurilish universitetida universitet hududi, binolar, maydonlar, bog‘ maydonlari va boshqa joylarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, imkoniyati cheklangan aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash, xayriya ehsonlarini tashkil etish maqsadida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.


#taqi_uz
👍13😁52❤‍🔥2
⚡️Oʻzbekiston yoshlari — chempion!

O‘zbekiston va Iroq o‘rtasidagi U-20 Osiyo kubogi final uchrashuvida O‘zbekiston 1:0 hisobda g‘alaba qozondi va chempionlikni qoʻlga kiritdi.

Futbolchi yoshlarimizga, ularning ota-onalariga va murabbiylariga bugungi gʻalaba uchun ming rahmat! Barakalla, yigitlar!

#taqi_uz
👏22👍65❤‍🔥2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navro'z_sayli


💐💐Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Navro'z sayli" shodiyonalari keng qamrovda nishonlandi.


#taqi_uz
👏25❤‍🔥4🔥3👍2🤩1👌1
#Muhim_sana

Bugun 19-mart, yakshanba.

🎊 BAYRAMLAR: 🎊

🌏 Butunjahon mijozlar kuni.
💉 Shprits kuni.
🇬🇧 Buyuk Britaniyada Onalar kini.
🇫🇮 Finlandiyada Tenghuquqlilik kuni.
🇮🇹 Italiyada Avliyo Iosif kuni.
🇵🇹 Portugaliyada Otalar kuni.

🌎 VOQEALAR: 🌎

🌸 1899-yil — Peterburgda Rossiyada birinchi “tez yordam” stansiyasi ochildi.
🌸 1917-yil — Kiyevda Ozod Ukraina shiori ostida 100 ming kishilik namoyish bo‘lib o‘tdi.
🌸 1950-yil — Yadro qurolini ta’qiqlovchi Stokgolm murojaatnomasi qabul qilindi.
🌸 1964-yil — Alp dovonidan oʻtuvchi tunnel ishga tushdi.
🌸 1970-yil — GDR va GFR rahbarlarining oliy darajadagi birinchi uchrashuvi.
🌸 1994-yil — Boku metrosida terroristik akt sodir etildi.
🌸 2003-yil — AQSh prezidenti Jorj Bush Saddam Husaynga ultimatum e’lon qildi.
🌸 2011-yil — NATO davlatlarining Liviyaga intervensiyasi boshlandi.
🌸 2016-yil — Istambulda terroristik xurujlar.

#taqi_uz
👍6🕊2😁1
#Muhim_sana

Bugun 20-mart, dushanba.

🎊 BAYRAMLAR: 🎊

🥰 Xalqaro baxt kuni.
🌏 Butunjahon Yer kuni.
🇺🇳 Xalqaro Fransuz tili kuni.
🇺🇳 Xalqaro bolalar va yoshlar uchun teatr kuni.
🇺🇸 AQShda Bibliomaniya kuni.
🇬🇭 Ganada Muhandislik kuni.
🇮🇷 Eronda Neftni milliylashtirish kuni.
🇨🇽 Rojdestvo Orolida Mehnat kuni.
🇯🇵 Yaponiyada Sakura gullashi va hayratlanish festivali.

🌎 VOQEALAR: 🌎

🌸 321-yil — Rim imperatori Konstantin I yakshanba kunini bayram qilishni buyurdi.
🌸 1833-yil — Pushkinning “Yevgeniy Onegin“ romani nashr etildi.
🌸 1930-yil — Moskva aviatsiya instituti (MAI) tashkil etildi.
🌸 1997-yil — Toshkent zarbxonasi ishga tushirildi.
🌸 2019-yil — Qosim-Jomrat To‘qayev Qozog‘iston prezidenti lavozimini egalladi.

#taqi_uz
👍2
#Infografika

Yangi Toshkent shahri qurilishiga tamal toshi qo‘yildi


Ilovada Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilishi boshlangan Yangi Toshkent shahri qurilishi loyihasi toʻgʻrisida asosiy maʼlumotlar bilan tanishishingiz mumkin (rasm).

#taqi_uz
👍12👏2👌2
🌸 Наврўз айёмингиз муборак бўлсин!

Сизни гўзал диёримизга қутлуғ қадамлар ила кириб келган фасллар маликаси баҳорнинг янгиланиш ва яшариш, эзгулик ва меҳр оқибат айёми - Наврўзи олам билан самимий муборакбод этамиз!

Баҳорнинг табаррук айёми Сизга, оилангизга ва ҳар бир хонадонга тинчлик, осойишталик, рисқ-насиба, олам-олам севинч ва бахт олиб келсин!

🌸 Яқинларингизни биринчи бўлиб табриклаш эсдан чиқмасин😊👇

#taqi_uz
👍93🔥1
#trening

Bugun 23-mart kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetining faollar zalida strategik rivojlantirish bo'yicha birinchi prorektor To'laganov Bahrom Abduqobilovich tomonidan "Training of Time Management" mavzusida kengash a'zolari ishtirokida mahorat darsi o'tkazildi.

#taqi_uz
👏8👎7👍2👌2
#Muhim_sana

Bugun 24-mart, juma.

🎊 BAYRAMLAR: 🎊

🫁 Xalqaro sil kasalligiga qarshi kurash kuni.
🫂 Xalqaro depressiyaga qarshi kurash kuni
🦸‍♂ Xalqaro ko‘zboylog‘ichlar kuni.
🇦🇷 Argentinada Haqiqat va adolat uchun xotira kuni.
🇺🇸 AQShda Ta’lim va tajriba almashish kuni.

🌎 VOQEALAR: 🌎

🌸 1155-yil — Yuriy Dolgorukiy Kiyevni egalladi va taxtga o‘tirdi.
🌸 1753-yil — Rossiya imperiyasida o‘lim jazosi bekor qilindi.
🌸 1802-yil — Ingliz ixtirochisi Richard Trevitik parovoz uchun birinchi patent oldi.
🌸 1898-yil — birinchi Amerika avtomobili sotildi.
🌸 1972-yil — Eng yaxshi kinolardan biri “Cho‘qintirgan ota” filmi premyerasi bo'lib o'tdi.
🌸 1990-yil — Islom Karimov OʻzSSR Prezidenti etib saylandi.
🌸 2014-yil — Toshkent shahrida Inha universiteti tashkil topdi.
🌸 2005-yil — Qirgʻizistondagi “Lola inqilobi“ natijasida Prezident Asqar Akayev mamlakatdan quvildi.
🌸 2008-yil — Pekinda olimpiya mash’alasi yoqildi.

#taqi_uz
👍2
Eng halol insonlar qayerda yashaydi?

«To‘satdan hamyonni yo‘qotib qo‘yish» tajribasida qancha hamyon o‘z egasiga qaytarib berilishi o‘rganilgan. Bu tajriba turli davlatlarda qanday natija berganligini xaritadan ko‘rishingiz mumkin.

Insofli finlandiyaliklar yo‘qotilgan 12 ta hamyondan 11 tasini egasiga qaytargan bo‘lsa, portugallarda atigi bitta hamyon o‘z egasiga qaytarilgan.

🤔Sizningcha, agar shu tajribada biznikilar ham ishtirok etganda nechta hamyon egasiga qaytarilgan bo‘lardi?

#taqi_uz
🕊1
#suhbat


Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Mazkur davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi xodimi, zahiradagi polkovnik T.M.Burxanov, zahiradagi podpolkovnik T.N.Tillayev, rektor maslahatchisi N.A.Nishonboyev hamda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy
ishlar bo’yicha birinchi prorektor A.Metyakubov ishtirok etdi.

#taqi_uz
👍41👎1
#suhbat

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari o'rtasida "Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarining tarqalishiga qarshi kurash" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.


Davra suhbati universitet profilaktika inspektori tomonidan olib borildi.


#taqi_uz
👎4👍1🤔1🤯1
#suhbat

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Qizlarni oilaga tayyorlash" mavzusida universitet ayol professor-o'qituvchilari hamda talaba-qizlari o'rtasida davra suhbati o'tkazildi.

Mazkur davra suhbatida Toshkent tibbiyot akademiyasi dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi Abdukadirova Lola Kabulovna ishtirok etdi.

#taqi_uz
👍5🤔1
#suhbat

2023-yil 25-mart kuni Toshkent arxitektura -qurilish universitetida “O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o’zgartirishlar va Referendum” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Mazkur davra suhbatida Toshkent tumanlar aro ma’muriy sudining sudyasi Kenjayeva Nigora Esanbayevna talabalarga O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o’zgartirishlar hamda Referendum o‘tkazilishi yuzasidan ma’lumotlar berdi.


#taqi_uz
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yarmarka

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida ish beruvchi tashkilotlar ishtirokida o'tkazilgan "Bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi"dan ajoyib videorolik


#taqi_uz
👍8