Tanzila Narbaeva
17.3K subscribers
3.54K photos
101 videos
1 file
944 links
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi

Facebook:
https://www.fb.com/narbaevatanzila/
Instagram:
https://www.instagram.com/tanzilanarbaeva
Twitter:
twitter.com/TNarbaeva
Download Telegram
Oliy Majlis Senatining qirq sakkizinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi

Yalpi majlisda masalalar muhokamasi jarayonini Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.

#yalpimajlis48

@tanzilanarbaeva
Senatorlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar ijobiy hal etilmoqda

Avvalgi majlislarimizda daryolar o‘zanlarini tozalash, qirg‘oqlarini mustahkamlash masalalari, qum-shag‘alni betartib qazib olishning ekologik oqibatlari yuzasidan Hukumatga yuborilgan parlament so‘rovida, mutasaddilar oldiga qat’iy vazifalar qo‘ygan edik.

O‘z navbatida, Vazirlar Mahkamasi sohadagi yechimini kutayotgan holatlarga jiddiy e’tibor qaratib, vaziyatni nazoratga oldi va qonun buzilishlariga nisbatan ta’sirchan choralar ko‘rilishi ta’minlandi.

Misol uchun, bugungi kunda prokuratura organlari tomonidan jami 58 ta jinoyat ishi bo‘yicha aniqlangan holatlar natijasida tabiatga 60 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani hisoblab chiqilib, ularni undirish choralari ko‘rilmoqda.

Yana bir masala — ijtimoiy-maishiy qurilish obyektlarini foydalanishga qabul qilishda nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari vakillarini davlat qabul komissiyasi tarkibiga kiritishda yuzaga kelgan muammo ko‘tarilgan edi. Qat’iy parlament nazorati doirasida ushbu masala uzil-kesil hal qilinib, qonun ustuvorligi ta’minlandi.

Xususan, qonun talablariga muvofiq O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi, uning barcha hududiy bo‘linma vakillariga qurilish obyektlarini qabul qilish bo‘yicha maxsus elektron platformadan foydalanish uchun imkoniyat yaratilgan.

Shuningdek, oldingi majlislarimizda aholi murojaatlari asosida senatorlarimiz tomonidan ko‘tarilgan ko‘p qavatli uylardagi liftlar bilan bog‘liq hamda “UZBEKISTAN AIRWAYS” AJga qarashli aviakassalardan aviachipta sotib olishdagi ayrim muammoli masalalar ham o‘z yechimini topdi.

#yalpimajlis48
@tanzilanarbaeva
Joylardagi ayrim masalalar Senat yalpi majlisi muhokamasiga olib chiqilib, ularning yechimiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu galgi yalpi majlisimizda ham senatorlarimiz 2 ta muammoli masalani ko‘tarishdi.

Senator Odiljon Iminov Toshkent shahri yo‘llaridagi yer usti piyodalar o‘tish joylaridan (ko‘priklar) foydalanishda piyodalar, ayniqsa keksalar, homiladorlar, yosh bolalilar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar turli qiyinchiliklarga duch kelayotganini ta’kidladi.

Inklyuzivlik - tenglik va adolatning muhim asosidir. Bu jamiyatning har bir jabhasida bo‘lishi kerak, har bir kishi uchun jamiyat hayotida ishtirok etish uchun imkoniyat yaratish zarur. Bu, ayniqsa, shaharsozlik va transportda muhim ahamiyatga ega: biz har bir inson jismoniy cheklanishlariga qaramay erkin harakatlanishini ta’minlashga intilishimiz kerak.

Senator Malika Kadirxanova Toshkent viloyati Qibray tumanidagi “Boyjigit” va “Ma’rifat” mahallalari hududida maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud emasligi, 150 nafardan ziyod bola bog‘chaga navbatda turgani masalasini ko‘tardi.

Har ikkala masalani batafsil o‘rgangan holda mutasaddi idora va tashkilotlarga ularni hal qilish choralarini ko‘rishlari hamda natijalari yuzasidan bir oy muddatda Senatga axborot kiritishlarini talab etiladi.

#yalpimajlis48

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Senatorlarning joylarda aholi bilan, o‘z saylovchilari bilan o‘tkaziladigan muloqotlari natijasida Davlat budjetida nazarda tutish uchun ko‘plab takliflar shakllantirilib, Hukumatga taqdim etildi.

Senatda budjetning shakllantirilishi jarayonlarida taklif berish amaliyoti joriy qilingan. Ushbu takliflarimiz asosida keyingi yilgi budjet parametrlarida 150 ga yaqin loyihaga qariyb 1 trln so‘m mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilmoqda.

Ular asosan ta’lim, sog‘liqni saqlash muassasalarini, ichimlik suvi, kanalizatsiya tarmoqlarini qurish va ta’mirlash, mahallalar hamda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalardir.

2020 yildan boshlab esa Senat takliflari asosida joylardagi 5 mingdan ziyod muammoli masalani hal qilishga jami 11 trln so‘mdan ziyod budjet mablag‘lari yo‘naltirildi.

#yalpimajlis48
#davlatbudjeti

@tanzilanarbaeva
Davlat hisobidan malakali yuridik yordam olish huquqini ta’minlashga qaratilgan yana bir muhim qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Inson qaysi holatda, sharoitda va maqomda bo‘lishidan qat’iy nazar malakali yuridik yordam olish huquqiga ega.

Bugun muhokama qilingan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga jinoyat, fuqarolik ishlari va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha advokatning ishtirokini ta’minlash tartibini belgilashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Ya’ni, har qanday sharoitda ham inson haq-huquqlari himoya qilinishi qonuniy jihatdan yanada mustahkamlab qo‘yilmoqda.

#yalpimajlis48
#insonhuquqlari

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM