Muloqotda O‘zbekiston va YeXHT Parlament assambleyasi o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildik.
Hamkorlarimiz mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro ishonchni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarni yuqori baholadilar. Ayniqsa, bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha erishilgan natijalar alohida e’tirof etildi.
Suhbatimizda mintaqaviy hamkorlik, iqlim o‘zgarishi, mehnat migratsiyasini tartibga solish, fuqarolarning xorijda qonuniy mehnat qilishi, ularning huquqlari va ijtimoiy himoyasini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratdik. Ushbu yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish va birgalikda amaliy ishlarni olib borishga kelishib oldik.
Shuningdek, qonunchilik va parlament nazorati sohasida tajriba almashish, parlamentlararo hamkorlikni amaliy mazmun bilan boyitish yuzasidan fikr almashdik.
#YeXHT #senat #hamkorlik
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤6👏3🤝1
Sportchilarimizning har bir g‘alabasi ortida yillar davomidagi mehnat, mashaqqatli mashg‘ulotlar, murabbiylarning sabri va fidoyiligi bor. Mamlakatimizda velosportni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor ana shunday yutuqlarda o‘z ifodasini topmoqda.
Velosportchilarimiz 4 ta oltin, 7 ta kumush va 3 ta bronza — jami 14 ta medalni qo‘lga kiritdilar! Ayniqsa, Marjona Pardaboyevaning ikki karra Para Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘lgani bizga alohida quvonch bag‘ishladi.
Barcha parasportchilarimiz va murabbiylarimizni chin qalbimdan tabriklayman! Sizlarning matonatingiz, mehnatingiz va g‘alabalaringiz bilan faxrlanamiz!
Yangi marralar, yangi zafarlar yor bo‘lsin!
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤4👏3
Har safar O‘zbekiston bayrog‘i baland ko‘tarilganda barchamizning qalbimiz iftixorga to‘ldi.
Bugun ana shu aziz sportchilarimiz bilan uchrashish, ularni tantanali taqdirlash marosimida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tabrigini o‘qib eshittirish men uchun katta sharaf bo‘ldi.
Mamlakatimizda parasportga qaratilayotgan e’tibor, sport infratuzilmasining rivojlanishi va barcha uchun teng sharoitlar yaratilayotgani iqtidorli sportchilarimizning xalqaro maydonda yuksak natijalarga erishishiga zamin yaratmoqda.
45 ta oltin, 49 ta kumush va 51 ta bronza — jami 145 ta medal! Terma jamoamiz umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egallab, O‘zbekiston parasporti tarixidagi eng yuqori natijaga erishdi.
Ayniqsa, sportchilarimiz tomonidan 15 dan ortiq jahon, Osiyo va Para osiyo o‘yinlari rekordlari yangilangani, 15 yoshli Boburbek Toshtemirov musobaqaning eng yosh chempioni bo‘lgani hammamizni quvontirdi.
Aziz sportchilarimiz!
Barchangizni chin qalbimdan tabriklayman. Ota-onalaringizga, ustoz va murabbiylaringizga samimiy minnatdorlik bildiraman.
Gʻalabalar bardavom bo‘lsin!
#paraosiyo2026
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤9