Tanzila Narbaeva
33.4K subscribers
4.69K photos
120 videos
1 file
1.08K links
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi

Facebook:
https://www.fb.com/narbaevatanzila/
Instagram:
https://www.instagram.com/tanzilanarbaeva
Twitter:
twitter.com/TNarbaeva
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 O‘zbekiston parlament delegatsiyasi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga aʼzo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasining bahorgi sessiyasida ishtirok etmoqda.

#senat
#hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13👍7🥰2👏1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Sankt-Peterburg shahrida Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Respublika Kengashi Raisi Natalya Kochanova bilan uchrashuv o‘tkazdik.

Uchrashuv chog‘ida parlamentlararo aloqalarning bugungi holati, istiqbollari hamda hamkorlikdagi loyihalarimizni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdik.

Shu jumladan, mahalliy hokimiyat vakillik organlari ishtirokida hududlararo forum, uchinchi O‘zbekiston-Belarus ayollar biznes-forumi, yoshlar parlamentlari yig‘ilishlarini har ikki tomon uchun manfaatli tarzda o‘tkazish masalalarini muhokama qildik.

#senat
#hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
29👍13
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Hamkasbim Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Numan Kurtulmushning taklifiga binoan Turkiya Respublikasiga rasmiy tashrif bilan keldik.

#senat #turkiya
#hamkorlik
#parlamentdiplomatiyasi

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3212👏4
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍6
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisi Raisi Numan Kurtulmush bilan o‘zaro manfaatli muzokaralar olib bordik.

Davlatlarimiz rahbarlarining qatʼiy siyosiy irodasi, ular o‘rtasidagi do‘stona, o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlar tufayli aloqalarimiz strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani eʼtirof etildi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-gumanitar, ta’lim, turizm yo‘nalishlari doirasida aloqalarimiz tobora rivojlanib borayotganligini qayd etib, istiqboldagi loyihalarni kengaytirish yuzasidan fikr almashdik.

Ko‘p tomonlama hamkorligimizni mustahkamlashda parlamentlararo aloqalarning muhim ahamiyatiga alohida to‘xtaldik. Bu borada qo‘mitalar, do‘stlik guruhlari, hududlararo muloqotlarni yanada faollashtirishga kelishib oldik.

Shu bilan birga, parlamentlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni yuqori bosqichga ko‘tarishga qaratilgan hamkorlik bayonnomasini imzoladik. Ushbu hujjat O‘zbekiston va Turkiya parlamentlarining kelgusidagi samarali hamkorligini yuksaltirishga xizmat qilishiga ishonaman.

🇺🇿🇹🇷
#parlamentdiplomatiyasi
#hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰167👍5👏4
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Anqara shahrida Turkiya Respublikasi oila va ijtimoiy xizmatlar vaziri Mahinur O’zdemir Gyoktash bilan uchrashdik.

Uchrashuv chog‘ida ijtimoiy himoya, oila instituti hamda ayollar va bolalar huquqlarini ta’minlash yo‘nalishlarida amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildik.

Ijtimoiy xizmat xodimlarining malakasini oshirish, quyi bo‘g‘ingacha ijtimoy xizmat tizimini sifatli joriy etish sohasida o‘zaro tajriba almashish hamda xududiy bo‘limlar bilan faol muloqotni yo‘lga qo’yish yuzasidan fikr almashdik.

Shu bilan birga, xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston va Turkiya tadbirkor ayollarining biznes forumlarini o‘tkazishga kelishib oldik.

🇺🇿🇹🇷
#parlamentdiplomatiyasi
#hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21👍13👏2
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Yaponiya Adliya vaziri hamda Yaponiya parlamenti Vakillar palatasi deputati Keisuke Suzuki bilan uchrashuv o‘tkazdik.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, sud-huquq islohotlari, qonunchilik tizimini takomillashtirish, kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish yuzasidan fikr almashdik.

Shu bilan birga, ikki davlatl o‘rtasidagi hamkorlikning izchil rivojida parlamentlararo aloqalar ahamiyati alohida qayd etilib, “Yaponiya–O‘zbekiston” do‘stlik guruhlari faoliyatini jadallashtirish, parlament qo‘mitalari bilan muloqotni faollashtirish masalalarini muhokama qildik.

#hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍118👏2
🇺🇿🇺🇿🇺🇿Musulmon donishmandlari kengashi bosh kotibi Muhammad Abdussalom bilan uchrashuv o‘tkazdik.

Suhbatimiz avvalida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlash eng ustuvor vazifalardan ekanligi alohida taʼkidlandi.

Buyuk mutafakkir ajdodlarimizning ilmiy merosini tadqiq etishda Musulmon donishmandlari kengashi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shu jumladan Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy majmuasi bilan faol aloqalar o‘rnatish yuzasidan fikr almashdik.

Shuningdek, bugungi kunda yoshlarimizning qalbi va ongini zaharlash, hayotini izdan chiqarish kabi ko‘plab tahdidlarga qarshi kurashish masalasi ham eʼtiborimiz markazida bo‘ldi.

#hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍128👏2
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Polsha Respublikasi Senati Raisining o‘rinbosari Mixal Kaminskiy bilan uchrashuv o‘tkazdik.

Mamlakatimizdagi islohotlar jarayoni, O‘zbekiston-Polsha xalqlari o‘rtasidagi ko‘p yillik do‘stona munosabatlar suhbatdoshim tomonidan iliq taassurotlar bilan alohida eʼtirof etildi.

Muloqot chog‘ida davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, jumladan, investitsiya, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, bu borada hududlararo muloqotlarni yanada faollashtirish masalalariga eʼtibor qaratdik.

Oliy taʼlim, turizm, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi kabi sohalardagi hamkorlikning mustahkam ikki tomonlama asoslarini shakllantirish hamda talabalar o‘rtasida tajriba almashish, mutaxassislarning malakasini oshirish yuzasidan fikr almashdik.

Shu bilan birga, parlamentlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish maqsadida do‘stlik guruhlari faoliyatini jadallashtirish, yuqori palatalar o‘rtasida hamkorlik loyihalarini yo‘lga qo’yishga kelishib oldik.

#hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍177👏1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Turkiya Respublikasi Mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Vedat Ishikxan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildik.

Muloqotimiz avvalida mamlakatimizda keyingi yillarda aholi farovonligini yuksaltirish, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish hamda munosib mehnat sharoitlarini yaratish borasida olib borilayotgan islohotlar alohida eʼtirof etildi.

O‘zbekiston va Turkiya bilan savdo-iqtisodiy, investitsiya sohalarida hamkorlikni kengaytirish maqsadida mehnat muhofazasi, tartibli mehnat tizimi hamda ijtimoiy himoya yo‘nalishlarida o‘zaro tajriba almashish yuzasidan fikr almashdik.

Bu boradagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun qonuniy asoslarni yaratish bo‘yicha hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdik.

#hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍156🥰1👏1