Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati tadbirlari
522 subscribers
5.8K photos
326 videos
3 files
1.12K links
Download Telegram
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор
#Prezident_maktablari
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️Turkiyada bo'lib o'tgan 14-Xalqaro fanlar olimpiadasida g'olib bo'lgan o'quvchilarimiz O'zbekistonga yetib kelishdi

G'oliblarimiz Turkiyaning Antaliya shahridan 22:10 dagi reys bilan uchib kelishdi. Ularni Agentlik vakillari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olishdi.

❗️G‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarimizni tabriklab, ularning kelgusidagi ishlariga zafarlar tilaymiz.
_______________
📌
Ma'lumot uchun, mazkur olimpiada joriy yilning 30-oktabridan 6-noyabriga qadar Turkiya davlatida bo‘lib o‘tdi. Unda 3 nafar o‘quvchimiz 4 ta medal sohibi bo‘lishgan edi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Tanlov_ikkinchi_bosqich_natijalari

📣 DIQQAT, E'LON!!!

🔴
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga hujjat topshirib, tanlovning 2-bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘qituvchilar ro‘yxati bugun, 27-mart kuni (kun davomida) Agentlikning job.piima.uz platformasida e'lon qilinadi.

🫥 Tanlovning 3-bosqichi (suhbat) qachon va qayerda bo‘lib o‘tishi to‘g‘risida Agentlikning hududiy bo‘limlari tomonidan nomzodlarning ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamlariga bog‘lanib xabar beriladi.

📆 Suhbat jarayonlari fanlar kesimida 28-30-mart kunlari Prezident maktablarida bo‘lib o‘tadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#imtihon_natijalari_2023
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️Kuzatuvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga o‘tkazilgan imtihon natijalarini aniqlash uchun Agentlikning maxsus qo'shimcha telegrambotlari ishga tushurildi:

🤖 @natijalar_2023_6_bot
🤖 @natijalar_2023_7_bot
🤖 @natijalar_2023_8_bot
🤖 @natijalar_2023_9_bot
🤖 @natijalar_2023_10_bot

‼️ ESLATMA! Natijalarni bilish istagida bo'lgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda so'rov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SAT
#IELTS
#yuqori_natijalar
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

📣 AGENTLIGIMIZ TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARNING O‘QUVCHILARI XALQARO DARAJADAGI IMTIHONLARDAN YUQORI NATIJALARNI QAYD ETMOQDA

Jumladan
:

Joriy yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 84 nafar o‘quvchisi IELTS/TOEFL/CEFR kabi xalqaro darajadagi til bilish sertifikatlari sohibi bo'ldi. SAT va Duolingo sertifikatlarini qo‘lga kiritgan o‘quvchilar soni esa 29 nafarni tashkil etadi. Bularning safiga kechagina IELTS imtihonidan 7,5 ballni qo'lga kiritgan Farangiz Rahmonova ham qo'shildi.

Joriy yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchilarining 33 nafari IELTS sertifikatiga ega. 7 nafar o'quvchilar SAT (tanqidiy o‘qish, matematika va yozish) bo'yicha sertifikatini qo'lga kiritdi.

Joriy yilda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining bitiruvchilaridan 26 nafari xalqaro IELTS sertifikatini, 7 nafari esa Milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi. Kunikecha maktabning 8-sinf o'quvchisi Farhod Ergashev IELTS - Xalqaro ingliz tilini bilish darajasidan 7.0 ballni qo'lga kiritdi.

💫 Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#tanlov_birinchi_bosqich

🔔 IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi ehtiyoj mavjud boʻlgan fan oʻqituvchilarini saralab olish maqsadida oʻqituvchilar tanlovining birinchi bosqichi (saralash) joriy yilning 13-22-oktabr kunlari oʻtkaziladi.

📆 Tanlovning 1-bosqichida hujjatlarni qabul qilish joriy yilning 13-oktabr kuni soat 09:00dan boshlab 22-oktabr kuni soat 18:00ga qadar davom etadi.

❗️Eslatma, hujjatlar job.piima.uz platformasi orqali qabul qilinadi.

☎️ Call-markaz: 71 207 20 17 (ichki raqam 609, 611, 606).

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#oʻquv_trening

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning rahbar kadrlari uchun "Liderlikdan yuksalish sari" nomli o‘quv-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Kunning ikkinchi yarmidan boshlab trening ishtirokchilari shoʻbalarga boʻlingan holda oʻquv-treninglarda qatnashmoqda.

📝Mazkur shoʻbalarda mutaxassislar tomonidan:
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarda joriy etilgan baholash tizimi, BSB hamda ChSB tahlillari;
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar faoliyatini samarali tashkil etish;
Oʻquv rejalari va tarifikatsiya roʻyxatini shakllantirish;
Elektron jurnal yuritilish;
Byudjet intizomi;
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda xoʻjalik faoliyati;
Fuqaro murojaatlari bilan ishlash, ijro intizomi va pochtadan samarali foydalanish kabi mavzularda oʻquv-treninglari olib borilmoqda.

📆Ma'lumot uchun, mazkur oʻquv-trening ikki kun davom etadi.

#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#oʻquv_trening
#ikkinchi_kun

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning rahbar kadrlari uchun "Liderlikdan yuksalish sari" nomli o‘quv-trening bo‘lib o‘tmoqda.

📝 Trening ishtirokchilariga shoʻbalarga boʻlingan holda mutaxassislar tomonidan:
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarda joriy etilgan baholash tizimi, BSB hamda ChSB tahlillari;
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar faoliyatini samarali tashkil etish;
Oʻquv rejalari va tarifikatsiya roʻyxatini shakllantirish;
Elektron jurnal yuritilish;
Byudjet intizomi;
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda xoʻjalik faoliyati;
Fuqaro murojaatlari bilan ishlash, ijro intizomi va pochtadan samarali foydalanish kabi mavzularda oʻquv-treninglari olib borilmoqda.

#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#qabul_2024
#1_iyundan_20_iyungacha

📣📣📣📣📣

❗️
IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI 2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

⚡️
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning
:
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining:
aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 5-sinfga;
tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7-sinfga qabul qilinadi.

🗺 HUDUDIY MAKTABLAR

📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2024
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

📣📣📣📣📣

🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

❗️Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari joriy yilning 4-, 5-, 6-iyul kunlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi.

Ushbu maktablarga kvota doirasida kirish imtihonlari bir bosqichda, aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-10-sinflarga o‘tkaziladi.

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumot ko‘rsatilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

📨 Shaxsiy kabinetga ushbu havola orqali kirishingiz mumkin https://ariza.piima.uz/application/cabinet

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#tanlov
#2_bosqich
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

📌Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh ish (vakant) o‘rinlarga tanlov eʼlon qilgan edi.

Ayni damda Termiz shahridagi 26-umumta'lim maktabida 2-bosqichga tavsiya etilgan nomzodlar uchun test jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

📝Ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘tkaziladigan test (tanlovning 2-bosqichi) quyidagi vaqtlarda o‘tkaziladi:

1. Fizika/Matematika/Informatika - soat 09:00;

2. Kimyo/Biologiya/Ingliz tili/Ona tili/Rus tili/San'at - soat 11:00;

3. Tarix/Tarbiya/Geografiya/Jismoniy tarbiya/Texnologiya - soat 13:00;

4. O‘zbek tili/Qoraqalpoq tili - soat 15:00.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#seminar
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

📌Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning ixtisoslik fanlari oʻqituvchilari uchun o‘quv-seminari davom etmoqda.

🔗O‘quv-seminarining ikkinchi kunida ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining matematika, kimyo hamda biologiya fani o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.

📝Seminar mashg‘ulotlaridan summativ va formativ baholash, laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarishda zamonaviy yondashuv, xalqaro ta'lim dasturlari bilan tanishish, zamonaviy ta'limda faol o‘rganish va samarali fikr mulohazalar berish usullari kabi dasturlar o‘rin olgan.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube