Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati tadbirlari
522 subscribers
5.67K photos
312 videos
3 files
1.1K links
Download Telegram
#Taʼlim_fidoyilari

O‘QUVCHILARIGA O‘Z UYIDAN JOY BERGAN USTOZ

Yurtimizda kasbidan baxt va huzur topgan, shogirdlarining ertangi istiqboli va kamoli uchun o‘z halovatidan kechgan ustoz o‘qituvchilar talaygina. Va ularning fidoyiligi va mehnatkashligi qiyin vaziyatlarda ham o‘quvchilarning mustahkam taʼlim olishida katta yordam berib kelgan.

Farg‘onalik 77 yoshli Latofatxon hoji aya Ergasheva ana shunday hayotini o‘qituvchilik kasbiga bag‘ishlagan va unga sadoqat ko‘rsatgan faxriy pedagoglardan biri.

Latofatxon aya taʼlim sohasida 40 yildan ortiq faoliyat yuritib, hozirda farzandlari, nabiralari va chevaralari davrasida keksalik gashtini surmoqda.

Ustoz pedagog 1996-yilda mamlakatimizda birinchilardan bo‘lib Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi 1-sonli gimnaziya-internatini tashkil qilish va hududdagi iqtidorli o‘qituvchilarning bu taʼlim maskaniga jalb qilishda jonbozlik ko‘rsatgan.

Mazkur yangi tipdagi taʼlim muassasasini bugungi kunga qadar tugatib chiqayotgan o‘quvchilar tuman, viloyat, respublika va hatto xalqaro miqyosda o‘tkazilgan fan olimpiadalarida yuqori natijalarga erishib kelmoqda. Ularning aksariyati hozirda yurtimizdagi nufuzli tashkilotlar va muhim sohalarda faoliyat yuritib keladi.

Taʼlim maskani bitiruvchilarining taʼkidicha, maktab ochilgan dastlabki yillari o‘quvchilarga yotoqxonalar yetishmay qolganda, Latofatxon aya o‘nlab bolalarni o‘z uyiga olib kelgan, ularni joy va yeguliklar bilan siylagan.

Bugun onaxon ustozning uyi farzandlariyu nabiralari qatorida yuzlab shogirdlari bilan gavjum. Sobiq o‘quvchilar qadrdon ustozini tez-tez yo‘qlab turishadi, unga o‘zlarining cheksiz mehri va hurmatini ko‘rsatishadi. Ustoz va shogirdlar diydori uzoq duolarga ulanib ketadi.
Президент Шавкат Мирзиёев мактаб таълими сифати ва педагоглар малакасини ошириш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с предложениями по повышению качества школьного образования и квалификации педагогов.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ta’lim sohasini rivojlantirish, aholi salomatligini asrash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Oltinsoy tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida 8-, 13-, 27, 45- va 56-sonli maktablarda ta’lim jarayonlari, biriktirilgan oliygohlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar taqdimotlari, 29-sonli bog‘chada bolalarni sog‘lom ovqatlantirish sharoitlari hamda “Bobur” oilaviy shifokorlik punktinining aholi salomatligini asrash borasidagi faoliyati bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2286

#Surxondaryo #maktab #bogcha #tibbiyot #talim #soglomovqatlanish

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Президент Шавкат Мирзиёев мактабларда мусиқа, жисмоний тарбия ва ҳарбий ватанпарварлик фанлари сифатини ошириш бўйича тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о повышении качества преподавания музыки, физической культуры и военно-патриотического воспитания в школах.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X