📈Tayanch maktablarda “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda ➡️Xabaringiz bor, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun fanlar kesimida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini bosqichma-bosqich joriy etish belgilangan. 🔔Joriy yilning sentabr oyida Surxondaryo viloyati Pedagogik mahorat markazida Xalqaro ta'lim tashkiloti mutaxassislari tomonidan tabiiy va aniq fanlar yo‘nalishida master-trenerlar va mentor o‘qituvchilar uchun seminar-treninglar tashkil etilgan edi.
🖥Ayni paytda mazkur mentor o‘qituvchilar tomonidan har bir tuman va shahar hududidagi tayanch maktablarda “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” bo‘lib o‘tmoqda.
#kasbiyrivojlanish #seminartreningTelegram |
Facebook |
Instagram |
You tube |
Twitter |
Veb-sayt