Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.9K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Forwarded from Infocom.uz
“Moliyaviy erkinlik sari: Frilansing va elektron tijorat bo‘yicha ayollar forumi” o‘tkaziladi

Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi hamda Toshkent shahridagi Amity universiteti hamkorligida “Moliyaviy erkinlik sari: Frilansing va elektron tijorat bo‘yicha ayollar forumi” tashkil etilmoqda.

Ushbu forumdan asosiy maqsad – xotin qizlarning jamiyatdagi va raqamlashtirish jarayonidagi o‘rnini oshirish, moliyaviy mustaqillikka erishishda yordam berish, elektron tijorat orqali yangi marralar va tadbirkorlik imkoniyatlarini kashf qilish, frilansing orqali pul ishlashning qo‘shimcha usullarini o‘rgatishdir.

Forum 15-iyun Payshanba kuni, Toshkent shahridagi Amity universitetida soat 10:30 da boshlanadi.

💁‍♀ Barcha xotin-qizlar ushbu forumda mutlaqo bepul qatnashishlari mumkin.

🔗 Quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: https://forms.gle/bh2phL9VJd24nTfh7

#digital
#ritm
#forum

📌 Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Website
👍4